Ishni bajarish tartibi 1. 1-rasmda tasvirlangan elektr zanjir yig‘iladi. Olingan natijalarni yozish
uchun quyidagi jadval chiziladi.
Jadval
№
O‘ z a k s i z
O‘ z a k l i
Ief
Uef
z
Lo‘zaksiz
Ief
Uef
z
Lo‘zakli
1
2
3
4
5
2. Sxema o‘zgarmas tok manbaiga (1-holat) ulanadi. Ampermetr va volьtmetr yordamida tok kuchi va kuchlanish o‘lchab olinadi. formuladan g‘altakning aktiv qarshiligi hisoblab topiladi.
3. Sxema o‘zgaruvchan tok manbaiga (2-holat) ulanadi. Bunda tok va kuchlanishning effektiv qiymatlari o‘lchanadi va formula yordamida hisoblanadi. So‘ngra bu formuladan foylanaib kuchlanish va tok kuchining 5 xil qiymatlari uchun Z1, Z2, Z3, Z4, Z5 lar hisoblab topiladi.
4. (20) formulaga z va ning o‘rtacha qiymatlarini qo‘yib induktivlik genrilar (Gn) topiladi.
5. (21) formula yordamida va u orqali ning qiymati topiladi.
6. G‘altakka temir o‘zak kiritiladi va 3-4 bandlarda ko‘rsatilgan tajribalar takrorlanadi. Bunda topilgan kattaliklar yordamida o‘zakli g‘altakning induktivligi (Lo‘zakli) aniqlanadi. So‘ngra Lo‘zakli / Lo‘zaksiz formula yordamida topiladi.
Nazorat savollari: 1. Elektromagnit induksiya va o‘zinduksiya hodsilarini tushuntirib bering.
2. O‘zinduksiya EYUK va g‘altak induktivligi formulasini yozing. Induktivlik birligi qanday aniqlanadi.
3. Induktiv qarshilikning vujuga kelishi sababini tushuntiring.
4. Aktiv va induktiv qarshiligi bo‘lgan o‘zgaruvchan tok zanjir uchun Om qonunini yozing.
5. Induktiv qarshilikdagi kuchlanish tushishi bilan oqib o‘tayotgan tok orasidagi faza siljishini tushuntiring.
6. O‘zgaruvchan tok mazmunini hamda o‘zgaruvchan tok kuchi va kuchlanishning effektiv qiymatlarining qanday aniqlanishini tushuntiring.