Mаvzu: gеоgrаfiya tа’limining shаkllаnishi vа rivоjlаnish tаriхi. Reja: Geografiya o`qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi



Yüklə 289,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix27.04.2023
ölçüsü289,11 Kb.
#103662
1   2   3   4   5   6   7
Geog-2

jarayonida markaziy figura” deb qayta-qayta ta’kidlangan. U geografiya ta’limida yetakchi 
o`rinni karta va ko`rsatmalilik egallashi zarur.deb “Karta geografiyaning ikkinchi tilidir”,”Karta-
geografiyaning alfasi va olichasi”,”Birgina karta bir necha varaq matnning o`rniga o`tadi” 
degan o`lmas fikrlar va g`oyalarni o`rtaga tashlaydi. N.N.Baranskiy sobiq ittifoq miqyosida 
geografiyao`qituvchilari tayyorlash ishiga ulkan hissa qo`shgan buyuk shaxsdir. 
2-jahon 
urushi ham geografiya ta’limiga o`z ta’sirini ko`rsatmasdan 
qolmadi.Ko`pgina geografiya o`qituvchilari frontga jo`nab ketdilar.Oliy o`quv yurtlarida 
mutaxassislar tayyorlash izdan chiqdi.o`quv qo`llanmalar umuman yetishmay qoldi. 
Urushdan keyingi 
yillarda 
maorif sohasida talaygina 
yutuqlar qo`lga 
kiritildi.Dastlab 4 yillik, keyin 7va8 yillik to`liq o`rta ta’limga bosqichma-bosqich o`tilishi,ta’lim 
mazmunini tubdan qayta qurishga yordam berdi. Bu davrda geografiya o`qituvchilari diqqati 
ko`proq o`quv jarayonini amaliyot bilan bog`lashga qaratildi. Geografiya ta’limini hayot bilan 
bog`lash borasida tabiiy sharoitning xalq xo`jaligidagi ahamiyatiga e’tibor berildi. O`z o`lkasi 
geografiyasini o`rganish va o`z joyining kartasini chizish,ob-havoni kuzatish,o`z joyidagi barcha 
tabiiy kompleks komponentlarini o`rganish geografiyani turmush bilan bog`lashga qaratildi. 
Maktabni hayot bilan bog`lash haqidagi qaror asosida o`quvchilarning mustaqil 
ishlariga katta e’tibor berildi. O`zbekiston geografiyasini o`rganishga bir muncha e’tibor 
kuchaydi. 1953-1954-o`quv yillaridan boshlab amaliy mashg`ulotlarni uyushtirish majburiy 
tarzda, maktab geografiya dasturlariga kiritildi.O`quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga, 
mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashga e’tibor kuchaydi. 1958-yil 24-dekabrda Oliy Sovetning 
maktab haqidagi qonuni geografiyaning takomillashuvida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu qonun 
boshqa fanlar qatori geografiya ta’limini ishlab chiqarish mehnati bilan yaqinlashtirishga 
e’tiborini kuchaytirdi. 
Geografiya ta’limida o`z o`lkasini chuqurroq o`rganishga bo`lgan talab oshdi. 
O`zbekistonda geografiya ta’limini takomillashtirishda bir qancha ilmiy maskanlar va oliy o`quv 
yurtlari qatori Pedagogika fanlari ilmiy tekshirish institutlaridagi geografiya labaratoriyasining 
xizmatlari katta bo`ldi. Bu institut geografiya labaratoriyasida P.Musayev rahbarligidagi metodist 
geograf olimlar maktabda geografiya o`qitishni takomillashtirish bo`yicha qator izlanishlar olib 
bordi.P. Musayev o`sha mustamlaka yillarda ham hadiksiramasdan milliy maktab muammolari 
bo`yicha g`oyat dadil fikrlarini ilgari surdi. 
1960-yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo`llanma va 
darsliklar nashr etildi.O`sha davrda O`zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda 
A.Obidov, O.Saidrasulov, H.Hasanov, N.Daminov, Z. Akramov, O.Mo`minov, M.Nabixonov, 
I.Mirzaboyev va boshqalarning xizmatlari katta bo`ldi. Umumta’lim maktablari va o`quv yurtlari 


uchun geografik adabiyotlar, darslik va metodik qo`llanmalarni tarjima qilindi. Bunda H. 
Hasanov, P.Sultonov, M.Qoriyev, P. G`ulomov, R. Rahimbekovlar unumli mehnat qildilar. 
Jumladan: N.F.Kurazovning “Geografiya o`qitish metodikasi” (1962), P.Budanovning “Tabiiy 
geografiya metodikasi”(1905), A.B.Darinskiyning “Geografiya o`qitish metodikasi”(1964), 
N.Dalimovning “O`zbekiston tabiiy geografiyasi” yangi darslik bo`lib chiqdi. 1960-yillardan 
boshlab O`zbekistonda geografiya ta’limi geografiyasining turli yo`nalishlari bo`yicha ilmiy 
tadqiqot ishlari olib borildi. O.Mo`minov “O`zbek maktablarida tabiiy geografiya o`qitish 
masalalari” (1967), T.Abdullayeva “Tabiiy geografiya o`qitishda o`lkashunoslik materiallaridan 
foydalanish” (1967), M.Nabixonov “SSSR Geografiyasida badiiy ko`rsatmali vositalarning roli va 
qo`llanilishi” (1969)
1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo`llanma va 
darsliklar nashr etila boshlandi. O`sha davrlarda O`zbekistonda geografiya fanini 
takomillashtirishda A.Obidov, O.Saidrasulov, H.Hasanov , N.Daminov va boshqalarning 
xizmatlari katta bo`ldi. Umumta’lim maktablari va oliy o`quv yurtlari uchun geografik 
adabiyotlar, darsliklar va metodik qo`llanmalarni tarjima qilish keng tus oldi. 
Umumta’lim maktablarni takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni isloh 
qilishga tayyorgarlik ishlari ko`rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir 
qilmasdan qolmadi. Maktab geografiya kurslari tarkibida ham ba’zi o`zgarishlar paydo bo`ldi. 
Ta’limning 12 yillik tizimiga o`tish bilan geografiyani o`qitishda ham mehnat ta’limi kasb hunar 
yo`nalishiga e’tibor kuchaytirildi. 
Sobiq SSSR tugatilishi arafasida maktabni qayta isloh qilish uchun kurashlar va 
harakatlar bo`ldi. Lekin ular o`zini oqlamadi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi geografiya 
ta’limida tub o`zgarishlarga olib keldi. 

Yüklə 289,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin