2.2Gandbol o‘yinining paydo bo‘lishi va
rivojlanishi.
1898-yilda qo‘l to‘piga asos solingan. Daniyaning ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o‘qituvchisi XOLGER NILSON futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, yog‘inli havoda zalda o‘ynasa bo‘ladigan yangi sport o‘yinini yaratishga qaror qiladi (1-rasm). U darvozabonlarni qoldirib, jamoa sonini qisqartirib, to‘pni uzatish va otish faqat qo‘l bilan bajarilishini taklif qiladi. Shu tariqa olamda «xandbol» inglizchadan tarjima qilinganda hand-qo‘l, ball-to‘p ya’ni “qo‘l to‘pi” yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun
1-rasm jahonga tarqab ketadi.
1904-yili birinchi bo‘lib daniya qo‘l to‘pi federatsiyasi tashkil topdi. 1906-yili kopengagen shahrida qo‘l to‘pi o‘yinining dastlabki qoidalari nashr etildi. Ushbu qoidalarning muallifi ham x. Nilson hisoblanadi.
2.3 Jaxonda gandbolning rivojlanishi.
Sobiq ittifoqda qo‘l to‘pi bo‘yicha birinchi yirik musobaqa 1928-yili butunittifoq spartakiadasi doirasida o‘tkazilgan. 1955-yilda butunittifoq qo‘l to‘pi
federatsiyasi tashkil topgan. 1962-yildan boshlab erkaklar va ayollar o‘rtasida muntazam ittifoq chempionatlari o‘tkazilib turgan.
Hozirgi kunda xalqaro gandbol federatsiyasiga dunyoning 176 davlati a’zo bo‘lib, jami 7 milliondan ortiq kishi gandbol bilan shug‘ullanadi. Shu jumladan, 1,4 million shug‘ullanuvchi sobiq ittifoq mamlakatlari gandbolchilaridir.
1970-yildan boshlab gandbol sport turi bo’yicha erkaklar o’rtasida birinchi marta jaxon chempionati o’tkazildi (2- jadval).
JAHON CHEMPIONATI NATIJALARI (Erkaklar) 2-jadval.
Yil Tashkilashtiruvchi Davlat
1970 Fransiya 1974 GDR 1978 Daniya 1982 FRG
Dostları ilə paylaş: |