Tayyorgarlik bosqichi
|
1. Mavzu bo’yicha o’quv mazmunini tayyorlash.
2. Kirish ma`ruzasi uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash.
3. Talabalar o’quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish.
4. O’quv fanini o’rganishda foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxatini tuzib chiqish.
|
Kerakli o’quv qurollarini tayyorlaydilar.
|
1. Mavzuga kirish
(15 daqiqa)
|
1.1. Ma`ruzaning mavzusi, rejasini e`lon qiladi, o’quv mashg’ulotining maqsadi, pedagogik vazifalar va o’quv faoliyati natijalarini tushuntiradi. (1-ilova).
|
Tinglaydilar,
yozib oladilar
|
2. Asosiy bosqich
(55 daqiqa)
|
Power Point dasturi yordamida slaydlarni namoyish qilish va izohlash bilan mavzu bo’yicha asosiy nazariy jihatlarini tushuntirib beradi.
2.1. Mavzu rejasining birinchi punkti rejasi bo’yicha ma`ruza qiladi. (2-ilova) Ma`ruza bo’yicha «Echim daraxti» usulidan foydalangan holda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Kichik yoshdagi bolalarga qanday o‘yinlar tavsiya etiladi? (3-ilova).
2.2. Mavzu rejasining ikkinchi punkti bo’yicha ma`ruza qiladi. (4-ilova)
Ma`ruza bo’yicha «Echim daraxti» usulidan foydalangan xolda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: O‘rta va katta yoshdagi bolalarga qanday o‘yinlar tavsiya etiladi? (5-ilova)
2.3. Mavzu rejasining uchinchi va to‘rtinchi punkti bo’yicha ma`ruza qiladi? (6-ilova).
Ma`ruza bo’yicha Snektik usulidan foydalangan xolda talabalarga quyidagi savol bilan murojaat qiladi: Jamoaviy va jamoasiz o‘yinlardan namunalar keltiring va ularni ta’riflang? (7-ilova)
Talabalar bilimini faollashtirish va mustahkamlash maqsadida savollar beradi (8-ilova)
|
Tinglaydilar, yozadilar.
O’tilgan axborotni analiz-sintez qilib, tizimlashtiradilar.
Savollar bilan murojaat etadilar, aniq tasavvurlar tizimiga ega bo’lishadi.
Tinglaydilar, yozadilar.
Talabalar berilgan savollarga javob beradilar.
|