turdagi tuproklarga aralashmagan xolda ishlab chikarishga jalb kilish imkonini beradi. Kulollar Rishton yakinidagi toglardan har xil buyoklar, kvartsli kum va olovbardosh gillarni kazib olishgan. 1960 yillarda yukorida eslatib utilgan moviy sopol buyumlari ishlab chikariladigan an’anaviy markazlar barxam topa boshladi. Ana shunday sharoitda San’atshunoslarning Butunittifok konferentsiyasi (Fargona 1974 yil) kabul kilingan moviy ishkorli sopol idishlari ishlab chikarish an’analarini saklab kolish xakidagi karori amaliy axamiyat kasb etdi. Ushbu karor ustalarga ma’kul tushdi. Ular oldingi ishlab chikarishga kaytib buyumlarni bezashning an’anaviy shakllari va usullarini kayta tiklay boshladilar. Keyingi 20 yil ichida Rishton sopoli an’anaviy badiiy va texnologik usullar asosida yana kayta tiklandi. Ishkorli sir tayyorlash ham yo’lga qo’yildi.Rishton sopolchiligining mahalliy badiiy xususiyatlari ko’p jihatdan buyumlarga naqsh berilishida ko’zga tashlanadi1. 1970-90 yillardagi girix bezaklar orasida tursimon naqsh, rombsimon naqsh, uchburchakli shakllarning bir maromda joylashtirilishi doirasimon shakllarning zanjir shaklida bir tekis berilishi nuktali naqsh qora va ok kvadratchalarning navbat bilan o’rin almashishi shaklidagi naqsh egri va to’g’ri chiziklar shaklidagi doiracha va to’pbarggul shaklidagi mavhumiy geometrik bezaklar ko’p tarqaldi. O’simliksimon naqshlar ayniksa turli–tuman va sermazmundir. O’simlik dunyosiga oid mavzularni talqin kilishda ayniksa an’anaviy belgilar bilan bu mavzularning yangicha talkinlari nisbatan yakkol kuzga tashlanadi. Hayvonlarga oid va antropomorfik mavzular Rishton kulolchiligida «parchasi yaxliti uchun» tamoyiliga ko’ra takdim