koshinburish
— koshin taxtasidan keng foydalanilgan. Zukko ta’mirchi usta
Abdug'afTor Haqqulov koshin andozasini, taxtasini tayyorlash,
9 5
koshin kcsishdek murakkab san'atni mukammal bilardi. Bunda
и o’zida biryo'la uch vazifani — loyihachi, naqqosh va xattot
va/ifalarini mujassamlashtirgan edi. Nafosat olamining yarati-
lishida koshinburish me’morchilik san’atining ko‘zgusi desak
mubolag'a bo‘lmaydi. Abdug‘affor Haqqulov ana shu san’atning
otaxoni edi. Otaxon usta koshinpazlik va koshinburishlikda “an-
gob” ning hikmatini ochib berib, uni o‘z davri uchun qay-
tadan kashf etgan.
“Koshinlar sirtining mavj urib jilolanishi bu angob hikma-
tidir”, - deb yozadi A.Haqqulov. Angob tarkibi asosan koshin-
larga surtiladigan oq rangdan farq qilmaydi. Faqat u oq rangga
nisbatan suyuq tayyorlanadi. Angobning suyuq tayyorlashdan
maqsad kovaksimon terrakotaga surtilganda terrakotaning kovak-
lariga o‘mashib, mag‘ziga singib ketishidir.
Angobning xususiyati yumshoq bo‘lganligi sababli uning
ustidan surtilgan bo‘yoq tezda angobni o‘ziga qabul qilib,
uyg‘unlasha boshlaydi. Angobning eng yaxshi xususiyatlaridan
yana biri shundaki, uning rangi oq bo‘lganligi sababli, uning
ustidan surtilgan har qanday bo‘yoq, ayniqsa, binafsha (loju-
vard), ko‘k, zaynabi (nosi) kabi bo‘yoqlar nihoyatda nafis-
shaffof bo'ladi. Shuningdek, u terrakota bilan sir-bo‘yoqlaming
birikishida “tanakor” vazifasini bajaradi. Masalan, temirchi-
lar ikkita temirni biriktirish uchun ularni birdek qizdirib yuzi-
ga tannor sepadilar-da, keyin biriktiradilar, Angob bilan bo‘yoq
ham shunday uyg‘unlikdan keyin hech qachon bir-biridan
ajralib ko'chmaydi. Mabodo biror turtki sabab bo‘lgan taqdirda
ham bo‘yoq terrakota bilan birga ko‘chib tushadi. Angobning
eng yaxshi afzalliklarining yana biri shuki, surtilgan koshin
tayyor bo‘lgunga qadar xumdonda uch marta pishiriladi, ya’ni
oldin terrakota tayyorlab, unga angob surtilgandan keyin yana
pechda pishirilib olinadi va nihoyat asosiy (sir) bo‘yoqni surtib
yana pishiriladi.
Natijada koshin nihoyatda chiniqib pishadi. Shunday qilib,
angob koshinlar nafosatini yuzaga keltiribgina qolmay, ularning
sifatini yuksak darajada shakllantirishda, umri boqiyligida asosiy
o'rinni egallaydi. Angob surtib tayyoriangan koshinlar va koshin-
9 6
burishlar har qanday sovuqqa va namlikka chidamli bo‘lib, o‘z
xususiyatini yo‘qotmaydi.
Me’morchilikda va hayotda qo'llaniladigan barcha turdagi so-
poldan tayyorlangan mayolikalar va buyumlarning terrakotasiga
oldin angob surtib, keyin xohlagan bo‘yoq surtilsa, u albatta
yuqoridagi samarani beradi.
Ta’mirchi usta ganch qorishmasining mustahkamligini oshi-
rish va uni asrlar davomida saqlab qolish uchun 100 kg ganchga
40-50 g shiresh yelimini qo‘yishni taklif qiladi. “Ganch va shiresh
sharbatining qorishmasi qotgach, ganchning kovaklarini, ichki
va tashqi atrofmi shiresh o‘z sharbati bilan yelimlab oladi. Shiresh
tabiiy o'simlikdan tayyorlanib, qadimda undan yelim o‘rnida foy-
dalanigan. Bunday qorishmada tayyorlangan ganch qorishmasi
suvga tashlab qo‘yilsa ham, uzoq muddat o‘ziga suv olmaydi.
M a’lumki, ganch suvni o‘ziga olmasa, hech qachon kuchsiz-
lanmaydi.
“Ganchning yaxshi xususiyatlaridan biri uning elastikligidir.
Buni yaxshi tushungan qadimgi me’morlar binolardan boshlab
gumbazigacha ganchdan foydalanganlar. Ganch va g‘isht bilan
tiklangan obidalar umri uzoq bo‘ladi, har qanday sharoitda hamda
dahshatli zilzilalarda ham ko‘p zarar ko‘rmaydi. Chunki ganch
mo'rt emas, sinmaydi, u egiluvchanlik xususiyatiga ko‘ra katta
zarbada ham sezilar-sezilmas darajada o‘z-o‘zidan amortizatsiya
beradi”,-deb tushuntiradi ta’mirchi me’mor.
Abdug‘affor Haqqulov Samarqandda o‘zining ta’mirchi
me’morlar maktabini yaratib, unda murabbiylik qildi, shogird-
lariga bilim berib, nafaqat Respublikaga, balki butun Markaziy
Osiyoga ko‘plab ta’mirchi ustalar tayyorlab berdi. U Samar
qanddagi N odir Devonbegi madrasasini boshdan oyoq
ta’mirlashni o‘z tashabbusi bilan otalig‘iga olib, vayronaga ay-
langan bu obidani xalqimiz uchun o‘z aslidek qilib qaytadan
yaratdi. Ana shu murakkab ish jarayonida ta’mirchilik san’ati va
muhandislik sohasida bir qator ixtirolar qildi. 0 ‘zining ish tajri-
balarini umumlashtirib memorlar maktabi uchun ikkita nodir
kitob —
Dostları ilə paylaş: |