Mavzu: Gul uchun Koshinli kashpolar kompozitsiyasi


I-BOB Kulolchilik san’atining o’ziga xos jihatlari



Yüklə 237 Kb.
səhifə2/6
tarix23.07.2023
ölçüsü237 Kb.
#137218
1   2   3   4   5   6
Bitiruv ishi Gul uchunKoshinlar

I-BOB Kulolchilik san’atining o’ziga xos jihatlari

    1. Kulolchilik san’atining kelib chiqish tarixi


Mustaqillikka erishganimizdan keyin har bir sohada bo’lgani singari tarix sohasiga ham e’tibor nihoyatda kuchaydi.Xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o’zligini anglashga qiziqishi ortib bordi. Bu tabiiy xol, chunki odamzod borki avlod-ajdodi kimligini, o’z tug’ulib voyaga yetgan vatanning tarixini bilishni istaydi va buning uchun harakat qiladi. Zero birinchi prezidentimiz I. Karimovning “O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”20 degan so’zlari tarixiy haqiqatdir. Arxeologlar tomonidan O’rta Osiyoning tepalikka aylangan shaharlari, qishloqlari, qo’rg’onlari va ko’shklarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida topilgan ko’plab temir, mis suyak va yog’ochdan yasalgan buyumlar, mehnat qurollari, turli taqinchoqlar, haykalchalar, tangalar va sopol buyumlar O’rta Osiyo tarixi bo’yicha ma’lumot beruvchi qimmatli manbalar hisoblanadi. O’rta Osiyo sharoitida yuqorida sanab o’tilgan ashyolar ichida o’zining ko’pligi, yaxshi saqlanishi va tarixiy ma’lumotni ko’p berishi jihatidan sopolning oldiga tushadigan birorta ham buyum topilmaydi. Arxeologlar sopolga qarab qazilayotgan yoki o’rganilayotgan joy qaysi davrga oidligini, uni qaysi xalq yaratganligini, u xalqning madaniyati, urf-odatlari, dini, ijtimoiy- 20 I.Karimov «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Toshkent Sharq nashriyoti 1998 5-bet 217 iqtisodiy hayotini, qaysi xalqlar bilan munosabatda bo’lganligini va boshqa ko’pgina tomonlarini aniqlaydi. Shuning uchun ham sopolning juda ko’p tarixiy davrlar haqida ma’lumot berishidan bo’lsa kerak, hozirgi kunda Amerika Qo’shma Shitatlarida arxeologiya fanining muhum tarmog’i sifatida “sopol arxeologiyasi” ajralib alohida tarmog’ bo’lib chiqganligi bejiz emas.21 Ota-bobolarimiz tarixi va madaniyatini o’rganishda sopol idishlarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Bir qarashda kishi ko’ziga aytarli ahamiyatsiz ko’rinsa ham ular o’zining tarixiy ahamiyati jihatidan boshqa manbalardan qolishmaydi. Sopol idishlar shahar va qishloqlarning yoshini aniqlashda, ularda yashagan odamlarning hayotini, turmushini o’rganishda muhum bir tilsimotdir. Ular odamlarning faqatgina kundalik ehtiyojlarini qondiradigan buyum bo’lmay, balki o’z zamonasining ma’fkurasini malum darajada ifoda etuvchi manba hamdir. Shu bilan birga sopol idishlarning ko’pchiligi amaliy san’atning noyob durdonalari ham hisoblanadi.22 Mamlakatimiz kulolchilik tarixini yoritishda XIX asr 2-yarmi XX asr boshlarida O’rta Osiyo xonliklarida bo’lgan rus harbiylari hamda yevropalik sayyohlar tomonidan qo’lga kiritilgan ma’lumotlar muhum o’rin tutadi. Ulardan N. Xanikov, A.Vamberi, M. Bichurin, A. Xoroshxin, N.Maev, V.V. Krestovskiy, S.A. Artyunov, N.A. Aristov va boshqalar o’sha davrdagi hunarmandchilik turlari qatori kulolchilikka ham qisman to’xtalib o’tganlar. 1917-1991 yillarda O’rta Osiyo tarixiga doir qimmatli ilmiy asarlar yaratib, asarlarida kulolchilik tarixi bo’yicha ayrim ma’lumotlarni keltirib o’tgan olimlar sirasiga A.A. Semyonov, S.Ayniy, V.L. Vyatkin, P.P. Ivanov, B.I. Iskandarov, V.V. Bartold, E.M. Masson, O.A. Suxarev, G.A. Pugachenkova, P.A. Goncharova, H.Ziyoyev, M.K. Raximov, D.K. Mirzaahmedov va boshqalarni keltirish mumkin. 23 Jumladan, G.Agzamova O’rta Osiyoning tarixini o’rganishda savdo-sotiq va hunarmandchilikning ijtimoiy-iqtisodiy tarixda tutgan o’rnini manbalar tahlili orqali yoritib berishga harakat qilgan. E.M. Pesherova o’z tadqiqotlarida O’rta Osiyo hududidagi kulolchilik idishlari tarixini o’rganishga e’tibor qaratib, qadimgi va o’rta 21 M. Ismomiddinov “Sopolga bitilgan tarix” Toshkent-Fan nashriyoti 3-5 bet. 22 Sh.Pidayev ''Qadimgi Termiz '' Toshkent-Fan nashriyoti.2001 24-25 betlar.23 РахимовМ.КХудожествннаякерамикаУзбекистаная. Тошкент 1961.221 бет 218 asrlardagi kulolchilik ishlari tarixiga baho bergan. N.A. Dimitrieva va L.I Akimovalar qadimgi dunyo tarixida san’atning tutgan o’rnini tahlil qilib, antik davr kulolchiligiga ham baho bergan. M.S. Hamidova XVIII-XX asr boshlarida Qashqadaryo vohasi hunarmandchiligi tarixshunosligiga oid tadqiqotlarida voha tarixini yorituvchi manbalar va ilmiy adabiyotlarni tahlil qilib bergan.24 XX asrning 2 yarmida O’zbekistonning janubiy viloyatlarida juda keng miqiyosda arxeologik ishlar olib borilgan va vohaning bronza davri madaniyatiga oid Sopollitepa ochib o’rganilgan. Sopollitepa Surxondaryo viloyatining Sherobod cho’lini kesib o’tgan O’lanbuloqsoy yoqasida joylashgan bo’lib 1968-yil arxeolog L. Albaum tomonidan topilgan. 1969-1974 yillarda A. Asqarov tomonidan o’rganilgan.25 Arxeolog A.Asqarov Soplollitepa yodgorligini 3 bosqichga: 1-Sopollitepaning quyi qatlamlaridan chiqqan ashyolar “sopolli bosqichi” 2-Sopollitepaning ustki qatlamlari va Jarqo’tonning ostki qatlamlaridan chiqqan ashyolarni “Jarqo’ton bosqichi va 3- Jarqo’tonning yuqori qatlamlaridan chiqqan ashyolarni “mullali bosqichi” bo’lib unga Tojikistondagi Tandirko’l va Nurek yodgorliklari ham kiritgan. A.Asqarovning shogirdi B. Abdullayev Jarqo’ton qabristoni manbalarini o’rganib mullali bosqichini ikki davrdan: “ko’zali” va “mullali“ dan iborat ekanligini aytgan. Keyingi davrlarda Sopollitepada T. Shirinov va Sh. Shaydullayevlar tomonidan qazish ishlari olib borilgan. Bu madaniyat davrida sopol buyumlarni ishlab chiqarish nihoyatda taraqqiy etgan. Ayniqsa kulolchilik charxida tayyorlangan idishlar shaklining yetukligi, nihoyatda nozikligi, yaxshi pishirilganligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi va bu xususiyatlari bilan sopolli madaniyati idishlari boshqa davr sopollaridan ustun turadi.26 Qadimiy Termiz xarobalari uzra yurar ekansiz beixtiyor siz unda son-sanoqsiz sopol idishlarning siniqlarini ko'rasiz. Ular shaharning hamma joyida sochilib yotibdi. Bu yerda turli bo’yoqlar bilan sirlangan kosa, payola, lagan, ko’za va tog’aralarning minglab parchalarini uchratish mumkin. Idishlardagi bo’yoqlarning rangi shunchalik tiniqki naqishlari shunchalik rang-barang, go’zal va nafiski bular bir qarashda odamlarni hayron qoldiradi. Ularni ko’rgan kishi nahotki, shu sopol idishlar bundan 1000 yillar ilgari 24 https//www.muhaz.org Qadimgi spool idishlar Risola 23.05.2022 25 https//uz.m.wikipedia.org Sopollitepa 30.05.2022 26 M. Ismomiddinov “Sopolga bitilgan tarix” Toshkent-Fan nashriyoti 10-12 betlar. 