5
SHu davrga kelib fizkolloid kimyo yutuqlarini biologiyada qo’llash natijasida
muhim jarayonlarning mexanizmlarini tushunishga va ilmiy asoslarini yaratishga
muvaffaq bo’lindi.
Biofizikani fan sifatida tan
olinishida olimlar Lyob va
SHadelarning xizmatlari katta bo’ldi. Ularning ‘artenogenez, yallig’lanish va
ser’ushtlilik kabi jarayonlarni fizik kimyoviy nuqtai nazardan o’rganishi katta
ahamiyatga ega bo’ldi. Rossiyada olimlardan ‘.’.Lazarev, S.I.Vavilov, ‘.A.Rebinder,
N.K.Koltsova, B.N.Tarusov, V.V. Yefimov, S.V.Kravkovlarning fundamental
tadqiqotlari natijasida o’ziga xos biofizika maktabiga asos solindi. O’tgan asrning
o’rtalarida biofizikaning rivojlanishida sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasining Biofizika
instituti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti Biofizika kafedrasi
ilmiy xodimlarining tadqiqotlari katta ahamiyatga ega bo’ldi.
O’zbekistonda birinchi bor 1962 yilda akademik Yo.X.
Turaqulov Toshkent
Davlat universitetida bioximiya va biofizika kafedrasini ochdi. Ushbu kafedrada
mutaxassislar tayyorlana boshlandi. 1979 yil esa ushbu kafedradan akademik
B.O.Toshmuhamedov rahbarligida biofizika va tabiatni muhofaza qilish kafedrasi
ajralib chiqdi. O’zbekiston biofizika maktabini asosiy yo’nalishi biologik
membranalarda ionlar trans’orti va biologik faol moddalarning tahsir qilish
mexanizmlarini o’rganishdan iborat.
Biofizikani rivojlanishida O’zR FA Fiziologiya va biofizika instituti o’z o’rniga
ega. 1985
yil may oyida, O’zR FA Fiziologiya instituti va O’zR FA Biokimyo
institutining Biofizika bo’limini birlashishi natijasida, O’zR FA Fiziologiya va biofizika
instituti tashkil to’di. Institut tashkil to’gan davrdan boshlab fiziologiya va biofizika
sohalarida 200 dan ziyod fan nomzodlari va 55 ta fan doktori tayyorlandi.
Keyingi yillarda O’zbekistonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning asosiy
yo’nalishlari quyidagilardan iborat bo’ldi: biologik membranalarning tuzilishi va
funktsiyalarini
fizik-kimyoviy
asoslarini
o’rganish
(B.O.Toshmuhamedov,
Z.U.Bekmuhametova, M.M.Raximov, M.U.To’ychibaev, E.M.Maxmudova), ionlar
trans’ortining molekulyar mexanizmlari va ion kanallari (O.V.Krasilg’nikov,
R.Z.Sobirov, M.V.Zamaraeva), qo’zg’aluvchan membranalarning
ion kanallari va
neyroretse’torlarini (‘.B.Usmanov, Dj.Kalikulov), biologik faol moddalarning tuzilishi
va tahsir qilish mexanizmlari (T.F.Ari’ov, U.Z.Mirxo’jaev, B.X.Saloxutdinov,
B.Ibragimov) bioenergetika va bog’lovchi membranalar funktsiyasi (A.I.Gagelg’gans,
M.X.Gaynutdinov,
M.I.Asrarov),
fotobiologik
jarayonlar
(E.E.Gussakovskiy,
I.G’.Axmadjonov) va o’simlik membranalari orqali ionlar tashilishi ((A.Q.Qosimov,
K.S.Safarov).
Hujayra fiziologiyasi va neyrofiziologiya, biologik membranalar orqali ionlar
tashilishining molekulyar mexanizmlari, hujayra faoliyatini boshqarilishi va biologik
faol birikmalar tahsir qilish mexanizmlari kabi sohalarda tadqiqotlarning rivojlanishiga
O’zR FA FBI jamoasi tomonidan katta hissa qo’shildi. Institut xodimlari tomonidan
6
aksonal, ‘re- va ‘ostsina’tik tahsirga ega, turli xil ion kanallariga va retse’torlarga tahsir
qiluvchi yangi neyrotoksinlar aniqlandi. Ushbu neyrotoksinlar yordamida
bahzi bir ion
kanallari va neyroretse’tor ti’larining strukturasi, funktsiyasi va boshqarilish
mexanizmlari o’rganildi. Fiziologik faol moddalar, jumladan, gormonlar,
yurak
glikozidlari va alkaloidlarni biologik membranalarda ionlar trans’ortiga tahsir qilish
mexanizmlarini o’rganildi. Bahzi bakteriya toksinlaridan hosil bo’lgan ion kanallarining
strukturasi va faoliyati qonuniyatlari ochildi, ionlar trans’orti va oksidlanishli
fosforlanishning hujayradagi tabiiy regulyatorlari to’ildi.