Mavzu: Ijtimoiy sohalar moliyasi


 Ijtimoiy xizmatlarga moliyaviy xarajat miyorlari



Yüklə 427,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/9
tarix06.05.2023
ölçüsü427,4 Kb.
#108881
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Davlar ijtimoiy siyosati.


6. Ijtimoiy xizmatlarga moliyaviy xarajat miyorlari 
Ijtimopy himoyani (har qanlay shaklida va aholining har qanday qatlami uchui), davlatnng 
ijtimoiy siyosatini hamda ijtimoiy dasturlarni (mulk shaklidan qat’i nazar) ro’yobga chiqarnsh doimo 
muayyan miqdordagi moddiy (eng avvalo, pul) mablag’lardan maqsadli foydalanishni taqozo ztadi. 
Shuning uchun ijtimoiy fondlar har qanday ijtimoiy mexanizmning ajralmas elementi bo’ladi. Jaxrn 
amaliyoti tahlilining ko’rsatishicha, bu fondlar turli-tuman shaklda tashkil qilinishi mumkin. 
Ijtimoiy fondlarning mazmuni iqtisodiy rivojlanishda ijtimoiy maqsadga erishish bilan ob’ektkv 
ravishda bog’liqtsir. Bozor mexanizmining samaradorlik prinsiplari o’zaro asosiy va ijtimoiy 
adolat xususiyatlari bo’yicha qo’p jihatdan farq qiladi. Daromadlar resurslarga ko’ra bozorga xos 
qoidalarga binoan taqsimlansa (mehnat va kapital samaradorligi tegishli daromadlar miqdoridir), 
ijtimoiy adolat o’z e’taborini (ob’ektiv vaziyatlar tufayli) tegishli miqdordagi resursga ega 
bo’lmagan sub’ektlarga qaratadi. Binobarin, ular bozorga xos taqsimot mexanizmi vositasida o’zini 
ta’minlay olmaydi. 
Aholining muhtoj qatlamlarini himoyalash maqsadida daromadlarni muayyan tartibda qayta 
taqsimlash zaruriyati kelib chiqadi. Bunday qayta taqsimlashning moliyaviy vositasi ijtimoiy fondlar 
orqali amal qiladi. Ijtimoiy fondlar esa, o’z navbatida, davlat yoki nodavlat shaklida bo’lishi 
mumkin. Ijtimoiy fondlarning shakllari o’rtasidagi nisbat ko’p omillarga, eng avvalo, iqtisodiy 
rivojlanishning milliy modeliga bog’liq bo’ladi. 
Milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish davrida ijtimoiy fondlar ahamiyatining ortib borishi, iqtisodiy 
adabiyotda ijtimoiy fondlarga bag’ishlangan asarlar deyarli yo’q bo’lgani uchun mazkur muammoni 
diqqat bilan tahlil qilish kerak. Ilmiy adabiyotda ijtimoiy fondlar deganda ko’p hollarda moliyaviy 
munosabatlar va mexanizmlar yoki foyda keltirmaydigan nokommertsiya, xayriya tashkilotlar 
to’g’risida fikr yuritiladi. 
Ijtimoiy fondlar ham, har qanday pul mablag’lari fondi singari, so’zsiz, moliyaviy munosabatlar 
tizimiga kiradi va muayyan moliyaviy mazmunga ega bo’ladi. Jahon taraqqiyotining hozirgi 
bosqichida moliyaviy tizimni ijtimoiy fondlar majmuisiz tavsiflab bo’lmaydi, ularning aksariyati 
ustuvor yo’nalishlarda (masalan, AQSh investitsiya jarayonnda pensiya fondining hal qtiuvchi roli) 
mo’him o’rin tutadi . 
Boshqa tomondan esa, ularning tashkil etilishidan asosiy maqsad — foyda olishdan iborat 
bo’lmaydi. Bozor xususiyatiga ega bo’lgan tashkilot deganda, cheklangan ishlab chiqarish 
resurslarvdan eng ko’p darajada foyda alishga yo’naltirilgan tashkilot tushuniladi. Shuning uchun 
ijtimoiy fondlar bozor sharoitida faoliyat ko’rsatishiga qaramay, ular mohiyatan bozorga xos xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlardan tubdan farq qiladi. 


Mazkur qoidani yaxshiroq tushunish uchun hozirgi aralash iqtisodiyotda bozor va nobozor 
munosabatlar mavjudligi ta’kidlab o’tish kerak. Ijtimoiy fondlar, tabiiyki. nobozor munosabatlar 
sohasiga kiradi, chunki ular daromadlarini bozor tamoyillari asosida emas, balki mazkur jamiyat uchun 
eng maqbul bo’lgan ijtimoiy adolat tamoyillariga ko’ra maqsadli qayta taqspmlashni taqozo etadi. 
Aralash iqtisodiyotning o’zi hozirgi ijtimoiy taraqqiyot negizi sifatida, bozor va nobozor 
munosabatlarining tarkibiy muvozanati mavjud bo’lgan davrdagina mavjud bo’lishi mumkin. 
Ayni mahalda, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning ijtimoiy muammolariga munosabati juda 
kam bo’lgan tuzilmalar ham mazkur mezonlarga mos keladi. 
O’zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan tashkil etilgan iqtisodiy tadqiqotlar 
markazi qo’llaydigan ijtimoiy fondlar ta’rifi bir-biriga ancha ziddir. Masalan, ijtimoiy fondlar 
ijtimoiy yoki xususiy tashkilotlar, shu jumladan mahalliy boshqaruv organlari yoki nodavlat tashkilotlar 
bilan birgalikda aholining kambag’al va muhtoj guruhlarini qo’llab-quvvatlash bo’picha loyihalar 
uchun ajratilgan mablag’larni oldindan belgilangan mezonlarga muvofiq taqsimlaydigan soxta 
moliyaviy vositachilar deb ta’riflanadi. Bunda ijtimoiy fondlarga xos ikki xususiyat ta’kidlanadi: 
• ijtimoiy fondlar loyihalarni o’zlari belgilamaydi, ishlab chiqmaydi va joriy etmaydi, biroq 
jamoat tashkiloglari, xususiy tashkilotlar va ijtiomiy guruhlar loyihalarni oldindan belgilangan 
mezonlarga muvofiq tanlab olish vakolatiga ega; 
• ijtimoiy fondlar davlat sektorida faoliyat ko’rsatib, yordamchi loyihani qabul qilish 
jarayoni hamda ish haqi, xarid qilish yoki mablag’larni taqsimlash jadvalini belpshash 
bo’yicha 
mustaqil qaror qabul qilish ustidan nazorat olib borish huquqiga ega bo’lgan maxsus 
mustaqil yuridik shaxs maqomiga egadir. 
Mazkur ta’rif fondning iqgisodiy mohiyatini aks ettirmaydi va ushbu mohiyatsiz fond 
tushunchasi umuman o’z ahamiyatini yo’qotadi. Mablag’larni taqsimlash moliyaviy nuqtai nazardan 
ularni vujudga keltirishning natijasi bo’lib, busiz boshqa tuzilmalar yoki sub’ektlar ularning 
taqsimoti uchun pul mablag’lari fondini yaratishlari lozim bo’ladi. Moliyaviy munosabatlar 
amaliyoti, odatda, bunday modellarni istisno etadi. 
Ijtimoiy fondlarning investitsiya loyihalarini tanlab olish bo’yicha vakolatlariga xos bo’lgan 
xususiyatni ham tushunish bir muncha qiyindir. Odatda, investitsiyaviy loyihalashning hozir 
foydalanilayotgan tamoyillari va qoidalarida bunday vakolatli sub’ektlar bo’lishi umuman ko’zda 
tutilmagan. 
Loyihalar asosan ustun darajada moliyaviy mezonlar buyicha tanlab olinadi. Investitsiyaviy 
loyihalashda aholining muayyan qatlamlariga ijtimoiy yordam ko’rsatish ehtiyoji so’zsiz 
hisobga 
olinishi 
mumkin, lekin bu narsa loyihalarning iqtisodiy samaradorligini pasaytirmaydigan doiradagina bo’lishi 
mumkin. 
Bundan tashqari, mazkur maqolada ijtimoiy fondlar uzoq muddat faoliyat ko’rsatadigan va 
raqobatda qatnashadigan, o’zini o’zi mablag’ bilan ta’minlashga ishlab chiqarish birligi sifatida 
namoyon bo’lishi mumkshiigi ta’kidlanadi. Agar shunday bo’lsa, ijtimoiy fondlarning azaliy 
ta’rifi o’z ma’nosini ko’p jihatdan yo’qotadi. So’ng ijtimoiy fondlar faoliyati kambag’allikni 
kamaytirish, ta’lim va sog’liqni saqlash xizmatini yaxshilash, iqgisodiy infratuzilmani 
rivojlantirish, kichik va o’rta biznesni mikromablag’ bilan ta’minlash yoki hududlarning mahalliy 
rivojlanishga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Bunday holatda esa ijtimoiy fondlar faoliyati 
aholining kambag’al va himoyaga muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlashga mo’ljallangan 
loyihalar tarkibidan chiqishi lozim. 
Umuman, maqola O’zbekistonda xalqaro tashkilotlar yordamida tashkil etilishi ko’zda tutilgan 
ijtimoiy-investitsion fondiga bag’ishlangan. Bu fondning vazifalari: 
• aholining bandliginy oshirish va kasbini o’zgartirish uchun imkon yaratish; 
• qishloq joylarda hamda katta bo’lmagan shaharlarda kichik va o’rta korxonalarni 
rivojlantirishga ko’maklashish; 
• xalqaro va ichki moliyaviy mablag’larni odamlarni o’qitish hamda qashshoqlik 
darajasini kamaytirishga jalb etish;


