Mavzu:Havoning namligini aniqlash Sarfni o’lchash usullari va o’zgaruvchan bosimli sarf o’lchagichlar
Reja;
1.Havoning namligi aniqlash psixometrik usullari
2.Sarf haqida umumiy tushunchalar
3.Sarf o’lchash usullari haqida ma’lumotlar
Tabiatdagi suv turli xil shaklda- yomg‘ir, qor, tuman, qirov, shudring, muz kabi ko‘rinishlarda mavjud bo‘lib, ularning barchasi namlik tushunchasini ifodalaydi. Namlikning yetishmasligi quruqlikdagi hayotning eng muhim xususiyatlaridan biridir.
Ma’lumki, havo atmosferasi tarkibiga ba’zi gazlar bilan bir qatorda suv bug‘i ham kiradi. Havoning 1m3 xajmidagi suv bug‘ining miqdoriga son jihatidan teng kattalik absolyut namlik deb kiritiladi.Yer sirti va ochiq suv havzalaridan suyuqliklarni bug‘lanish va indensatsiyalanishi atmosferaning iqlim sharoitlariga ta’sir qiladi. Havoni quruq yoki namligi nafaqat absolyut namlikka balki uning to’yinish darajasiga yaqinligiga ham bog‘liq bo‘lib, u nisbiy namlik orqali hisobga olinadi.
Nisbiy namlik deb, berilgan temperaturadagi, suv bug‘ini parsial bosimini, shu temperaturadagi to’yintiruvchi bug‘ bosimiga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikka aytiladi.
R=(P/P0)100 % Bu erda P0 - berilgan temperaturadagi to’yintiruvchi bug‘ bosimi.
Berilgan temperaturada o‘z suyuqligi bilan termodinamik muvozanatda bo‘lgan bug‘, to’yingan bug‘ deyiladi.
Agar to’yinmagan bug‘ni o‘zgarmas bosim sharoitida sovutilsa, ma’lum temperaturada u kondensatsiyalanib, shudring hosil qiladi. Bu temperatura shudring nuqtasi deb yuritiladi va Tm - bilan belgilanadi.
PSIXROMETRIK USUL Havo namligini aniqlashda psixrometrik usul keng tarqalgan bo‘lib, u birday havo oqimiga joylashtirilgan quruq va ho‘l termometrlar ko‘rsatishi farqini aniqlashga asoslangan.
Barqarorlashgan bug‘lanish sharoitida ho‘l termometr sharchasi sirtidan suyuqlik bug‘lanishi uchun zarur issiqlik miqdori (Q2) atrof muhitdan olingan issiqlik miqdori (Qi) ga teng bo‘ladi.