219 tayyorlangan bo’lsa, degan savolni beradi. Ular asrlar davomida yer bag’rida yotgan bo’lsa ham, o’z sifatini va tiniqligini yo’qotmagan. Arxeologlar bu sopol idishlarning shakli, bo’yoqlarining rangi va naqshining turiga qarab uning qaysi davrga oidligini aytib beradilar. Termiz kulolchilik tarixi yaqin vaqtlargacha maxsus o’rganilmagan edi, chunki Termizda arxeologik ishlar olib borgan olimlar ko’proq o’z e’tiborlarini Termiz hokimlar saroyi, Qoratepa, Fayoztepa kabi noyob obidalarni o’rganishga qaratgan.Vaholanki 1930-yillarning o’rtalaridayoq M.E. Masson Termizning bir necha joylarida turli asrlarga oid kulollar mahallalari borligini qayd qilgan edi. Keyingi davrlarda Termiz kulolchilik tarixi xususan, Yunon-Baqtriya, Kushonlar davriga oid Termiz kulolchilik tarixini o’rganishga alohida e’tobor qaratilgan va tadqiqotlar olib borilgan. Xususan o’rta asr kulolchiligini o’rganishda birmuncha muvaffaqiyatlarga erishilgan.27 Jumladan, Sh. Pidayev o’rta asrlarga oid Termiz kulollarining mahallasida olib borgan tadqiqotlarida o’rta asr Termiz kulolchilik texnikasi qanday bo’lganligi va kulolchilik shaharning iqtisodiy hayotiga qanday ta’sir qilganligi masalalarini yoritib bergan. O'rta Osiyo kulolchilik tarixi xususan sirlangan sopol idishlar tarixini yoritishda XX asrda rus va sovet olimlari tomonidan bu hududda olib borilgan izlanishlar va tadqiqotlar muhim o’rin tutadi. Bu izlanishlar natijasida, O’rta Osiyo tarixiga oid qimmatli asarlar yaratib, asarlarida sirlangan kulolchilik tarixi bo’yicha ayrim ma’lumotlarni keltirib o’tgan olimlar sirasiga S.M. Dudin, V.S. Vyatkin, V.V Bartold, I.A. Suxarev, A.I. Terenojkin, N.N Vakturskaya, O.G. Balshakov, N.S. Grajdankina, Sh.S. Stiliskin, A. Burnasheva, E.V Saiko, A. Leyn, N.I. Vaseloviskiy, B.N Kastaskiy, V.A Shishkin, Sh.S Toshxo’jayev va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Jumladan, 1906-yilda birinchi marta S.M. Dudin Samarqandda to’plangan keng va rang-barang materiallarni tizimlashtirishga harakar qilgan. I.A. Suxarev esa Sug’da sirlangan idishlar ishlab chiqarishning dastlabki bosqichini aniqlashga harakat qilgan va 27 Sh.Pidayev ''Qadimgi Termiz '' Toshkent-Fan nashriyoti. 2001 24-25 betlar.220 sirlangan kulolchilik idishlarni paydo bo’lishini VIII asrning 20 yillariga to’g’irlab, uni arablar istelosi natijasida deb hisoblagan. Kulolchilikni Xorazm materiallari asosida tasniflashni 1953-yilda N.N . Vakturskaya taklif qilib uni rivojlanishini 3 ta davrga: IX-XI asr, XI-XIV asr va XV-XVII asrlarga bo’lgan. Shuni takidlash joizki, keying tadqiqotlar IX-XI asrlardagi kulolchilik mahsulotlarini bir xranalogik guruhga kiritish to’g’ri emasligini asoslab berdi. Sirsiz va sirlangan idishlarni tahlil qilib N.S. Grajdankina mahalliy homashyolar asosida texnologik xususiyatlari bo’yicha qadimgi kulolchilikka o’xshash namunalarni yaratdi. E.V. Saiko keramika texnologiyasi sohasida ko’p ishlarni, xususan, keramika ishlab chiqarishning barcha jarayonini o’rgangan va “O’rta Osiyoda kulolchilik texnikasi tarixi”( VII-XII) nomli monografiyasida O’rta Osiyoda sopol buyumlar tayyorlanishi, ularga naqsh va keramik bo’yoqlar tayyorlanishi va tarkibi bo’yicha ma’lumotlarni berib o’tadi.28 1959-1963 yillarda O’zbekiston SSSR FA Tarix va arxeologiya institutining V.A Shishkin rahbarligidagi Samarqand arxeologik ekispiditsiyasi tarkibida Afrosiyob hududida arxeologik ishlar olib borilib XI asrning 2-yarmi va XII asr birinchi yarmiga doir katta hajmdagi 3 ta kulolchilik ustaxonasi ochiladi va Samarqand hududidan topilgan sirlangan kulolchilik idishlari o’rganiladi.29 Shundan so’ng G.V Shishkina “Sug’dning sirlangan kulolchilik buyumlari” (VIII asrning 2-yarmi XIII asr boshlari) nomli monografiyasida Sug’d vohasi kulolchiligi, sopol buyumlar tayyorlash usullari, homashyo va texnikasi haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, Sh.S Toshxo’jayev “Samarqandning badiiy sirlangan kulolchilik buyumlari” (IX-XII) nomli asarida Samarqand kulolchiligi va u bilan bog’liq hunarmandchilikning IX-XII asrlar taraqqiyoti va xususiyatlari haqida ma’lumotlarni berib o’tadi. Mustaqillik yillarida ham O’rta Osiyo sirlangan sopol idishlarini o’rganishga doir qator tadqiqotlar olib borilgan bo’lib, jumladan, R.S Ilyasova “Toshkent vohasining IX-XII 28 G.V Shishkina Глазуроаннаякерамикасогда ( втораяполовина VIII-начала XIII в ) 1979 3-5 б 29 Sh. S Toshxo’jayev ХудожественнаяполивнаякерамикаСамарканда 6-б. 221 asrlarga oid sirlangan kulolchilik buyumlari” nomli asarida Toshkent vohasidagi kulolchilik buyumlari, texnikasi va homashyosi, bezash usullari haqida ma’lumot berib o’tadi. Xulosa o’rnida, yurtimiz tarixini yoritishda va qadimgi davr tarixini tiklashda o’zining ko’pligi, yaxshi saqlanishi va tarixiy ma’lumotlarni ko’p berishi jihatidan sopolning oldiga tushadigan birorta ham buyum topilmaydi. Shuning uchun ham bu sohada olib borilgan tadqiqotlar tariximizni ochilmagan qirralarini yoritishda muhum ahamiyat kasb etadi.Bugungi kunda ham olib borilayotgan bu kabi ishlar, kulolchilik idishlari tarixini o’rganish orqali vatanimiz tarixini yoritishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Maqolaning mazmun mohiyatini ochib berishda ilmiy adabiyotlar va internet manbalaridan foydalanilgan bo’lib, ushbu maqola sizga kulolchilik tarixini o’rganilishi haqida bazi xulosalar chiqarishga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” Toshkent Sharq nashriyoti 1998 5-bet 2.M. Ismomiddinov “Sopolga bitilgan tarix” Toshkent-Fan nashriyoti 3-5 bet. 3. Sh.Pidayev ''Qadimgi Termiz '' Toshkent-Fan nashriyoti. 2001 24-25 betlar. 4. РахимовМ.КХудожествннаякерамикаУзбекистаная, Тошкент 1961 221-бет 5.G.V Shishkina Глазуроаннаякерамикасогда( втораяполовина VIII-начала XIII в ) 1979 3-5 б 6. Sh. S Toshxo’jayev ХудожественнаяполивнаякерамикаСамарканда 6-б. Internet manbalari: 7.https//www.muhaz.org Qadimgi spool idishlar Risola 23.05.2022 8.https//uz.m.wikipedia.org Sopollitepa 30.05.2022

1.2



Yüklə 237 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin