Mavzu: hiqildoq, kekirdak, bronhlarni tuzilishi va joylashish


Hiqildoq bo`shlig`i - cavitas laryngis



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə6/17
tarix18.04.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#55679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
hiqildoq

Hiqildoq bo`shlig`i - cavitas laryngis.

Hiqildoq bo`shlig`iga kirish teshigi aditus laryngis: hiqildoq usti tog`ayi, cho`michsimon tog`ayining uchi va yon sohada plica aryepiglotticae burmalari orasida joylashadi.

Hiqildoq bo`shlig`i qum soatiga o`xshash to`zulishga ega. Uning yuqori kengaygan qismi hiqildoq daxlizi - vestibulum laryngis deyiladi. Daxliz bo`shlig`ining pastki chegarasi plica vestibularis burmalarigacha davom etadi. Bu burmalar yolg`on ovoz boylami lig. vestibularis hisobiga hosil bo`ldi. Bu boylamlar orasida esa daxliz tirqishi - rima vestibuli hosil bo`ladi. Daxliz burmasining ostida,chin ovoz boylamlari - lig. vocale ishtirokida plica vocalis burmasi hosil bo`ladi. Rlica vestibularis bilan plica vocalis burmalari orasida hiqildoq qorinchasi bo`shlig`i - ventriculus laryngis joylashadi.

Ikki chin ovoz boylamlari orasidagi toraygan tirqish - rima glottidis orqali kengaygan hiqildoq osti bo`shlig`i - cavitas infraglottica - ga o`tiladi. CHin ovoz boylamlari orasidagi tirqish rima glottodis ning quyidagi qismlari bo`ladi:

a) pars intermembranaceaparda orasidagi qism;

b) pars intercartilaginea – tog`aylar orasidagi qism;









Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin