Mavzu: Gandbol о‘yinining paydo bo‘lishi tarixi va taraqqiyoti O‘zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy bosqichlari. Maqsad


Ikkinchi bo‘g‘in. «Barkamol avlod»



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə6/8
tarix23.08.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#140207
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Gandbol о‘yinining paydo bo‘lishi tarixi va taraqqiyoti O‘zbekistonda gandbolni rivojlantirishning asosiy bosqichlari.

Ikkinchi bo‘g‘in. «Barkamol avlod» sport jamiyati doirasiga kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari qamrab olinadi. Kollej va litseylar o‘quv-chilari o‘rtasida yiliga bir marta «Barkamol avlod» sport musobaqalari o‘tkaziladi. Mazkur musobaqalarning dast-labki bosqichi oktyabr-yanvar, viloyat bosqichlari yanvar-aprel, mamlakat yakuniy bosqichi aprel-may oylarida o‘tkaziladi. Bu musobaqalar o‘quvchilarni jismoniy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga tayyorlash borasidagi keng qamrovli ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga, sport zahiralarini yangi iqtidorli yoshlar bilan muntazam to‘ldirib borishga yordam beradi.
Uchinchi bo‘g‘in. «Talaba» sport uyushmasi doirasida oliy o‘quv yurtlari talabalari orasida «Universiada» sport musobaqalari o‘tkaziladi. Musobaqalar mamlakat miqyosida oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida har ikki yilda bir marta o‘tkazilib, mamlakat terma jamolarini doimiy ravishda yurt sharafini nufuzli xalqaro musobaqalarda himoya qila oladigan sportchilar bilan to‘ldirib borish imkonini beradi.
Yangi tizim mamlakatimizning barcha o‘quvchi yoshlarini to‘la qamrab oladi. Sport ilk bor maktabda o‘quvchining kundalik ehtiyojiga aylansa, akademik litsey va kasb-hunar kollejida uning doimiy hamrohi bo‘lib qoladi. Universitet yoki institutda esa bu hamroh uni nufuzli xalqaro musobaqalarga olib chiqadi. Musobaqalarda kashf etilgan g‘oliblar O‘zbekiston terma jamoalariga jalb etiladi. Yana bir muhim tomoni – mazkur tizimlarda sportning ma’lum turi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatgan yigit-qizlar bu boradagi ishlarini bo‘lajak oilalarida, mehnat jamoalarida ham davom ettiradilar. Shu jumladan, gandbol bo‘yicha 16 ta erkaklar va 14 ta ayollar jamoasi birinchi marta Buxoroda o‘tkazilgan «Universiada-2002» dasturiga kiritildi.

2004-yil Samarqandda va 2007-yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan Universiada musobaqasida Toshkent shaxri jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.(9- jadval)

Erkaklar jamoalari Ayollar jamoalari 1-o‘rin Toshkent-1 1-o‘rin Toshkent-1

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin