GERMANIYA IQTISODIYOTIDA SUG’URTANING TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATIGERMANIYANING YIRIK SUG’URTA KOMPANIYALARIGA UMUMIY TAVSIFNOMA
2.Mamlakat umumiy xarakteristikasi Moliyaviy dasturlash - belgilangan makroiqtisodiy maqsadlarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘plamidir. Ushbu maqsadlar iqtisodiyot faoliyatining belgilangan samaradorlik darajasini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Ammo, ko‘pincha moliyaviy dasturlashda ko‘zlangan chora-tadbirlar yalpi talab bilan yalpi taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf qilishga qaratilgan bo‘ladi. Nomuttanosiblik, odatda TBning qoniqarsiz holati, yuqori darajadagi inflyasiya va past yoki pasayib borayotgan ishlab chiqarish hajmlarida ifodalanadi.
Makroiqtisodiy disproporsiyalar mavjud bo‘lgan xollarda resurslarga talab va taklif orasida mutanosiblikni ta’minlash uchun turli xildagi chora-tadbirlarni amalga oshirish talab qilinishi mumkin. Agar o‘z vaqtida maqsadli yo‘naltirilgan choralar ko‘rilmasa, boshqarish bobidagi ishlar tartibsiz va samarasiz bo‘ladi. Masalan, mamlakatdagi xalqaro zahiralar miqdori keskin tarzda pasayib ketsa, xorijiy kreditorlar ushbu mamlakatga kredit ajratmay qo‘yishlari mumkin. Natijada, import miqdori keskin qisqarib ketadi, bu esa o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sish va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Moliyaviy dasturlashning asosiy xususiyatlari shundan iboratki, uni qo‘llash natijasida o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rish uchun iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritiladi va kerakli hajmda tashqi moliyalashtirish bilan ta’minlanadi.
Moliyaviy dasturlashda pul-kredit, soliq-byudjet va valyuta siyosatlari sohasidagi choralar mamlakat ichki talabini nazorat qilish va TBdagi muvozanatning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratiladi. Moliyaviy dasturlar, shuningdek iqtisodiy siyosatni boshqa choralarining, ayniqsa yalpi taklifni oshirishga qaratilgan choralarning ham ta’sirini ifodalaydi.
Bunday choralar iqtisodiy siyosatni amalga oshirish jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmining pasayish darajasini va bandlik darajasining pasayishini oldini olishi lozim. Pirovard natijada, ko‘rilgan choralar TBning barqarorligini ta’minlashi zarur.
TBning barqarorligini SAVda o‘rta muddatli davrda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin. Dunyo tajribasi ko‘rsatadiki, agar etarli miqdorda uzoq muddatli kapitalning oqib kelishi hisobiga moliyalashtirish imkoniyati bo‘lsa va bunda qoniqarli iqtisodiy o‘sish sur’atlari va narxlar barqarorligi mavjud bo‘lib, mamlakat esa o‘z tashqi qarzlariga to‘la miqdorda xizmat ko‘rsata olsa, ushbu malakatning SAV holati barqaror hisoblanadi.
Moliyaviy dastur, albatta kelguvsi davrdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda tuzilishi talab qilinadi. O‘rta muddatli davr tushunchasi qat’iy tarzda chegaralab qo‘yilmagan. Odatda, o‘rta muddatli dasturlar taxminan besh yilga mo‘ljallanadi. Qoidaga ko‘ra, kelguvsi yil uchun tuziladigan moliyaviy dasturlar keng qamrovli ishlab chiqiladi, chunki unda keng qamrovli iqtisodiy choralar ishlab chiqilishi talab qilinadi va shuningdek axborot bazasi ham ancha ishonchli bo‘ladi.
Uzoqroq davr uchun bashoratlar qamrovi torroq chora-tadbirlarni nazarda tutganligi uchun, odatda ularda asosiy e’tibor tashqi iqtisodiy siyosatning umumiy oqibatlariga qaratiladi va o‘z xarakteriga ko‘ra qisqa va o‘rta muddatli dasturlarga nisbatan aniqlik darajasi pastroq bo‘ladi.