Mavzu: Gandbol о‘yinining paydo bo‘lishi tarixi va taraqqiyoti O‘zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy bosqichlari. Maqsad



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə1/8
tarix23.08.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#140207
  1   2   3   4   5   6   7   8
1. Gandbol о‘yinining paydo bo‘lishi tarixi va taraqqiyoti O‘zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy bosqichlari.





MAVZU: 1. Gandbol о‘yinining paydo bo‘lishi tarixi va taraqqiyoti O‘zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy bosqichlari.

Maqsad: Talabalarini gandbol o‘yini tarixi va rivojlanishi (evalyusiyasi) bilan tanishtirish.

Maruza rejasi:

1. Kirish


2. Gandbol o‘yinining paydo bo‘lishi va rivojlanishi
3. Jaxonda gandbolning rivojlanishi
4. Respublikamizda gandbolning rivojlanishi

Kirish.
GANDBOL keng tarqalgan sport turlaridan biri bo‘lib, u o‘quvchi yoshlarni jismoniy rivojlantirish, ularning salomatligini mustahkamlashning eng ommabop, binobarin, eng qulay vositalaridan biridir. Bu kattalar uchun ham, o‘smir-yoshlar uchun ham birdek ma’qul bo‘lgan chinakam xalqchil o‘yin hisoblanadi. Musobaqada o‘n ikki o‘yinchidan tashkil topgan ikki jamoa qatnashadi. O‘yin maydoni 40x20 m kattalikdagi to‘rtburchakdan iborat. O‘yinda qatnashuvchi jamoa o‘yinchilarining maqsadi - to‘pni egallab olib, dastlabki himoya qilinib turgan darvozaga kiritish. To‘p bilan barcha harakatlar faqat qo‘lda bajariladi. To‘p uchun kurashda, qarshilik ko‘rsatishda qo‘pollik va sportchiga xos bo‘lmagan harakatsiz qoidaga rioya qilinib bajarilishi lozim. O‘yin ishtirokchilarning yoshi va jinsiga bog‘liq bo‘lib, 30 daqiqadan 60 daqiqagacha davom etadi. O‘yin vaqtida har bir o‘yinchi o‘zining shaxsiy fazilatlarini ko‘rsatish imkoniyatlariga ega. Ammo, shu bilan birga, o‘yin har bir gandbolchidan o‘z shaxsiy intilishlarini umumiy maqsadga bo‘ysindirishini talab qiladi.

Gandbol o‘yinining asosini yugurish, sakrash, to‘pni uzatish, uloqtirish kabi shug‘ullanuvchilarning har jihatdan uyg‘un rivojlanishiga yordam beradigan tabiiy harakatlar tashkil etadi. Yuklamalar organizmdagi barcha funksional tizimlarning rivojlanishiga ijobiy tasir etadi. Mashg‘ulotlar tasirida, shuningdek, musobaqalarda shug‘ullanuvchilarning ruhiy faoliyati takomillashadi, tezlik reaksiyasi, chamalash, ijodiy fikr yuritish, tezlik va tashabbuskorlik kabi sifatlari rivojlanadi. Gandbol o‘yini umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun yaxshi vosita bo‘lib xizmat qila oladi. Yo‘nalishni o‘zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, maksimal tezlikda harakat qilish yo‘llari bilan jismoniy sifatlarni, ayni paytda irodaviy hislatlarni, taktik tafakkurini kamol topishi tufayli qo‘l to‘pi har qanday ixtisosdagi talaba uchun zarur bo‘lgan sport o‘yinlari qatoridan joy olgan.


Gandbol o‘yini bugun maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida keng qo‘llanilmoqda. Gandbol musobaqalari mehnatkashlarni muntazam tarzda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga jalb qilishning muhim vositasi, sport mahoratini oshirishning hamda «Alpomish va Barchinoy» me’yoriy talablarini bajarishning asosiy omillardan hisoblanadi.




Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin