O’quvchilar undosh tovushlarning imlosi yuzasidan quyidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilishi kеrak.
O’quvchilar undosh tovushlarning imlosi yuzasidan quyidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilishi kеrak.
1. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.
2. So’z oxirida kеlgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishini, shuning uchun bunday so’zni tеkshirish kеrakligini.
3. Undosh tovush unli tovushdan oldin kеlganda boshqa tovush bilan almashmasligini.
4. Tеkshiruvchi va tеkshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi-kitob).
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta'rif berilmaydi,
Tovush murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda unga ta'rif berilmaydi,
ammo amaliy ishlar olib boriladi. Bunda yetakchi usul so’zdagi tovushlarning talaffuzi, so’zning lеksik ma'nosi, so’zdagi tovushlarning tarkibiga bog’liqligi ustida kuzatish hisoblanadi.
Masalan: ota-ona, kul-gul.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi,
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi hisoblanadi,
chunki tovush yozuvda harflar bilan ifodalanadi.
1-sinf o’quvchilari quyidagilarni bilib olishlari lozim:
a) tovushni talaffuz qilamiz va eshitamiz;
b) harfni ko’ramiz, o’qiymiz va yozamiz;
v) harf – tovushning yozuvda
ifodalanadigan belgisi.
2—4-sinflarda ham so‘zni tovush tomonidan tahlil qilish mashqlari
2—4-sinflarda ham so‘zni tovush tomonidan tahlil qilish mashqlari
o‘tkazilib, fonetik bilimlar takomillashtirib boriladi.
3-sinfda undosh tovushlar ovozningishtirok etishi yoki ishtirok etmasligiga ko‘ra, jarangli va jarangsiz bo‘ladi, deb o‘rgatiladi.