kulolchilik juda keng rivojlanib, G’ijduvon, Panjikent, Samarkand, Shahrisabz, Toshkent, Rishtonda kulolchilik markazlari paydo bo’ldi. Ular sopol idishlarni sirlab bezatishning o’ziga xos uslublarini vujudga keltirdilar. 1930 yilda Toshkentda eksperimental keramika va Samarkandda keramika ustaxonalari ochildi. 1932 yilda Toshkentda o’quv ishlab–chikarish ustaxonasi tashkil etilib, u mahalliy xalq amaliy san’at ustalari, shu katori kulollar tayyorlaydigan kurslar tashkil etildi. 1943 yili Shahrisabzda o’quv ishlab–chikarish badiiy korxonasi ishga tushirildi1. Kulolchilik sir-asrorlarini mashhur kulollar yoshlarga sidqidildan o’rgatdilar. Hozirgi kunda kulolchilik faniga yanada e’tibor kuchaymokda. O’zbekiston badiiy akademiyasiga karashli Respublika kolledjida, K.Behzod nomli rassomchilik va dizayn institutida, Nizomiy nomli TDPU BGFning amaliy san’at kafedrasida bu fan yaxshi yo’lga qo’yilgan. Hademay bu ustalar yaratgan kulolchilik san’at asarlari xam muzeylardan joy olishiga ishonchimiz komildir. Rishton O’zbekistondagi sirlangan sopol buyumlari ishlanadigan eng mashhur va kadimiy markazlardan biri. XIX asr oxiri XX asr boshlarida axolisining deyarli hammasi kulollardan iborat edi. Fargona vodiysidagi barcha kulolchilik markazlari azaldan Rishton kulolchilik ta’siri ostida bo’lgan. Ushbu tumanda har kanday turdagi buyumlarni yasash uchun yaroqli bo’lgan, aloxida navli kulolchilik gilining mavjudligi bunga asos bo’la oladi. Qizgish-sargish rangli ajoyib gil Rishtonning deyarli butun xududida 1–1,5 m chukurlikda katlam bulib joylashgan. Gilning yaxshi sifatliligi maxalliy ustalarning uni O’zbekistonning boshka tumanlaridagi kulollardan farkli ravishda oldindan tozalab boshka