Mavzu: Harkatning muskulli va muskulsiz formalari . Fotobialogiya muomolari .
Bialogik oksidlanish . Hujayraga signal tranduksiya Sistema haqida umumiy
ma’lumotlar
Reja:
1. Biofizikaning predmeti va vazifalari
2. Biofizikaning bo’limlari
3. Biofizik tadqiqotlarning usullari
4. O’zbekistonda biofizikaning rivojlanishi
Biofizika fani yosh fanlardan bo’lib, akademik Frank so’zi bo’yicha u “barcha
biologiya fanlarining nazariy ‘oydevori” dir. Tabiiy fanlarning jadal surhatlar bilan
rivojlanishi, ularning boshqa fanlarga kirib borishi, bilimlarning yangi sohalarining
kelib chiqishi zamonamizning xarakterli xususiyatidir. Fizika va texnika fanlarining
taraqqiyoti boshqa fanlar qatori biologiyaga ham katta ta’sir ko’rsatmoqda. Fizikaviy
uslublar va tahlillar barcha tabiiy fanlarda, shu jumladan biologiyada ham keng
miqyosda qo’llanishi natijasida biologik tizimlarda kechadigan fizik-kimyoviy
jarayonlarni va fizik omillarni tirik organizmlarga tahsirini o’rganuvchi biofizika fani
rivojlandi va u hozirgi vaqtda fundamental biologik fanlarning biri bo’lib hisoblanadi.
Biofizikaviy tadqiqotlarning
predmeti
bo’lib biopolimerlarning strukturasi va
xossalari,
tabiiy va sunhiy membranalar, ion kanallari, murakkab tuzilgan biologik
tizimlar hisoblanadi. Biofizika o’z ichiga alohida olingan makromolekulalarning
tuzilishi va xossalarini o’rganishdan tortib, biosfera darajasida
kechadigan murakkab
jarayonlarning mexanizmi va ichki dinamikasigacha bo’lgan muammolarni qamrab
oladi. Shu bilan birga biologiya, tibbiyot va qishloq xo’jaligida
keng miqyosda
qo’llaniladigan tadqiqotlarning fizikaviy uslublarini o’rganadi. Ushbu muammolarning
barchasi tabiat qonunlarining birligini, tirik organizmlarga nisbatan fizikaviy
qonunlarning tatbiq etilishini tushunishga yordam beradi.
Biomolekulalar, membranalar va tirik tizimlar uchun xarakterli bo’lgan
fizik va
fizik-kimyoviy jarayonlarning mexanizmlarini, ularga tashqi fizik tahsirotlarni
o’rganish biofizikaning asosiy vazifalaridan biridir. Biologik qonunlar asosan fizikaviy
kimyo qonuniyatlariga asoslanadi. Biologiyaga
ushbu qonuniyatlardan tashqari,
qandaydir boshqacha kuchlar, maydonlar, maxsus energetik
kuchlar va shu kabilar
tahsirida qaraydigan fikrlar hali ham mavjud. Masalan, turli xil ekstrasenslar,
“bioenergetiklar” va biomaydon yoki kosmik energiya yordamida aniq fanni buzib,
undan o’z maqsadlarida foydalanayotganlar oz emas. Hozirgi
zamon biofizikasi esa
ro’y berayotgan hodisalarni aniq qonuniyatlar va dalillar asosida tushuntiradi.
2
Shuningdek, biofizika organizmlarda kechadigan qon aylanish, nafas olish, harakat,
ko’rish va eshitish kabi fiziologik jarayonlar mexanizmlarini o’rganadi.
Bu
fan bevosita boshqa