partish tarzda bajarilayotganligini qayg‘urib yozadi. Natijada bun-
day sifatsiz bajarilgan koshinlar
koshinburish
taxtasining yodgor-
likdagi asl holatidan keskin ajralib qolayotganligini va ko‘p o‘tmay
buzihb tushayotganligini tanqid qiladi. Ta’mirchi usta yodgorlik-
ning devorlari tiklangach, uning sirtiga tegishli koshin naqshlami
oradan kamida 1-2 yil o‘tgach ishlanishining maqsadga muvofiq
ekanligini tushuntiradi. Chunki devoriy va gumbaziy g'ishtlar ana
shu vaqt ichida sezilmas darajada o‘z og‘irligi tufayli bosilishini,
me’morchilikdabuvoqeani
“shishtishom”
deyilishini, agarg'ishtlar
bosilmasdan devorga koshin taxtasi o‘matilsa, devor bilan ko
shinburish taxtasi orasida ajralish hosil bo'lib, koshin taxtaning
qo‘porilishini va ozgina turtki bo‘lsa, ко‘chib tushishi mumkinli-
gini yozadi. Misol tariqasida 1985-yilda Samarqandda, 1987-yilda
esa Buxorodagi ayrim yodgorliklarni ta’mirlashda qo‘llanilgan katta
hajmdagi koshinlarning qulab tushganligini ko‘rsatadi.
Ta’mirchi usta me’moriy obidalar umrining hozirgi vaqtda
qisqarish sabablarining asosiylaridan biri ularning yuqori qismi
— tomidan tarqaladigan namlik deb biladi. Bu namlikka qarshi
ulnming tomlarini yengil va tejamli tarzda zamonaviy uslubda qayta
ishlashni taklif etadi va bu uslubni o‘zi Samarqandagi Nodir
devonbegi (“Sherdori berun”) madrasasini ta’mirlash jarayoni-
da qo‘naydi. Ustaning bu usuli obidalar tomini yopishda, o‘tmishda
0 ‘rta Osiyo me’morlari qoMlaganxataba usuUdan farq qilib, kam
xarajat, tez bajarilishi va yaxshi samarasi bilan ajralib turadi. Unga
ko'ra hujralarning ravoqlari o‘rtasidan yuqoriga devor ko‘tarib,
har bir devorga 70x80 sm kattalikdagi teshiklar qo‘yiladi. Bu
teshiklar ravoq va gumbazlar sahniga chiqib xabar olish va havo-
ning aylanib turishi uchun mo‘ljallanadi.
Devorni hujralar gumbazining yuqori qismidan 40-50 sm
balandlikda ishlab, uning ustiga qalinligi 8-10 sm da temirbe-
Ion yotqiziladi, beton orasiga har-har joydan diametri 10 sm
I rubadan 50 sm uzunlikda kesib tik qo‘yiladi. Ular hujralarga yu-
qoridan havo kirishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yana umumiy
tomning ikki chetidan shamol kirishi uchun teshik qoldiriladi.
Keyin sement qorishmasi yordamida kvadrat g‘isht bilan temir-
bclon yopma ustidan farch ishlanadi. Bu usulda qadimiysidan bir
nccha bor mablag‘ kam sarflanadi, binoning yuqori qismi har
doim quruq va yengil bo‘lganligidan uning umri boqiy bo‘ladi.
Samarqanddagi Nodir devonbegi madrasasida amalga oshirilgan
ushbu tajriba yaxshi natija bergach, u keng quloch yozib, hozirgi
paytda obidalar tomlaridagi namlikni quritish va umrini uzayti-
rishda qo‘llanilmoqda. Abdug'affor Haqqulov qadimiy obidalar
tomining yuqori qismidagi namlik sabablarini aniqlaydi va unga
qarshi kurashish usullarini taklif qiladi. Shuningdek, u Samar
qanddagi Tillaqori masjidining shiftiga ta’mirlab ishlangan “tilla
naqshlar” ning to‘kilish sabablarini ham aniqlaydi va ularni
to‘kilmasligi uchun qanday ishlash zarurligini ham yuqorida es-
latilgan “Ta’mir san’ati” kitobida ko‘rsatib beradi. Ta’mirchi usta
poydevori sayoz ishlangan binolarga qanday qilib qo‘shimcha
poydevor ishlash va ularni mustahkamlash usullarini, devorlari
va peshtoqlari bir tomonga oqqan va qiyshaygan obidalarda ularni
buzmasdan qanday qilib asl holiga qaytarish usullarini ham
ko‘rsatib bergan va o‘zi shu uslublami ilk bor Nodir Devonbegi
madrasasining devorlari, peshtoqlari va poydevorlarini ta’mirlashda
qo‘llagan.
Koshinpaz usta o‘zining “Ta’mir san’ati” kitobida koshin loyi
uchun qaysi tuproqni va qanday qilib tanlashni, tanlangan tup-
roqni qanday suvda va qay uslubda yuvish zarurligini, yuvilgan
luproqdan esa qanday qilib yaxshi loy tayyorlash mumkinligini,
loyni koshinlar uchun qay tartibda kesish, kesilgan koshinlar
loyini pechga qanday terish va pishirish zarurligini, pishgan ter-
rakotalarga bo‘yoq surib, qaytadan pechda pishirish usullarini
balafsil tushuntirib bergan.
Ma’lumki, binolarga sayqal berishda qadimdan
Dostları ilə paylaş: |