Tajriba ishining yo'riqnomasi bilan tanishib bo'lgach, 8- rasmda keltirilgan elektr zanjirini tuzing va uning to'g'riligini o'qituvchiga tekshirtiring. Qurilmani ishga tushirish uchun o'qituvchidan ruxsat oling.
Qurilma tarkibidagi tok manbaini tok tarmog'iga ulang.
To'g'ri ulangan diodning volt-amper xarakteristikasini olib bo'lgach qurilmani o’chiring
Diodni tok manbaiga teskari yo'nalishda ulang
Diodga berilayotgan kuchlanishning turli qiymatlarida undan oqayotgan teskari tokning qiymatlarini mikroampermetr yordamida qayd eting.
Olingan natijalar asosida quyidagi jadvalni to'ldiring:
Tajriba natijalari asosida diodning volt-amper xarakteristikasini grafigini chizing.
1-jadval
№
To’g’ri ulash
Teskari ulash
I,(mA)
U,(V)
I,(A)
U,(V)
1
2
3
…
Nazоrat savоllari 1. n va p-turdagi o'tkazuvchanlikning hosil bo'lish mexanizmini tushuntiring.
2. Yarim o'tkazgichlarning xususiy va aralashmali o'tkazuvchanligini tushuntiring.
3. Qanday yarimo'tkazgichlar donor aralashmali yarimo'tkazgichlar deb ataladi? Akseptorli- chi?
4. Yarimo'tkazgichli diodning tuzilishi va uning ishlash mexanizmini tushuntiring.
5. Yarimo'tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini tavsiflang.
6. Yarimo'tkazgichli diodlar radiotexnikada qanday maqsadlarda qo'llaniladi?