Bosh va kichik, yozma va bosma harflar, ularning grafik asoslari. yozilishiga ko`ra xususiyatlari
Yozma harflarning yakka, so`z tarkibida yozilishidagi turli xusuiyatlariga ko`ra tasnifi
Tayanch so`zlar:yozuv, shrift, bosma, yozma, ikki chiziqli, bir chiziqli, tutashtiruvchi unsurli bosh harflar, tutashtiruvchi unsursiz bosh harflar,
Hozirgi yozuv shriftiga tavsif. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida 26 ta harf va 3 ta harf birikmasi mavjud. Bu harflar turli xil katta va kichik yozma va bosma shakllarga ega. Yozma harflar quyidagi xususiyatlarga ega.
harflar bosmasdan yozishga mo’ljallangan;
______________________
Bu alifbo Y.Abdullayevning “Hamroxim” qo’llanmasida berilgan.
-
-harflar qo’l uzmasdan tutash yoziladi.
O’zbek alifbosidagi harflar yozilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi.
Yozma kichik harflar:
Ikki chizig’ oralig’iga yoziladigan harflar:
a, e, i, m, n, o, r, s, u, v, x, o’, sh, ch. Ikki chizig’ning yuqorisiga ko’tarilib yoziladigan harflar:
b, d, k, l, t, h. Chiziqdan pastga tushib yoziladigan harflar:
g, q, j, p, y, g’, ng. chiziqdan yuqori va pastga tushurilib yoziladigan harflar:f.
Yozma bosh harflarning hammasi chiziqdan yuqorida yoziladi.
Yozma kichik harflar tutashtirilishiga ko’ra 3 guruhga bo’linadi.
Yuqori kesishishdan tutashtiriladi: o, o’, v
Pastki kesishishdan tutashtiriladi: a, d, e
O’rta qismidan kesishishdan tutashtiriladi: b, f, g, j
Yozma bosh harflar tutashtirilishiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi.
Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar
Yozma kichik va bosh harflarning qator oralig’ining qayeridan boshlanib yozilishiga ko’ra 2 guruhga bo’linadi.
Qator oralig’ining ustki chizig’idan boshlanib yoziladigan harflar.
Qator oralig’ining ostki chizig’idan boshlanib yoziladigan harflar.
Kichik yozma harflar o’z navbatida 2 guruhga bo’linadi.
qator oralig’ining ustki ustki chizig’idan boshlanadigan harflar.