Mavzu: hiqildoq, kekirdak, bronhlarni tuzilishi va joylashish


O`pka ichida bronxlarning bo`linishi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə11/17
tarix18.04.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#55679
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
hiqildoq

O`pka ichida bronxlarning bo`linishi.

O`pka darvozasidan o`tgan asosiy bronx, o`pka ichida uning bo`laklari soniga mos ravishda bo`linadi. Bo`lak bronxlari - bronchus lobares o`ng o`pkada 3 ta, chap o`pkada 2 ta bo`ladi.

Bo`lak bronxlarining bo`linishi natijasida o`pkaning segment deb ataladigan qismiga to`g`ri keladigan segmentar bronxlar - bronchus segmentales hosil bo`ladi.

I. O`ng o`pkaning yuqori bo`lagi bronx branchus loboris superior dexter segmentlarining bronxlari:

1) bronchus segmentalis apicalis (B-I) – yuqori bo`lak uchidagi segment bronxi;

2) bronchus segmentalis posterior (B-II) – yuqori bo`lakning orqa segment bronxi;

3) bronchus segmentalis anterior (B-III) – yuqori bo`lakning oldingi segment bronxi;

II. O`ng o`pka o`rta bo`lagi bronxi – bronchus lobaris medius ning segmentar bronxlari:

1) bronchus segmentalis lateralis (B-IV ) – o`rta bo`lakning lateral segment bronxi;

2) bronchus segmentalis medialis (B-V) – o`rta bo`lakning medial segment bronxi;

III. O`ng o`pkaning pastki bo`lagi bronxi – bronchus lobaris inferior dextra ning segmentlar bronxlari:

1) bronchus segmentalis superior (B-VI) – pastki bo`lakning ustki segmentining bronxi;

2) bronchus segmentalis basalis media (B-VII) – pastki bo`lak asosining medial segment bronxi;

3) bronchus segmentalis basalis anterior (B-VIII) – pastki bo`lak asosining oldingi segment bronxi;

4) bronchus segmentalis basalis lateralis (B-IX) – pastki bo`lak asosining lateral segmenti bronxi;

5) broncus segmentalis basalis posterior (B-X) – pastki bo`lak asosining orqa segment bronxi;

IV. Bronchus lobaris superior sinistra – chap o`pkaning ustki bo`lak bronxi:

1) Bronchus segmentalis apicoposterior (BI+BII) – ustki bo`lak cho`qqisining va orqa sohasining segment bronxi;

2) Bronchus segmentalis anterior (B-III) – ustki bo`lakning oldingi segment bronxi;

3) Bronchus lingularis superior (B-IV) – ustki bo`lakning ustki tilchali segment bronxi;

4) Bronchus lingularis inferior (B-V) – ustki bo`lakning pastki tilchali segment bronxi;

V. Bronchus lobaris inferior sinister – chap o`pkaning pastki bo`lak bronxi:

1) Bronchus segmentalis superior (B-VI) – pastki bo`lakning yuqori segment bronxi;

2) Bronchus segmentalis basalis medialis (B-VII) – pastki bo`lak asosining medial segment bronxi;

3) Bronchus segmentalis basalis anterior (B-VIII) – pastki bo`lak asosining oldingi segment bronxi;

4) Bronchus segmentalis basalis lateralis (B-IX) – pastki bo`lak asosining lateral segment bronxi;

5) Bronchus segmentalis basalis posterior (B-X) – pastki bo`lak asosining orqa segment bronxi.

O`pka segmentlari ichidagi bronxlarga bronchi intrasegmentales deyiladi O`z navbatida bu bronxlar ham maydaroq bronxlarga bo`linadi. Bronxlarning o`pka ichida 8 marotaba bo`linishi natijasida bo`lakchalararo bronxiolalar - bronchioli lobularis hosil bo`ladi. Bu bronxiolalarning ichki diametri 1 mm ga to`g`ri keladi. Har bir o`pkada 800-1000 ta bo`lakcha bo`ladi. Bronxiolalarning navbatdagi bo`linishi natijasida diametri 0. 3-0. 5 mm teng bo`lgan oxirgi bronxiola - bronchioli terminales hosil bo`ladi. Oxirgi bronxiolaning bo`linishi natijasida nafas bronxiolalari - bronchioli respiratorii hosil bo`ladi. Nafas bronxiolalar devoridan alveolyar naylar - ductuli alveolares ajralib, bu naylar alveolyar qopchalar - sacculi alveolares bilan tugaydi. Qopcha devorlari qon tomirlar bilan qoplangan bo`lib, bu sohada gaz almashinadi.

Bronxlar devorining tuzilishi, traxeyaning tuzilishiga to`g`ri keladi. Asosiy bronxlar hamda bo`lak bronxlari devoridagi tog`ay yarimxalqasimon shaklda bo`ladi. Segmentar bronxlardan keyingi bronxlar devoridagi tog`aylar yarimoysimon shaklga ega.

Tog`ayning ichki yuzasida silliq mushak tolalari bo`lib, bu tolalar bronxlarning bo`linish sohasida xalqasimon shaklga ega bo`ladi. Ichki yuzasida kiprikli epiteliy hujayralari va shilliq bezlar bo`ladi.





O`pkalar (ko`krak qafasining old devori qirqilgan).

1 - os hyoideum, 2 - membrana thyrohyoidea, 3 - lig. thyrohyoideum medianum, 4 - cartilago thyroidea, 5 - lig. cricothyroideum, 6 - cartilago cricoidea, 7 - trachea, 8 - a. carotis communis dextra, 9- a. carotis communis sinistra, 10 - a. subclavia dextra, 11 - a. subclavia sinistra, 12 - v. brachiocephalica dextra, 13 - v. brachiocephalica sinistra, 14 - thymus, 15 - costa, 16 - pleura, 17 - lobus superior, 18 - lobus superior, 19 - cor, 20 - incisura cardiaca pulmonis sinistri, 21 - lingula pulmonis sinistri, 22 - lobus medius, 23 - recessus costomediastinalis, 24 - pleura costalis, 25,26 - lobus inferior, 27 - recessus costodiaphragmaticus, 28 - pleura diaphragmatica, 29 - cartilago costae VII, 30 - processus xiphoideus.
Bronxlarning 8-nchi bo`linishi natijasida diametri 1 mm ga teng bo`lgan bo`lakcha bronxiolasi bronchioli lobularis hosil bo`ladi. Bo`lakcha bronxiolasiga to`g`ri kelgan o`pka qismiga ikkilamchi bo`lakcha lobuli pulmonis secundarii deyiladi. Bo`lakcha bronxiolasi ohirgi bronxiolaga bo`linadi. Oxirgi bronxiola - bronchioli terminales - devorida tog`ay moddasi uchramaydi, shilliq bezlar bo`lmaydi. Oxirgi bronxiolalar nafas bronxiolalari bronchiola respiratorii -ga, ular esa nafas yo`llari ductuli alveolares ga davom etib, nafas xaltachalari sacculi alveolares bilan tugaydi. O`pkaning eng kichik morfo-funksional birligiga - atsinus deyiladi. Atsinus bitta bronchioli terminalis ning bo`linishidan hosil bo`ladigan bronchioli respiratorii, ductuli alveolares, sacculi alveolares dan tashkil topadi. Bitta bronchioli respiratorii ning bo`linishidan hosil bo`lgan ductuli alveolares va sacculi alveolares larga birlamchi bo`lakchalar lobulus pulmonis primarius deyiladi. Alveolyar xaltachalar yig`indisi 300-350 mln ga teng. Xaltachalar yuzasi 35 m kvadratdan - 100 m kvadratgacha to`g`ri keladi. Atsinuslarning qo`shilishi natijasida bo`lakchalar - lobuli hosil bo`ladi. Bo`lakchalar yig`indisi segmentlarni hosil etadi. Segmentlar o`pka bo`laklarini tashkil etadi. O`ng o`pka 3 ta bo`lakdan, chap o`pka esa 2 ta bo`lakdan tashkil topadi.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin