Mavzu: Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot jarayonlarining mohiyati


Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar



Yüklə 191,05 Kb.
səhifə22/25
tarix27.12.2023
ölçüsü191,05 Kb.
#198905
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
13-Mavzu Globallashuv

Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida, davlatlararo savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z muayyan manfaatiga ega bo‘ladi. Ular tabiiy resurslardan foydalanish, atrof muhitni saqlash va shu kabi masalalarda doim o‘z manfaatlarini himoya qiladiki, bu ularning siyosatida umumiy masalalarda ham, xususiy masalalarda ham bevosita aks etadi va boshqa mamlakatlar siyosatiga o‘xshamasligiga sabab bo‘ladi. Ba’zan ichki manfaatlar umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda mazkur siyosat boshqa davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga oshiriladi. Masalan, ekologiya nuqtai nazaridan bu qo‘shni hududlarda yashovchi xalqlarning qarama-qarshi manfaatlari to‘qnashgan hollarda ko‘p kuzatiladi.
Ammo hozir, jamiyat hayotining internatsionallashuvi va iqtisodiy aloqalarning o‘sib borayotgan integratsiyalashuvi sharoitida, sayyoramizning turli burchaklarida jahon hamjamiyatining yadro urushi, ekologik tanglik, demografik keskinlik va resurslar taqchilligini bartaraf etishdan iborat ob’ektiv manfaatlarini o‘zlarining umumiy manfaati deb biluvchi odamlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Ma’rifatli siyosiy va jamoat arboblari yanada aniqroq anglab etayotgan kelishilgan harakatlarga bo‘lgan bu ob’ektiv ehtiyoj hozirning o‘zidayoq ayrim davlatlar xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatmoqda va hatto ularning ichki va tashqi siyosatini ma’lum darajada belgilamoqda.
Axborot inqilobi. 1981 yilda birinchi shaxsiy kompyuter paydo bo‘lishi bilan boshlangan axborot inqilobi (u kompyuter inqilobi deb ham ataladi) jahonning aksariyat mamlakatlarida odamlar turmush tarzini va ularning mehnati xususiyatini butunlay o‘zgartirib yubordi. Bu inqilobning o‘ziga xos xususiyati shundaki, axborot muhim resursga, hozirgi dunyo jarayonlarini boshqarishning zaruriy omiliga aylandi. Uning natijasi o‘laroq, nafaqat chiqindisiz, energiya va resurslarni asrovchi texnologiyalar paydo bo‘ldi, balki iqtisodiy faoliyatning o‘zi ham ishlab chiqarishning maydalanishi va tabaqalanishi tomonga o‘zgardi. Masalan, hozirgi vaqtda AQSH eksportining atigi etti foizi 500 dan ortiq odam ishlaydigan korxonalarda yaratiladi. Qolgan barcha mahsulotlarni kichik jamoalar, ba’zan bir necha kishi ishlaydigan o‘rta va kichik kompaniyalar ishlab chiqaradi. YAngi texnologiyalar va xalqaro mehnat taqsimoti sharofati bilan endilikda global iqtisodiyotda muhim rol o‘ynash uchun katta mamlakat bo‘lish shart emas. Bunga o‘z yutuqlari bilan ham, chuqur iqtisodiy tangliklari bilan ham jahon iqtisodiyotining umumiy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatayotgan Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar misol bo‘lishi mumkin.
YAngi texnologiyalar va axborot inqilobi odamlarning atrof muhitda, ijtimoiy va siyosiy hayotda yuz berayotgan o‘zgarishlar ustidan nazorat olib borish borasidagi imkoniyatlarini ham ko‘p karra oshirdi. «Kompyuter shaxsning qudratini kengaytirgan sharoitda fuqarolar o‘z hukumatlarining harakatlarini hukumatlar fuqarolarning harakatlarini kuzatganidan samaraliroq kuzatishlari mumkin»1, deb qayd etadi amerikalik futurologlar D.Nesbit va P.Eburdin.
XX1 asrda insoniyat axborot texnologiyalarining takomillashgan shakli nanotexnologiyalarni yaratdi. Nano o‘lchov birliklarning old qo‘shimchasi bo‘lib, milliarddan birini belgilaydi. Masalan, bir nanomtr metrning milliarddan biridir. Nano yunoncha “nanos” so‘zidan olingan bo‘lib, mitti degan ma’noni bildiradi. Atomlar va ular orasidagi masofalar ham nanometr ulushlarida o‘lchanadi. Nanotexnologiya atamasini birinchi bo‘lib, 1974 yilda yapon olimi Norio Taniguchi yangi ob’ektlar va materiallar tuzish jarayonini izohlash uchun ishlatgan. Bu sohadagi dastlabki texnik vositalar SHveysariyaning IBM laboratoriyasida ixtiro qilingan. 1982 yilda skanerlovchi zondni ixtiro qilgan Gerd Bining va Genri Rorerlar 1986 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. SHuni ham alohida ta’kidlash lozimki, 1995 yilda Toshkent Davlat Texnika universitetini tamomlagan Anvar Zohidov 2001 yilda Texas universiteti huzurida nantexnologiya institutiga asos solishda ishtirok qildi. Hozirgi kunda u shu institutning direktor o‘rinbosari va “Nanoscience” jurnalining muharriri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. A.Zohidov ilk bor yorug‘lik ta’sirida qo‘zg‘atilgan zaryadlarning o‘zaro biriktirilgan fyulleren polimer tuzilmasidan o‘tishini va undagi fotokimyoviy jarayonlarni kashf qilgan. U fyulleren bilan o‘tkazgich polimerlar va ishqoriy metallar kompleks birikmalari asosida o‘ta o‘tkazgich fyulleridlarni va organik ferromagnit materiallarni birinchi marta sintez qilgan olim. 2003 yilda A.Zohidov nanotexnologiyalar sohasida erishgan yutuqlari uchun yilning Osiyo Amerika muhandisi unvoni bilan mukofotlangan[9].
Nanotexnologiya-mitti texnologiya bo‘lib, uning prototipi tabiatning o‘zida mujassam. Ko‘zga ko‘rinmas bakteriyalar, chumoli, o‘rgimchak va shunga o‘xshash hasharotlar tabiiy nano jismlardir. Olimlarning bashorat qilishicha 2020 yilda insonni avtomobil halokatidan saqlaydigan, kayfiyatini ko‘taradigan, organizmining qaysi qismi nosog‘lom ekanligidan xabar beruvchi nanokiyimlar yaratilib, ular oddiy magazinlarda sotilishi , shuningdek odam organizmiga 20mingda nanorobortlar (ularning kattaligi bitta bakteriya hajmiga teng) yuborilib, kasal organni davolash yoki kesib tashlash imkoniyati bo‘lishi bashorat qilinmoqda Biroq hozirgi kunda XX asrning boshida kir yuvish mashinalari, mobil telefonlari, rangli televizorlar, soatiga 2500 km tezlikda uchadigan avialaynerlarning yaratilishiga shubha bilan qaralgani kabi bu taxminlarga ham shubha bilan qaralmoqda.

Yüklə 191,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin