Mavzu: Gôdak va muloqot. Chaqaloqlik davrida his tuyğuning ôsishi



Yüklə 31,16 Kb.
səhifə7/8
tarix13.12.2023
ölçüsü31,16 Kb.
#176206
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Gôdak va muloqot. Chaqaloqlik davrida his tuyğuning ôsish-genderi1

3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o’z harakatlari bilan ko’rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko’rsatadilar, 8 oyligidan boshlab esa, bola o’zgacha
muhit va begonalar qo’liga tushsa, o’z xavotirini yigasi orqali namoyon etadi. Bu xavotir 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi.
2-3 oylik bolalarda gozaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va xajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yeshga yettan bolada atrof muhitni bilishga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko’zga tashlanadi.
Ilk bolalik davri: Go’daklik davridan so’ng rivojlanishning yangi bosqichi ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamitga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim davr xisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to’g’ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari Tashqil etadi. Tikka va to’g’ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar o’z xatti-harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo’ladilar. 1-3 yoshdagi bola shakllanishda psixik rivojlanishning o’ta ahamiyatliligini inobatga olgan holda, ayrim psixologlar (R.Zazzo) inson tug’ilganidan to yetuklik davrigacha bo’lgan psixik rivojlanishining taxminan o’qishlari, 3 yoshga to’g’ri keladi, degan mulohazani bildiradilar. Bu yoshdan boshlab, bolalar predmetlarni o’rganish olamiga qadam quyadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala-munosabatda bola oladi va sodda axloq qoidalariga amal qila boshladilar. Kattalar bilan bo’ladigan muloqoti tufayli bola atrof hayot haqida ko’proq ma’lumot oladi. Nutq - bu yoshlarda nafaqat muloqot, balki bola tafakko’rining rivojlanishi va o’zini-o’zi, shuningdek, bilish jarayonlarini boshqarish vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.
Ilk davrdagi bolalarning yetakchi faoliyat turi-predmetlarni o’rganish hisoblanadi. Go’daklak davridagi bolalarga nisbatan, ilk bolalik davridagi bolalar atrof muhitdagi narsa va hodisalarga nisbatan ko’proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar, go’dak bola qo’liga ushlagan narsani oddiy harakatlar bilan kuzatsa, 2-3 yoshdagi bola shu predmet qismlarini diqqat bilan o’rganganidan so’nggina, o’z amaliy faoliyatida Ishlata boshlaydi. Bolani dastlab, ayni shu predmetlarning qo’llanish vazifasi, mohiyati qiziqtirib, u o’z savoliga javob olish maqsadida ko’pincha kattalarga “Bu nima?» degan savol bilan murojaat qiladilar. 3 yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini tula o’zlashtirgan
bolalar, o’z o’yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki ularni o’z vazifalariga ko’ra ishlatadilar ham. Bolaning nutqi u 1,5 yoshga qadar yetgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta so’zdan, to 100 tagacha so’zni o’zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam qullaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi bola predmetlarning nomlarini aytishlarini so’rabgina qolmay, balki bu so’zlarni o’zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi jadallashadi, 2 yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 yoshlarning oxirlariga borib zsa, 500 dan to 1500 tagacha so’zni o’z nutqida ishlata oladi, shuningdek, so’zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to’g’ri to’za oladilar.

Yüklə 31,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin