a, d,e, k, i, h, l, m, n, r, t, u, x, z, sh, ch; g,j,p,q,g‘, y,q,ng.
Harflarni tutashtirib yozish deyilganda, odatda, kichik va bosh harflarning o’zidan keyingi harfga - o’ng tomonidagi harfga tutashtirilishi nazarda tutiladi. Aslida esa harflar yozuvda har ikki tomonidan ham tutashadi. Bunga erishish uchun, ayniqsa, kichik harflarni shakllantirishda chizilgan chiziq ustidan qol harakatini davom ettirib, tutashuvchi nuqtagacha olib borish kerak boladi. Quyida bu ishlar qanday amalga oshirilishi togrisida to‘xtalamiz.
Ostki qismidan tutashtiriladigan harflar o’zidan oldingi va keyingi harflar bilan (bundan z, r, x, s mustasno) quyidagicha tutashtiriladi, misollar:
ma, tni, me, mu, ek, el, lekin, gul, jiyda, yil, g ‘alla, tenglik Unli harflar o’zidan keyingi, z, r, x, s harflarining yuqori qismiga tutashtiriladi; tutashtirish jarayonida z, r harflarining yuqori qismida tugunchak hosil qilinadi:
azim, iz, ez, uz, oz, o ‘z, ari, iri, erka, or, ur, o ‘ra, xo ‘roz Mazkur harflarni s bilan tutashtirishda tutashuvchi harfning unsuri bilan s ning yuqori qismi tutashtirilib, so’ng uning etak qismi chiziladi: asta, is, usta, es; os, o ‘s, asta.
q,o‘,v harflari- yuqori qismidan tutashtiriladigan harflar o’zaro hamda o’zidan keyinga ostki qismidan tutashtiriladigan harflarning ustki qismidan tutashtiriladi: ovoz, ana, ovchi, ovora, omad, o’sma, oila, ojiz, o’gil, o’q, oy, oppoq.
q, o’, v harflari ikki chiziq yuqorisiga ko’tarilib yoziladigan harflardan oldin kelganda bu harflarning o’rtasiga tushtiriladi: odam, ohu, okean, olmoq, o’t, obbo, ofarin
vdan oldin a, i, e, u harflari kelganda v ning ostki qismiga tutashtiriladi, misollar: avval, evi bilan, uvol; q, o’ harflari esa yuqori qismiga tutashtiriladi: ov, ovcharka
Harfni ko’rish - o’qishda avval uning yuqori qismiga ko’z tushadi. Ana shu
holni e’tiborga olib, harflami tutashtirishda imkoniyat bo’lgan o’rinlarda ularning yuqori qismidan emas, ostki qismidan tutashtirishga, harfning yuqori qismida chiziqchalarning imkoniyat bor darajada oz bo’lishiga ham e’tibor berish zarur.