Uchinchidan, begona o‘tlar g‘o‘za niholining oziqlanishiga sherik bo‘ladi va o‘sishdan orqada qolayotgan niholni rivojiga yanada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, eng avvalo kultivatorga albatta pichoq o‘rnatish va ishchi organlarni to‘liq va sifatli joylashtirish lozim. Shuningdek qo‘lda mayda chopiq ishlarini tashkil etish yaxshi samara beradi. To‘rtinchidan, g‘o‘zada azotli (karbamid) o‘g‘it yordamida bargidan oziqlantirish tadbirlarini tashkil etish. Buning uchun 100 litr suvga 4,0-5,0 kg karbamid (2-4 chin bargda) solinib aralashtiriladi va 300 l ga yetkazilib 1 gektar maydonga sepiladi. Shonalagan maydonlarda 7,0-8,0 kg karbamid o‘g‘itidan suspenziyalar qo‘llaniladi. Bunda yosh nihollar jadal rivojlanib, barg plastinkasi yanada qalinlashadi. Natijada g‘o‘zaning barglari turli so‘ruvchi hasharotlar, ya’ni shira yoki tripsga bardoshli bo‘ladi. Shuningdek, g‘o‘za 2-4 chinbarg davridan shonalash davrigacha gumin asosli biostimulyatorlar bilan gektariga 0,3-0,5 litr me’yorda ishlov berish kerak.