3.Singarmonizm: 1) qadimgi turkiy til va eski o‘zbek tilida singarmonizm (so‘z
tarkibidagi o‘zak va qo‘shimchalarda unlilarning uyg‘unlashuvi) mavjud bo‘lgan. qiyos qiling:
kelduk («kel» dagi «e» - old qator, ingichka unli q «-duk» dagi «u» ham old qator, ingichka
unli) va barduk («bar»dagi «a» - orqa qator, yo‘g‘on unliq»-duk» dagi «u» ham orqa qator
yo‘g‘on unli). Bu misollardagi unlilar til garmoniyasi qonuniyati asosida uyg‘unlashgan. Kelip va korup so‘z shakllarining birinchisida («kelqip»da) o‘zak va qo‘shimchadagi unlilar
lablanmagan, ikkinchisida («korqup» da) esa o‘zak va qo‘shimchadagi unlilar lablangandir.
Demak, ikkinchi misolda unlilar lab garmoniyasi qonuniyati asosida uyg‘unlashgan; 2) Hozirgi
o‘zbek adabiy tilida singarmonizm o‘z mavqeini ancha yo‘qotgan. qiyos qiling: konlunuz (eski
o‘zbek tilida) –ko‘nglingiz (hozirgi o‘zbek adabiytilda), korup (eski o‘zbek tilida) - ko‘rib (hozirgi o‘zbek adabiy tilida) kabi.
Izoh: singarmonizm qonuniyati hozirgi paytda qipchoq va o‘g‘uz dialektlariga mansub
o‘zbek shevalarida saqlangan: olgan (adabiy tilda)-alg‘an( qipchoq lahjasi shevalarida), borgan (adabiy tilda ) - barg‘an (qipchoq lahjasi shevalarida), kelgan (adabiy tilda) kelgan (qipchoq
lahjasi shevalarida), o‘ttiz (adabiy tilda) - o‘ttuz (qipchoq lahjasi shevalarida), uyimga (adabiy
tilda) - uyuma (O‘g‘iz lahjasi shevalarida) kabi.
4. Tilning lug‘at boyligida: 1) qadimgi turkiy tilda fors-tojik va arab so‘zlari bo‘lmagan.
Eski turkiy tilda fors-tojik va arab so‘zlari qo‘llana boshlagan, eski O‘zbek tilida bunday
o‘zlashmalar ancha ko‘paygan: gul, gavhar, guruch, gO‘r (fors-tojik so‘zlari), madrasa, oila,fikr,
firoq, hosil(arabcha so‘zlar). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday o‘zlashma so‘zlarning
ayrimlari eskirgan (masalan, muvallidulhamuza, handasa, tarh kabilar), ularning ornida bir qator
ruscha o‘zlashma termin va atamalar paydo bo‘lgan ( kislorod, geometriya, avtobus, tramvay va
b.lar); g‘) qadimgi turkiy tildagi ayrim so‘zlarning eski O‘zbek tilida tojikcha sinonimlari paydo
bo‘lgan: chechak (turkiy)- gul (tojikcha), yog‘och, yig‘och (turkiy)- daraxt (tojikcha), oltin (turkiy)- tilla ( tojikcha), buloq (o‘zbekcha)-chashma (tojikcha), qirov (o‘zbekcha)- shabnam(
tojikcha) kabi; q) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski o‘zbek tillarida qisqartma so‘zlar
(abbreviaturalar) bo‘lmagan. Hozirgi o‘zbek tilida bunday qisqartmalar anchagina bor: BMT,
TDPU, SamDU kabi. Keyingi yillarda o‘zbek tili leksikasida IIB (Ichki ishlar bo‘limi), IIBB
(Ichki ishlar bo‘limi boshqarmasi), IIV (Ichki ishlar vazirligi), DAN (Davlat avtoinspektsiya
nazorati), O‘zMU (O‘zbekiston Milliy universiteti), BuxDU (Buxoro davlat universiteti),
QarMII (qarshi Muhandislik-iqtisodiyot instituti) kabi yangi qisqartma nomlar ham paydo bo‘ldi;
4)O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, shuningdek, mustaqil O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy va ma`rifiy islohotlar o‘zbek tili leksikasida yana bir qator yangi
so‘zlarning yuzaga kelishiga yoki ayrim eskirgan so‘zlarning qayta tiklanishiga sabab
bo‘lmoqda: supermarket, fermer, aktsiyador, vazirlik, nozir, devonxona, ta`til kabilar shular
jumlasidandir; O‘) rus tili va rus yozuvi ta`sirida yuzaga kelgan tok («elektor toki») va tok («uzum toki») kabi omograflar, to‘rt («miqdor son»)va tort («konditer mahsuloti») kabi
omofonlar ham ko‘proq Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga xosdir.