Mavzu: hayvonot olami



Yüklə 19,88 Kb.
tarix04.03.2023
ölçüsü19,88 Kb.
#86615

2-SEMINAR
MAVZU: HAYVONOT OLAMI
Reja:
1. Hayvonot olamining tuzilishi.
2. Hayvonot olamining xilma-xilligi.
Adabiyotlar:
1. Sharipova D., Xodjayeva D. Shirinov M. Tabiatshunoslik va uni oʻqitish metodikasi. – T., 2018.
2. Nuritdinova M. Tabiatshunoslik oʻqitish metodikasi. –T.: “Oʻqituvchi”, 2005.
3. Sayfullayev Gʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -350 bet.
4. Sayfullayev Gʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. –Buxoro: “Durdona”, 2022. -254 bet..
5. Olloqova Oʻ.M. Geografiya oʻqitish metodikasi. Buxoro: “Durdona”, 2021. -162 bet.

Koʻp hujayralilar tanasi koʻp sonli hujayralardan tashkil topgan. Hujayralar tuzilishi va funkstiyasiga binoan bir-biridan farq qiladi. Masalan, muskul hujayralari qisqarish xususiyatiga ega boʻlib, harakatlanish, nerv hujayralari ta’sirni sezish va unga javob berish vazifasini bajaradi. Koʻpchilik hayvonlar tanasida tuzilishi va kelib chiqishiga koʻra oʻxshash boʻlgan hujayralar birgalikda toʻqimalarni, toʻqimalar esa organlarni hosil qiladi. Tuban toʻzilgan koʻp hujayralilarning organlari rivojlanmagan.


Koʻp hujayralilar hech shubhasiz bir hujayralilardan kelib chiqqan. Chunki evolyustion nuqtai-nazardan bir hujayralilar eng qadimgi organizmlar boʻlganidan, ularning ayrim guruhlaridan koʻp hujayralilar kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Bir hujayralilar va koʻp hujayralilarning jinssiz va jinsiy koʻpayish davrida sodir boʻladigan jaraYonlarning oʻxshashligi ana shundan dalolat beradi. Bundan tashqari koʻp hujayralilar embrional rivojlanishining boshlangʻich davrlari ayrim bir hujayralilar va koloniya boʻlib yashovchi sodda hayvonlarga oʻxshash boʻladi. Bu dalillar eng tuban toʻzilgan koʻp hujayralilarni bir hujayralilardan kelib chiqqanligini koʻrsatadi.
Koʻp hujayralilar ajdodi xivchinlilar hisoblanadi. Chunki eng murakkab toʻzilgan infoʻzoriyalar ikki xil yadroga ega. Koʻp hujayralilar orasida esa ikki xil yadroligi uchramaydi. Sporalilardan ham koʻp hujayralilar kelib chiqishi mumkin emas. Chunki parazit hayot kechirish organizmning mukammallashuviga imkon bYermaydi. Soxta oyoqlilarning passiv hayot kechirishi va tanasini chigʻanoqqa oʻrab olishi ham ularning takomillashuviga imkon bYermaydi. Ana shu sababdan faqat geterotrof faol hayot kechiradigan xivchinlilargina tuban toʻzilgan koʻp hujayralilarning ajdodi boʻlishi mumkin. Koʻpchilik olimlarning fikricha koʻp hujayralilar koloniya boʻlib yashovchi xivchinlilardan kelib chiqqan. Tarixiy tarraqiyot davomida ular hujayralarining tobora koʻproq ixtisoslashuvi va funkstiyasining murakkablashib borishi tufayli alohida toʻqimalar va organlar paydo boʻlgan.
Koʻp hujayrali hayvonlar an’anaviy ravishda umurtqalilar (xordalilar tipi) va umurtqasizlar (qolgan barcha tiplar), ikki qavatlilar (gʻovaqtanalilar, boʻshliq ichlilar, taroqlilar) va uch qavatlilar, radial simmetriyalilar (boʻshliq ichlilar, ignaterililar), ikki Yonlami (bilateral) simmetriyalilar (koʻpchilik koʻp hujayralilar), birlamchi boʻshliqlilar (toʻgarak chuvalchanglar) va ikkilamchi boʻshliqlilar (halqali chuvalchanglar, ignaterililar, xordalilar) kabi boʻlimlarga ajratiladi.
Hayvonlar haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avval 5-4 asrlarga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Zoologiyaga oid ilk ilmiy asarlarni miloddan avval 4-asrda yashagan Aristotel yaratgan. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayoti, tarqalishini tushuntirgan; ularni qonsizlar va qonlilar guruhiga ajratgan. Bu guruhlar hozirgi umurtqasizlar va umurtqalilarga yaqin keladi. U hayvonlarni 8ta kichik guruhlar: toʻrtoyoqlilar, tuxum qoʻyuvchi ikki oyoqlilar, tuxum qoʻyuvchi toʻrt oyoqlilar, hasharotlar, qisqichbaqasimonlar va boshqa guruhlarga ajratdi.
Qadimgi Rim Tabiyyotshunoslaridan Gay Pliniy miloddan oldin (23-29-yillar) 37 kitobdan iborat “Tabiat tarixi” asarida oʻsha davrda ma’lum boʻlgan barcha hayvonlarga tavsif bergan. Xurofot hukm surgan Oʻrta asrlarda esa barcha fanlarning rivojlanishi toʻxtab qoladi.Oʻygʻonish davrida Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyohlarning dengizlar osha sargoʻzashtlari tufayli noma’lum boʻlgan hayvonlar kashf etildi. Ana shu davrda shveystariyalik K.GesnYerning 17 jildlik “Hayvonlar tarixi” (16-asr) ensiklopedik asari paydo boʻldi.
Zoologiyaning rivojlanishida 17 asrda mikroskopning kashf etilishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Golland olimi A.Levenguk “Mikroskop yordamida ochilgan tabiat sirlari” asarida koʻz ilgʻamas hayvonlar dunyosini kashf etdi. Italiya olimi M.Malpigi umurtqali hayvonlarning qon aylanish va ayirish organlari, terisining tuzilishini; angliyalik U.Garvey odamning qon aylanish sistemasini tushuntirib beradi.Shved olimi K.Linney ishlab chiqqan hayvonot olami sistemasi ham zoologiyaning rivojlanishiga katta ta’sir koʻrsatdi. Olim oʻzining “Tabiyyot sistemasi” asarida tur, urugʻ, tartib, sinf kabi sistematik guruhlarni asoslab beradi. K.Linney turni ikki nom, ya’ni urugʻ va tur nomi bilan atash (binar nomenklatura) ni taklif etdi: hayvonlarni sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar, hasharotlar, chuvalchanglar sinflariga ajratdi.
Franstoʻz olimi J.Kyuve 19-asr boshlarida hayvonlar qazilma qoldiqlarini oʻrganib, organizmning bir butunligi va organlarning oʻzaro bogʻliqligi toʻgʻrisidagi ta’limotni yaratadi. Kyuve fanga “tip” tushunchasini kiritadi. U hayvonlarni 4 tip: umurtqalilar, yumshoq tanlilar, boʻgʻimlilar, nurlilar va 19 sinfga ajratadi.Zoologiyaning rivojlanishida T.Shvan va M.Shleyden tomonidan hujayra nazariyasining yaratilishi hamda turlarning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi J.B.Lamark ta’limoti ham muhim ahamiyatga ega boʻldi. J.B.Lamark K.Linney sistemasini yana ham takomillashtirib, hayvonlarni 14 sinfga ajratdi. U turlarning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi dastlabki evolyustion nazariyasini ishlab chiqishga urindi.
Zoologiyaning rivojlanishida Ch.Darvinning qoʻshgan hissasi katta boʻldi. Uning “Bigl” kemasidagi saYohatlarga bagʻishlangan “Izlanishlar kundaligi” (1839) asarida Janubiy AmYerika va unga yaqin orollardagi kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar, toshbaqalar va boshqa hayvonlar toʻgʻrisida ilk bor ma’lumot beriladi. Ayniqsa Ch.Darvin rahbarligida tayyorlangan “Zoologiya” asari, uning “Moʻylovoyoqli qisqichbaqasimonlar” monografiyasi, korall orollarining kelib chiqishi toʻgʻrisidagi ta’limoti (1851-54) katta ahamiyatga ega boʻldi. Zoologiyaga oid ma’lumotlar Ch.Darvin evolyustion ta’limotining asosini tashkil etadi. Zoologiyada evolyustion gʻoyalar Ch.Darvinning “Tabiiy tanlanish yoʻli bilan turlarning paydo boʻlishi” asari (1859) nashr etilgandan soʻng oʻz aksini topdi. Evolyustion ta’limotning yaratilishi hayvonlarni oʻrganishga qiziqishni yanada kuchaytirib yubordi. Evolyustion ta’limot asosida solishtirmaanatomiya, embriologiya, paleontologiya, sistematika, zoogeografiya fanlari tez rivojlana boshladi; ekologiya, gidrobiologiya, parazitologiya va boshqa fanlarga asos solindi. Evolyustion gʻoyalar asosida nemis olimi E.Gekkel biogenetik qonunni kashf etdi.


TOPSHIRIQLAR
1. Bir hujayrali va koʻp hujayrali hayvonlarning yashash tarzini oʻrganing.
2. Tabiiy fanlar va tabiatshunoslik darslarida hayvonlarning yashash tarzi oʻrganiladigan mavzularga oid dars ishlanma tuzing
Yüklə 19,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin