Mavzu: Hisoblash texnikasi va uning rivojlanish tarixi


Blok kompyuterlar (Manframe Computer)



Yüklə 497,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix11.10.2023
ölçüsü497,82 Kb.
#153825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Blok kompyuterlar (Manframe Computer)
-fan va texnikaning turli sohalariga 
oid masalalarni yechishga mo`ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira 
hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog`ona past. Bularga misol 
sifatida AQShning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning 
Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol 
qilib keltirish mumkin.


Minikompyuterlar
(kichik kompyuterlar)
hajmi va bajaradigan amallar tezligi 
jihatidan blok kompyuterlardan kamida bir poQona pastdir. Shuni aytish joizki, 
ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik 
joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor 
yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor-dasturiy boshqaruv protsessori) 
turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, 
SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va 
boshqalar 
minikompyuterga 
misol 
bo`la 
oladi. 
Shuni 
aytish 
joizki, 
minikompyuterlar o`zlarining “katta og`alari” Manframe kompyuterlarni 
imkoniyatlari darajasiga ko`tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va 
hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli. 
Shaxsiy kompyuterlar
hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o`quv yurtlarida 
keng tarqalgan bo`lib, ularning aksariyati 
IBM
rusumiga mos kompyuterlardir.
IBM rusumiga mos kompyuterlar deganda, ularning turli kompaniyalar ishlab 
chiqarilishiga qaramay ham texnik, ham programma ta'minoti mosligi, ya'ni bir-
biriga to`g`ri kelishi nazarda tutiladi. Bunday kompyuterlar hajmi jihatidan kichik 
(bir stol ustiga joylashadi), amal bajarish tezligi, masalan PENTIUM-3 MMX 
protsessori o`rnatilgan kompyuterlarida hozirgi kunda 750-1000 megagersni, xotira 
hajmi esa 64-128 megabaytni tashkil qiladi. Bu ko`rsatgichlar o`ta tez o`zgarib, har 
ikki yilda kompyuterlar imkoniyati ikki baravar oshishi, ularning narxi esa 
shunchaga arzonlashishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda Pentium IV 
kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik 
kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, 
Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, 
Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Shuni aytish joizki, yuqorida nomlari zikr 
etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) - “Oq yasalgan”, 
Janubiy-Sharqiy mamlakatlarda: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa 
mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab 
chiqarilgan kompyuterlar “Sariq yasalgan” nomga ega. Firma nomlari 
ko`rsatilmagan kompyuterlar esa “nomsiz kompyuterlar” (noname)deb yuritiladi. 


Ayniqsa, keyingi guruh kompyuterlarni sotib olishda ular yaxshi tekshiruvdan 
(testlar yordamida) o`tkazilishi lozim. Shaxsiy kompyuterlar uchun uning muhim 
ko`rsatkichi ishlash kafolatining (kamida uch yil) bo`lishi muhim. Shu bilan birga, 
bunday kompyuterlarni sotib olganda litsenzion programma ta'minoti va tegishli 
adabiyotlar bilan birga berilish imkoniyati mavjudligi nazarda tutilishi kerak. 

Yüklə 497,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin