12 Futbol sport turi boyicha togarak tashkil qilish
Mahsus chidamlilikni tarbiyalash Umumiy chidamlilik bilan bir qatorda futbolchilar mahsus chidamlilikni ham rivojlantirishlari kerak. Mahsus chidamlilik futbolga tadbiq qilinganda, o’yinchining belgilangan sur’atni o’yinning ohirigacha saqlash qobilyatida namoyon bo’ladi.
Tezlikka chidamlilik mahsus chidamlilikning hillaridandir. Bu sifat yuksak rivojlanganda, futbolchi shiddat bilan yugurish va tezlanishlarning maksimal tezligini saqlab qoladi, butun o’yin davomida tehnik usullarni samarali bajaradi.
Mahsus chidamlilik ko’rsatish ba’zi bir fiziologik va ruhiy omillarga bog’liq. Futbolchining anaerob imkoniyatlari asosiy fiziologik omildir. Tezlikka chidamlilikni tarbiyalashda anaerob mexanizmlarni takomillashtirish uchun takroriy, o’zgaruvchan, intervalli va musobaqa uslublari qo’llaniladi.
Aylanma mashg’ulotdan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Uning afzalligi shundan iboratli, yuklamani individuallashtirish bilan uni qa’iy reklamentlash muvaffaqiyatli ravishda qo’shib olib boriladi. Yuklamaning individual meyori “maksimal test” deb ataladigan test yordamida, ya’ni aylanma mshg’ulot kompleksiga kiritilgan har bir mashqqa doir ayrim mashqlarning (takrorlashlar soni, tezligi) maksimal bajarilishini sanash bilan aniqlanadi.
Aylanma mashg’ulotda yosh futbolchilarda mahsus chidamlilik zaminini yaratish o’zgaruvchan intervalli uslub bo’yicha olib borilib, unda dam olish intervali qat’iy bo’ladi.
Har bir alohida “stansiya”da bajariladigan aylanma mashg’ulot mashqlari bajarilishiga ko’ra tehnikaviy uncha og’ir bo’lmasligi kerak. Mashqlar kompleksi, asosan futbolchilarning harakat sifatlarini rivojlantirish uchun tavsiya qilinadigan mashqlarni, shuningdek, boshqa sport turlarida olingan mashqlarni o’z ichiga olishi lozim.
Mashqlarni bajarishdagi yuklamalar nihoyatda individual bo’lishi kerak. Mashqlarni bajarish tezligi maksimal tezlikning 80-85% ni, shu bilan birga, mashqni bajarish ohiriga kelganda tonir urish tezligi minutiga 175-180 atrofida bo’lishi lozim. Dam olish intervallari- kamida 45-90 soniya, ko’pi bilan 3-4 daqiqa bo’lishi kerak.
Yosh futbolchilaming organizmiga tushadigan yuklamani tekshirish qulay bo’lsin uchun, barcha mashqlarni tomir urish tezligiga qarab uch guruh (past, o’rtacha, yuqori) jadallikdagi mashqlarga bo’lish mumkin.
Past suratda bajariladigan mashqlarga shunday mashqlar kiradiki, ularni bajarish vaqtida tomir urushi tezligi minutiga 120-130 martaga yetadi. Mashqlardan bajarish tezligi maksimal tezlikning 50-60% ni tashkil etadi. Aylana bo’ylab oddiy yugurishni, turli holatda yugurishni, shoshilmay to’p olib yurishni, hilma-hil gimnastika mashqlarini, turgan joyidan darvozaga tepishni, turgan joyidan bir-biriga to’p uzatishni, yangi tehnik usullarga orgatish va boshqalarni past suratda bajariladigan mashqlarga kiritish mumkin.
O’rtacha suratda bajariladigan mashqlarga shunday shunday mashqlar kiradiki, ularning maksimal telikning 70-85% da bajarganda, tomir urish tezligi minitiga 130-165 taga yetadi. Masalan, turli hil start holatidan turlicha yugurish, hilma-hil tezlikda (20-30 m) va shiddat bilan yugurish (15-20), turgan joyidan uzunlikka sakrash, balandlikka sakrayotib ayni vaqtda sonlarni ko’krakka tortish, shuningdek to’pni olib yurgandan keyin uzatish, cheklangan maydonchada to’pni olib yurish. To’p bilan turli hil estafetalar o’tkazish, to’pni tez olib yurish va boshqalar.
Yuqori startda bajariladigan mashqlarga shunday mashqlar kiradiki, ularni bajarish vaqtida tomir urish tezligi minutiga 170-190 martaga yetadi. Masalan, musobaqa tarzidagi “mokisimon” yugurish, cheklangan maydonchada “quvlashmachoq” o’ynash cho’nqayib o’tirgan holda sakrab(o’tirib) turish, raqib bilan olishgan holda 8-10 m ga shiddat bilan yugurgandan keyin mo’ljalga to’p tepish, mahsus topshiriq (yuqori sur’atni saqlabtirish, jamoadagi o’yinchilar sonini kamaytirish bilan o’ynash, cheklangan maydonchalarda (2x3, 3x3,4x4, 6x6, 8x8) o’ynash.
Katta yuklama bilan bajariladigan chidamlilik mashqlarining
mashg’ulotchisi 15-16 yoshli futbolchilar ucgun haftasiga ko’pi bilan marta, 17-18 yoshlilar uchun esa haftasiga ikki marta o’tkazilishi mumkin.
Murabbiyning jismoniy, tehnik va taktik tayyorgarlikka doir mashg’ulot mashg’ulotiga kiritilgan har bir mashqning energetic “qimmati”ni aniq belgilay bilishni mashg’ulot vositalari va uslublarini to’g’ri hamda maqsadga muvofiq tanlashiga imkon beradi.
Chidamlilik darajasini aniqlash uchun olti minutli yugurish testidan foydalanish tafsiya qilinadi. Shu maqsadda yuguriladigan aylana har 10 m dan keyin belgilab chiqiladi. Kuchni to’g’ri taqsimlash, optimal sur’atni tanlash ucgun yosh futbolchilar masofani 3-5 marta “sinab ko’rish”lari kerak. Chidamlilik darajasi yugurib o’tiladigan masofaning uzunligiga qarab aniqlanadi. Masalan, aga 13 yoshli futbolchilar 6 minutda 1410-1450 m ga, 14 yoshlilar esa tegishlicha 1530 - 1550 m ga yugursalar, bu ko’rsatkichlarni yahshi deb hisoblash mumkin.
Har bir mashg’ulotida yugurish, shuningdek, bu yerda tavsiya qilingan boshqa mashqlardan foydalanish bilan bir qatorda taklif qilinayotgan masofalami individual mashg’ulotlarda yugurib o’tish yosh futbolchilarning chidamliligini anchagina oshirishi kerak.
Mavzu bo’yicha qayt etilgan adabiyotlar taxlili shu narsani e'tirof etishga imkon beradiki, malakali futbolchilarni tayyorlashda o’yinni o’rgatish uslubiyati va ularni turli o’yin mashg’ulotlarni ixtisoslashgan turlari shu malakalarni samarali ijro etishda muxim axamiyatga ega ekan. Dastlabki o’rgatish bosqichida endigina shug’ulanayotgan yosh futbolchi bolalar mashg’ulotlarida sakrash va tezkorlik sifatlari hamda tana muozanati turg’unligini rivojlantiruvchi aylanma tezlanish mashqlari etarli darajada qo’llanilmasligi aniqlandi. Binobarin mazkur malakaviy bitiruv ishiga tanlab olingan mavzu haqiqatdan ham dolzarb ekanligi o’z ifodasini topdi.
Yuqori malakali futbolchilarga o’yinni o’rganishning dastlabki o’rgatish bosqichida shug’ullanayotgan yosh sakrovchanligini qiyoslash bosqichida shug’ullanayotgan yosh bolalar tezkorligiga qiyoslash maqsadida o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari shuni ko’rsatdiki katta yoshdagi mahoratli futbolchilarning rasmiy musobaqa o’yinlari davomida barcha o’yin malakalarini ijro etish uchun bajarilgan xarakatlar miqdorini tashkil etdi.
O’yin malakalar samaradorligi esa aksariyati hollarda 50 % dan ham ortmoqda. Yosh futbolchilarni tanlab olishda mashg’ulotlarni tashkil etish o’rgatish boqichlaridanoq shakllantira borish o’ta dolzarb va muhim masala ekanligi ortiqcha isbot talab qilinmoqda.
Futbol bilan shug’ulanishni endigina boshlagan 15-16 yoshli bolalarda tezkorlik sifatlari etarli darajada taraqqiy etmaganligi hamda yugurish ko’nikmalari deyarli shakllanmaganligi ko’zatildi. Joydan turib yugurib kelib balandlik sakrash natijalari orasidagi farq juda kam.