• xususiy biznesni tashkil qilish uchun sharoit yaratish; 
• kreditdan foydalanishni ta’minlash; 
• aholining muhtoj qatlashshrini mikromablag’ bilan ta’minlash; 
• ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmani yaratish yoki qayta qurish bo’yicha bandlik tizimini mo’lga 
qo’yish. 
Binobarin, mamlakatimizda rivojlanayotgan ijtimoiy fondlarning to’la ta’rifi o’z vazifalariga 
ko’ra mazkur maqola mualifi tomonidan bayon etilgan parametrlarga nisbatan kengiroq hisoblanadi. 
Maqola muallifi tomonidan berilgan ta’rif ijtimoiy fondlar faoliyatini faqat aholining kambag’al 
va muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlash sohasi bilan chegaralab qo’yadi va taraqqiy etgan 
mamlakatlarning ijtimony rivojlanish tajribasiga ziddir. Taraqqiy etgan mamlakatlarda ko’p sonli 
ijtimoiy fondlar majburiy sug’urta asosida va ixtiyoriylik negizida shakllanib, aholining keng 
qatlamlarini qamrab oladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, mazkur ta’rif pensiya fondi singari 
eng katta ijtimoiy fondlarning mohiyatini ochib bermadi. Umuman olganda, bizning 
fikrimizcha, mazkur ta’rif to’la bo’lmasa-da, ko’proq nokommertsiya, xayriya fondlarining 
hozirgi shakllariga to’g’ri keladi va ijtimoiy muammolarni to’la qamrab olmaydi. 
Xulosa 
Ijtimoiy fondlarga nokommertsiya, foyda keltirmaydigan tashkilotlar deb qarash ham haqiqatga 
to’la mos kelmaydi. Ijtimoiy sektorda nokommertsiya va xayriya tashkilotlari singari institutsional 
tuzil-malar borligi ma’lum. Jamiyat manfaatlari yo’lida ijtimoiy, madaniy va gumanitar faoliyatni 
amalga oshiradigan tashkilotlar tarixan davlat tuzilmasining bir qismiga aylanib qolgan. Davlatning 
ijtimoiy faoliyati aksariyat hollarda ushbu tashkshyutlar 
orqali amalga oshirilgan. Biroq bunday tashkilotlarning byudjeti davlat xazinasiga bevosita bog’lmq 
bo’lgan. Xayriya faoliyatiga azaldan xususiy ish sifatida qaralgan. Biroq, mamlakatlar taraqqiy etib 
borgani sari xususiy xayriya faoliyati rivojlanib xususiy badallar va diniy tuzilmalar mablag’lari 
hisobidan ta’minlanadigan xayriya tashkilotlari yuzaga kela boshladi. Shunga qaramasdan, bunday 
tashkilotlarning faoliyati xayriya yordami ko’rsatish maqsadida xususiy shaxslar va turli 
tashkilotlarning ixtiyoriy xayriya-larini to’plash bnlan chegaralangan. 
Yigirmanchi asrning birinchi yarmida, dastavval AQShda yirik korporatsiyalar va firmalar 
tomonidan tashkil qilingan ilk xayriya fondlari paydo bo’ldi. Ular faol nokommertsiya faoliyati 
yuzaga kelganidan darak berdi. Jahon amaliyotida keng tarqalgan quyidagi nokommertsiya xayriya 
tashkilotlari shakllandi: xayriya ijtimoiy tashyushoti (birlashmasi); xayriya fondi; xayriya 
tashkiloti; xayriya assotsiatsiyasi. Notijorat xayriya tashkilotlarining pul mablag’lari va mulki ikki 
manba asosida shakllanadi: pul va natural ko’rinishdagi maqsadli tushumlar (kirish va a’zolik 
badallari); tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar. Davlat shakllana boshlagan xayriya 
dasturi va loyihalarini quyidagi shakllarda qo’llab-quvvatladi: subventsiyalar (beg’araz byudjet 
mablag’larini) ajratish; grantlar ajratish; subsidiyalar (xayriya dasturlari va loyihalarini bajarish 
uchun hissadorlik sharti bilan davlat byudjetidan moliyalashtirish); byudjet krediti (qaytarib berish 
sharti bilan davlat byudjetidan moliyalashtirish); byudjet krediti (qaytarib berish sharti bilan byudjet 
mablag’larini ajratish). Yirik xayr-ehsonlar vakolatli mulk sifatida qonun yo’li bilan 
rasmiylashtirila boshlandi va natijada xayriya fondi trastga, ya’ni umumiy boshqaruvni vasiylar 
kengashi, kundalik rahbarlikni esa direktsiya amalga oshiradigan ijtimoiy institutga aylandi. 
Bunday trastlarga ajratiladigan mablag’lardan soliq olinmas edi. Mulkchilikning ijtimoiy 
rivojlanish masalalariga yo’naltirilgan va makroiqtisodiy doirada alohida ahamiyatga ega bo’lgan 
o’ziga xos fondlar vujudga kela boshladi. XX asrning ikkinchi yarmida bunday trastlar xo’jalik 
yuritishi bilai ajralib turuvchi nokommertsiya tashkilotlarga aylandi. Nokommertsiya tashkilotlari 
ijtimoin, xayriya, madaniy, ta’lim, ilmiy va boshqaruv maqsadlariga hamda fuqarolarning 
sog’ligini saqlash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolarning ma’naviy va boshqa 
nomoddiy ehtiyojlarini qondirish uchun tashkil etilatsi. Notijorat tashkilotlariga matlubot 
jamiyatlari, ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar), fondlar va tashkilotlar kiradi. 
 
 


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
 
1. I. A. Karimov “ Uzbekiston – iktisodiy isloxatlarni chukurlashtirish yulida “ T:. 1995
2. T. Malikov “ Moliyaviy karor kilish asoslari “ T:. 1996 
3. “Tadbirkorlik moliyasi” ma’ruzalar matni. Toshkent – 2001. 
4. “Korxonalar moliyasi” ma’ruzalar mani. Andijon – 2003.“Menejment” ma’ruzalar 
matni. Toshkent – 1999. 

Yüklə 427,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin