Mavzu: Geoaxborot texnologiyalari faniga kirish Geoaxborot tizimi ning ta’rifi



Yüklə 159,21 Kb.
səhifə3/17
tarix27.12.2023
ölçüsü159,21 Kb.
#199272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Mavzu 1

Nomenklatura deb topografik kartalarni varaqlarga bo‘lish hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish tizimiga aytiladi.
Raqamli karta (numerical, digital map) - kartalarni proyeksiyalashda, koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli, boshqacha aytganda, raqamli kartografik ma’lumot. Raqamli karta kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining barcha me’yorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli karta oddiy qog‘ozli, kompyuter va elektron karta yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi va kartografik ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, u GAT axborot ta’minotining muhim elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning o‘zida GAT jarayonlarining natijasi ham bo‘lishi mumkin.
Kompyuter kartasi - bu avtomatlashgan kartografiyalashning vositalari (grafoqurilma, plotter, printer, digitayzer yordamida qog‘ozda, plastikda, fotoplyonkadagi tasvir) yordamida grafik qurilmada chiqarilgan karta turidir.
GAT texnologiyalari - bu GATning funksional imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik asosdir.
Geoaxborot tahlili - geomodellashtirish va fazoviy tahlil usullarini qo‘llagan holda obyekt va hodisalarning joylashuvi, tuzilishi va o‘zaro bog‘liqligini tahlil qiluvchi bo‘lim.
Geoinformatika - ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati bo‘lib:



    1. rasm. Mavzuli geoaxborot tizimi kartasi (Manba: Internet)

• ilmiy asoslash va loyihalashda GATni yaratish, ekspluatatsiya qilish va foydalanish;

  • geoaxborot texnologiyalarini ishlab chiqish;

  • amaliy jihatdan GAT dasturlarining amaliy va geoilmiy maqsadlarini o‘z ichiga oladi.

Geoinformatsion kartografiyalash - bu geoinformatika va karto- grafiyaning uzviy bog‘liqligi natijasidir. Geoinformatsion kartografiyalash avtomatlashgan kartografiya, masofadan zondlashni o‘z ichiga olgan aerokosmik usullar, deshifrlash, raqamli fotogrammetriya va geoinformatikaning uzviy bog‘liqligida shakllanadi.
Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. U GAT hamda geografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni avtomatlashgan kartografik modellashtirishni tashkil etadi.
Quyidagi omillar ushbu yo‘nalishning shakllanishiga turtki bo‘ldi:

  • Geoinformatikaning ilmiy-texnologik va ishlab chiqarish fani sifatida rivojlanishi.

  • Muammolar yechimini ta’minlashda talab etiladigan amaliy kartografiya.

  • Kartografiyada GATning yadrosi sifatida kompyuterlashgan karta tuzish va avtomatlashgan kartografiyaning qo‘llanilishi.

  • Nazariy, kartografik va geoinformatik yondashuvlarning integratsiya- lashuvi.

  • Katta hajmda yangi ko‘rinishdagi karta turlarining ilmiy-amaliy qayta ishlanishi.

Geoinformatsion kartografiyalash kartografiyaning dasturiy boshqaruvi bo‘lib, bu kartografiyaning matematik asoslari va karta komponovkalari kabi an’anaviy muammolar va yangi vositalarga ham e’tibor berishni talab etadi. Topografik va mavzuli kartalar fazoviy ma’lumotlarning asosiy manbayidir. Geografik va to‘g‘ri burchakli koordinata sistemalari esa bu ma’lumotlarni ularning geografik joylashuviga qarab o‘zaro bog‘laydi va GATning ma’lumotlar bazasi tizimida saqlaydi. Bundan tashqari, aynan kartalar GATga kelib tushadigan masofadan zondlash ma’lumotlari, statistik ma’lumotlar, meteorologik kuzatishlar va boshqa turdagi ma’lumotlarni tashkillashtirish hamda geografik izohlashda asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Geotizimga bog‘liq barcha jarayonlarni o‘rganishda kartografik tahlil va matematik-kartografik modellashtirishdan keng foydalaniladi.

Yüklə 159,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin