Shift (surish) - vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha, pastki registrdan yuqori registrga o`tish imkonini beradi. Hammasi Caps Lock
Shift (surish) - vaqtinchalik yuqori registrdan pastki registrga, yoki aksincha, pastki registrdan yuqori registrga o`tish imkonini beradi. Hammasi Caps Lock klavishining holati bilan bog`langan. Bu klavishning xizmati vaqtinchalik bo`lganligi sababli, boshqa klavishlarning xizmatini o`zgartirish kerak bo`lsa, ularni bosish paytida Shift klavishi vaqtinchalik bosib ushlab turiladi.
Quyida klavishlar va ular bajaradigan vazifalarni ko`rib chiqamiz.
Ekrandako`rsatilganobyektnisurishyoki ko`chirish. Ekranda ko`rsatilgan obyektni topib, chap klavisha bosiladi va klavishani qo`yib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi qo`yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni ham chap, ham o`ng tomonda joylashgan klavishalar bilan ko`chirish mumkin.
Chap klavisha bosilganda, mo`ljallash bo`ladi, o`ng klavisha bosilganda esa aniq vazifa berish kerak bo`ladi.
Sichqoncha yordamida quyidagi asosiy harakatni bajarish mumkin:
Point-ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish; Click-sichqoncha klavishasini bosib darhol qo`yib yuborish; Double click-sichqoncha klavishasini ikki marta tez bosish; Select-biror obyektni tanlash.
Tanlab olingan tasvir, matn qismi yoki grafik simvollarni boshqa joyga ko`chirish (Drag and Drop texnologiyasi) mumkin. Buning uchun tanlab olingan obyekt ustiga ko`rsatkichni olib borib, sichqoncha klavishasi bosiladi va obyektni kerakli joyga ko`chiriladi, so`ngra sichqoncha klavishasi qo`yib yuboriladi.
Windowsda sonlarni kiritish klaviaturasini sichqoncha o`rnida ishlatish mumkin. Bunday holat har xil sabablarga ko`ra, sichqoncha ishlamay qolganda yuz berishi mumkin.