Mavzu: Hozirgi o’zbek adabiy tilida lug’aviy sinonimiya Reja



Yüklə 44,78 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü44,78 Kb.
#207107
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Hozirgi o’zbek adabiy tilida lug’aviy sinonimiya Reja-fayllar.org

ə-a, ү-u, ө-о kabi; g) нozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida unlilar miqdori 6 taga tushib qolgan
(i, e, a, u, ө, o). Bu tizimda yo‘g‘onlik- ingichkalik oppozitsiyasi yo‘q, ayrim tovushlarning sifat
belgilari ham o‘zgargan. Masalan, orqa qator, lablanmagan ornida kuchsiz lablangan o (с )
unlisi paydo bo‘lgan. Qiyoslang: ata-ota, at-ot kabi; d) qadimgi turkiy til konsonantizmida b, m,


p, v, s, z, t, d, n, l, r, ch, ch, y, q(k), g‘ (g),n undoshlari bo‘lgan, bu undoshlarning ko‘pchiligi
palatal (ingichka yoki yumshoq) va velyar (qalin) variantlarga ega edi; e) eski O‘zbek adabiy
tilida undoshlar 24 taga etgan (b, m, p, v, f, s, z, t, d, n, l, r, ch, ch, j, ,j ,y, q, k, g‘, g, n, x, h).
Konsonantizm tarkibida undoshlar miqdorining ortishi o‘sha davrdagi o‘zbek-arab va o‘zbekfors
ikki tilliligi (bi-lingvizmi) ta`sirida, shuningdek, ayrim undoshlarning divergentsiyasi (bir
fonemaning ikki fonemaga ajralishi) natijasida sodir bo‘lgan; j) Hozirgi o‘zbek adabiy tili
konsonantizmida yuqoridagi 24 undoshning barchasi bor. Ayrim tilshunoslarning (masalan, prof,
A. Abduazizovning) fikricha, rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda uchraydigan qorishoq «ts» ham
o‘zbek tili undosh fonemalari qatoridan o‘rin olgan deb qaralishi kerak.1 Yuqoridagi ma`lumotlar
tahlilidan quyidagilar ma`lum bo‘ladi: a) qadimgi turkiy til konsonantizmida f,x,h,j,j undoshlari
bo‘lmagan. Ular eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tili davrida turli lisoniy (lingvistik) va
nolisoniy(ekstralingvistik) omillar ta`sirida paydo bo‘lgan; b) qadimgi turkiy tilda q va k
undoshlari bir fonemaning nutqdagi ikki ko‘rinishi-ottenkalari bo‘lgan, keyinchalik bu fonema
divergentsiyaga uchrab, ikki mustaqil fonemaga aylangan; g‘ va g undoshlari rivojida ham ayni
shu jarayon (divergentsiya) bo‘lganligini - «g»ning «g‘» va «g»ga parchalanganligini ko‘ramiz.

2.Nutq tovushlarining pozitsion va sintagmatik xususiyatlaridagi o‘zgarishlar: a)
qadimgi turkiy tilda r, l, v, g‘(g), z, d, n undoshlari so‘z boshida qo‘llanmagan. Eski o‘zbek
adabiy tili va Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa bu tovushlar («n» dan boshqalari) so‘z boshida
ham ishlatiladi; b) m undoshi qadimda so‘z boshidagi «b» ning varianti sifatida qo‘llangan,
1 Qarang: Abduazizov A. O’ zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi. – T.: O`qituvchi", 1992, 19-20-b.
ammo so‘z o‘rtasida va oxirida mustaqil fonema bo‘lgan. Uning mustaqil fonema sifatida so‘z
boshida qo‘llanishi eski o‘zbek tilida bir qadar uchrab turadi, Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa
uning so‘z boshida qo‘llanishi ancha keng tarqalgan; v) qadimgi turkiy tilda undosh tovushlar
so‘z boshida qatorlashib kelmagan. Bu xususiyat eski o‘zbek tilida ham saqlangan, ammo
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa undoshlarning so‘z yoki bo‘g‘in boshida qatorlashib kelishi
me`yoriy holatga aylangan; bu hodisa o‘zbek tiliga rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarga xos
(brom, professor, shkaf, traktor, trolleybus, tramvay kabi); g) qadimgi turkiy tilda undosh
tovushlarning so‘z oxirida qatorlashib kelishi juda kam uchraydi: qirq, alp(«mergan ovchi»),

art(«elka») kabi. Eski o‘zbek tilida undosh tovushlarning so‘z oxirida qatorlashib kelishi bir oz
ko‘paygan (fors-tojik va arab tillaridan so‘z o‘zlashtirish hisobiga): do‘st (forscha o‘zlashma),


hamd (arabcha o‘zlashma:»maqtov»), g‘isht (tojikcha o‘zlashma), go‘sht (tojikcha o‘zlashma)
kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bo‘g‘in yoki so‘z oxirida ikki undoshning qatorlashib kelishi
rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlar hisobiga ancha ko‘paygan: boks, kodeks, kort, iks kabi; d)
qadimgi turkiy va eski o‘zbek tillarida so‘z oxirida ikkita bir xil undoshning qavatlanishi
(geminatsiya) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa ikkita bir xil undoshning so‘z oxirida
qavatlanishi uchrab turadi: gramm, klass, vatt, ball kabi ruscha-baynalmilal o‘zlashmalar buning
dalilidir; e) qadimgi turkiy tilda so‘zning birinchi bo‘g‘inidan keyingi bo‘g‘inlari faqat undosh
bilan boshlangan: o-na, o-ta, o-g‘a, i-ni, bo-la kabi. Bu hol so‘z tarkibida ikki unlining yonmayon
kela olmasligiga sabab bo‘lgan. Eski o‘zbek tilida arab tili o‘zlashmalarining paydo bo‘lishi
bu qonuniyatga chek qo‘ygan: saodat, oila, maorif, soat, foiz, mutolaa kabi. Hozirgi o‘zbek
adabiy tilida esa ruscha-baynalmilal leksik o‘zlashmalar hisobiga bu hodisa yanada kengaygan:

biologiya, zoologiya, geometriya, geografiya kabi.


Yüklə 44,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin