Mаvzu: gеоgrаfiya tа’limining shаkllаnishi vа rivоjlаnish tаriхi. Reja: Geografiya o`qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi



Yüklə 289,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix27.04.2023
ölçüsü289,11 Kb.
#103662
1   2   3   4   5   6   7
Geog-2

O`zbekiston maktablarida geografiya ta’limini (darsliklar va dasturlari mazmunini, 
o`qitish metodlari, o`quv moddiy bazasi, kadrlar tayyorlash va boshqa xususiyatlariga ko`ra ) 4 ta 
bosqichga ajratish mumkin. 
I bosqich 1918-1934 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davr o`zbek sovet maktablarida 
geografiya o`qitishni yo`lga qo`yish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda yangi tipdagi maktablar 
bilan eski tipdagi sovet maktabi geografiyasiga asos solinadi. Yangi dasturlar asosida 1922-1923 
yillarda “o`qitishning kompleks dasturlari” ishlab chiqildi. Bu turli variantlarda bo`lib, bir 
necha marta o`zgardi va 10 yil mobaynida qo`llanildi. Geografik materiallar kompleks mavzular 
orasida singib ketdi. Geografiyani o`rganish juda past saviyada olib borildi. Kompleks 
dasturlarining uzoq hukmronligi maktab geografiyasi uchun og`ir davr bo`ldi. 1925-1926 yillarda 
maktablarning yuqori sinfida geografiya dasturlaridan umuman chiqarib tashlandi. Geografiya 
tibbiyot, fizika, ijtimoiy fanlar tarkibida o`rganiladi. Kartani o`rganish nihoyatda zaif bo`ldi. 
Yuqoridagi fanlar geografiyani o`qitish vazifalarini mutlaqo bajara olmadilar. Kompleks metod 
asosida predmetsiz o`qitish yo`li edi. 
II bosqich 1934-1935 yillarni o`z ichiga oladi. O`zbek maktablarida geografiya 
o`qitishning muayyan bir tartibga tushish bosqichi. Bu davrda yagona dastur asosida muayyan 


darsliklar yaratildi. O`quvchi va o`qituvchilar uchun o`quv qo`llanmalari ko`proq nashr etila 
boshlandi. O`zbek tilida metodik qo`llanmalar vujudga kela boshladi.Maktab geografiyasiga hissa 
qo`sha oladigan metodistlar , geografiya o`qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Ko`proq metodik 
kitoblar o`zbek tiliga o`girildi.
III bosqich 1956-1966 yillar. Bu davrni maktab geografiyasini turmush bilan 
bog`lash bosqichi desa ham bo`ladi. Bu davrda maktab geografiyasi bo`yicha ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borildi. O`qitishning samarali xillari tobora kengroq joriy qilina boshlandi. Mahalliy 
aholidan milliy kadrlar, yirik geograf va metodistlar yetishib chiqdi. O`quvchi va o`qituvchilar 
uchun ilmiy ommabop va metodik adabiyotlar tarjima qilindi. Geografik atama va nomlar ma’lum 
bir tizimga tusha bordi.


Yüklə 289,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin