2. Sinonimlarning turli ko’rinishlari (leksik sinonimiya, frazeologik sinonimiya)Ular o‘rtasidagi farqlarni L. G. Barlas quyidagicha izohlaydi: variantlilik bir xil, sinonimiya har xil til birliklariga xos xususiyat. Variantlar deyilganda, shakliy jihatdan bir oz farq qiladigan bir til birligining turli ko‘rinishlari tushuniladi. Ular bir so‘z, bir so‘z shakli yoki qurilishini tashkil etgani uchun ham leksik va grammatik ma’nolarda farqlar bo‘lmasligi kerak. Sinonimlar esa ma’nolari bir-birlariga yaqin bo‘lgan turli so‘zlar, so‘z shakllari, qurilmalardir.
Sinonimlar tasnifi ham uning tadqiqotchilari diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Sh.Rahmatullayev bu hodisaning til qatlamlarida mavjudligidan kelib chiqib, ularni dastlab lug‘aviy va grammatik sinonimiyaga ajratadi. Yana o‘z navbatida lug‘aviy sinonimiyani leksik, frazeologik va leksik-frazeologik turlarga bo‘ladi. Ma’no qirralarining farqlanishiga ko‘ra esa ularning ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar), uslubiy sinonimlar va nutqiy sinonimlar singari turlarini sanab o‘tadi.
Sinonimlarni o‘rganish va tushunishni osonlashtiradigan bu kabi tasniflar orasida I. B. Golub tasnifi e’tiborga loyiq. Uning fikricha, ma’no ottenkalari bilan farqlanuvchi sinonimlar semantik sinonimlar, bir xil ma’noga ega bo‘lib, uslubiy bo‘yoqdorligi bilan ajralib turuvchi sinonimlar uslubiy sinonimlar deyiladi. Uslubiy sinonimlarga turli vazifaviy uslublarga taalluqli bo‘lgan hamda bir vazifaviy uslubga tegishli bo‘lib, turli emotsional-ekspressiv ottenkalari bilan farqlanadigan sinonimlar kiradi. Ham ma’nolari, ham uslubiy bo‘yog‘i bilan farqlanadigan sinonimlar esa semantik-uslubiy sinonimlar hisoblanadi.
Sinonimlar tasnifi haqida Z. I. Xovanskaya quyidagilarni yozadi: «lug‘aviy sinonimlar – bir so‘z turkumiga tegishli bo‘lgan, o‘z ma’nosida jins va tur alomatlarini saqlaydigan, mavhumlikning bir xil sathiga aloqador bo‘lgan va denotativ
yoki ma’noning uslubiy komponentlari bilan farq qiladigan til birligidir.
Uslubiy tadqiqot uchun shu narsa favqulodda muhimki, sinonimik munosabatlar faqatgina til tizimida mavjud bo‘lmasdan, balki u ham til birliklarining uslubiy tarmoqlanishida ishtirok etadigan, ham muomala jarayonida uslubiy vazifalarni bajaradigan barcha til sathlari birliklari hisobiga yaratiladigan matnda ham paydo bo‘ladi. Bu xildagi sinonimlar matniy sinonimlar deyiladi».
3. Sinonimiyalarning manbalari.Frazeologik birikmalar asosan so’zlar birikmasidan iborat, boshqacha aytganda, frazeologizmlar tilning alohida birligi bo’lib, tuzilishiga ko’ra erkin bog’lanma yoki gapga teng, to’liq yoki qisman semantik qayta shakllangan obrazli, turg’un so’z birikmalarini o’z ichiga oladi. 1 Frazeologizmlarning aksariyati ingliz tilida ham, boshqa xildagi tillarda ham xalq tomonidan yaratilgan, ularning mualliflari ma’lum emas, kelib chiqish manbalari aniq emas. Shu ma’noda frazeologik olim A.V. Kunin ingliz tili frazeologizmlarining ko’pchiligining muallifi noma’lum bo’lib, ular xalq tomonidan yaratilgan degan fikrlarni asosli ravishda ko’rsatib o’tgan. Ammo ba’zi frazeologik birliklarning kelib chiqish manbalarini aniqlash mumkin. Shu ma’noda frazeologiya tilning umumiy tizimiga kiruvchi mikrosistema bo’lib, bu tizim o’zida o’tmish merosni, qadriyatlarni aks ettiradi, avloddan – avlodga o’tadi. Tizimni tashkil etuvchi frazeologik birliklarning ko’pchiligi ma’lum tilning boyish manbaidir. Frazeologik tizimni frazeologik birliklar, ularning asosiy komponentlari o’rtasidagi munosabatni tashkil etadi. Frazeologizmlar birdan ortiq so’zlardan tashkil topgan, ma’no va shakl jihatdan turg’un bo’lgan so’zlar bog’lanmasidir. Frazeologizmlar ko’chma ma’noda, obrazli ifodalarda qo’llaniladi hamda tarixiy qo’llanish me’yorlariga, usullariga ega bo’lib, ularning ma’nosi muayyan nutq jarayonida oydinlashadi. Frazeologizmlar so’z birikmasi yoki gap shaklida bo’lsa ular nutq birligi bo’lgan gaplardan farq qiladi. Ular lug’aviy birlik sifatida ko’p jihatdan so’zlarga yaqin turadi, so’zlarga xos bo’lgan juda ko’p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir. 2 Frazeologiyaning obyektini belgilashda turli xil farazlar mavjud. Frazeologiyaning obyektini faqat turg’un birikmalar tashkil qiladi. Frazeologiya sohasida qiyosiy-tipologik tadqiqotlar olib borish frazeologiyaning umumnazariy muammolarini hal etishga keng yo’l ochadi. Umuman olganda frazeologik birikmalarning shakllanish manbalarini etimologik jihatdan tahlil etishga nisbattan ancha keng mazmunga ega. Bu umumfilologik muammo bo’lib, eng qadimgi, dastlabki filologik modellarning shakllanish bosqichlarini aniqlash muhim semiotik masala sanaladi. Frazeologik birikmalarni turli narsa, hodisa va joy nomlari, kishi nomlari bilan bog’liq o’rganish ham hozirgi zamon tilshunosligida dolzarb masalalardan sanaladi. Til tadqiqotchisi D.Niyazmetova “Ingliz tilida oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning lingvistik tadqiqi” (Bibliya materiallari) maqolasida frazeologizmni lingvokulturologiyada o’rganish dolzarb va munozarali masalalardan biri ekanligini ta’kidlaydi. 1 Bibliyaga bog’liq bo’lgan oziq-ovqat komponentli frazeologizmlarning semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlashda, lug’atlarni tahlil qilishda lingvistik tahlil va statistik metodlar qo’llanishini kuzatish mumkin.
4. Sinonimiyaning polisemiyadan farqi. AA.Reformatskiyning fikricha, termin ko’p ma‘nolikdan, ya‘ni 24 polisemiyadan ajralib turishi kerak. Termin bir va aniq ma‘noni bildiradigan maxsus so’zdir29. So’z esa doimo ham bunday xususiyatlarga ega emas. Bundan shu xulosaga kelish mumkinki, so’zning qamrovi va ko’lami terminga qaraganda bir necha bor kattaroq. Chunki odatda so’zlar o’z asl ma‘nolaridan tashqari ko’chma va obrazli ma‘nolarda ham ishlatiladi. O’zbek tilshunosligida amalga oshirilgan qator ilmiy tadqiqotlar sohalar terminologiyalarining rivoji uchun katta hissa bo’lib qo’shildi. R.Doniyorov30 , S.Akobirov31, I.Pardayeva32, H.Yodgorov33, Z.Mirahmedova34 kabi olimlarning tadqiqotlari shular jumlasidandir. Mazkur ishlarda sohaviy terminologik sistemalar tahlil qilinib, lingvistik nuqtai nazardan tadqiq etilgan. Shu kabi tadqiqotlar fan va texnikaning muayyan bir tarmog’i terminlari rivojiga ijobiy hissa qo’shgani shubhasizdir. Tilshunoslikda, xususan, leksikologiyada tilning asosiy lug’aviy birligi bo’lgan leksemalar bir-biridan ajralgan holda emas, balki o’zaro bog’liqlikda, xilma-xil ma'noviy aloqadorlikda reallik kasb etishi alohida ta'kidlanadi. Ayni shu holat turli-tuman leksik qatlamlarning qaror topishiga olib kelgan. Bunday leksik qatlamlar muayyan tartibda guruhlantiriladi. Tadqiqotlarda esa qo’yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda guruhlashtirib, tasnif qilish yo’lidan boriladi. Sud tizimiga oid istalgan hujjat yoki matnda turli tipdagi ko’plab maxsus terminlarni uchratish mumkin. Hozirgi kunga qadar sud tizimiga oid terminlarning amaliy-ma‘noviy jihatini inobatga olib, aniq bir mezonlarga ko’ra klassifikatsiyalash usuli to’liq shakllanmagan. Ba‘zi bir terminolog olimlar sud tizimiga oid terminlarni ―vertikal‖ (ya‘ni, Konstitutsiya va asosiy qonunchilik hujjatlarida ishlatiladigan terminlar) va ―gorizontal‖ (ya‘ni, aynan bir sohada ishlatiladigan terminlar) termin guruhlariga bo’lib o’rganishni taklif qiladilar. Shuningdek, ular ‖gorizontal‖ guruhni yana ikki kichik guruhlarga bo’ladilar, ―sohaviy‖- ya‘ni qonunchilikning faqat birgina sohasida qo’llaniladigan terminlar va ―sohalararo‖ terminlar- ikki va undan ortiq yuridik sohalarda amalda qo’llaniladigan terminlar35 . Ma‘lumki, har bir fan sohasining rivojlanish va takomillashuv darajasi shu soha terminologiyasining qay darajada taraqqiy etganligi, shuningdek, tartibga solinganligi kabi belgilar bilan uzviy bog’liqdir. Chunki ilmiy adabiyotda qo’llanadigan termin yoki uning ifoda shakli aniq va ravshan bo’lmas ekan, unda, albatta, chalkashlik, noaniqlik kabi salbiy holatlar saqlanib qolaveradi36 . Boshqa bir guruh olimlar ularni ―o’z‖ va ―begona‖ termin guruhlariga ajratishni tavsiya qiladilar. Tilning fonetik-fonologik sathida: a) qadimgi turkiy til vokalizmida 8 unli bo‘lgan (a,
ы, о, u - orqa qator, yo‘g‘on unlilar; ə, i, ө, ү - old qator, ingichka unlilar); b) eski turkiy til va
eski O‘zbek tillarida ham shu 8 unli saqlangan, ammo eski o‘zbek tilida old, qator lablanmagan e
unlisi hisobiga vokalizm tizimi 9 unlidan iborat bo‘lgan; v) qadimgi turkiy, eski turkiy va eski
о‘zbek tillarida unli tovushlarning yo‘g‘onlik-ingichkalik ziddiyati (oppozitsiyasi) bo‘lgan: i-ы,