Mavzu: Ijtimoiy ta'minot tizimida byudjet mablag'larining auditi va nazorati: muammolar va yechimlar


Ijtimoiy ta’minotning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolariga yechimga quyidagilarni kiritish mumkin



Yüklə 87,32 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü87,32 Kb.
#169862
1   2   3   4
M.N Oraliq Abdullayeva Kamola

Ijtimoiy ta’minotning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolariga yechimga quyidagilarni kiritish mumkin:

Ijtimoiy ta’minotning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolariga yechimga quyidagilarni kiritish mumkin:

1) Ijtimoiy ta’minotning umumiyligi va keng qamrovli tusga egaligi.

Bunda fuqarolarni millati, jinsi, ijtimoiy mavqei va boshqa farqlaridan qat’i nazar muayyan ko‘rsatkichlar mavjud bo‘lgani taqdirda teng asoslarda ijtimoiy ta’minot olishlari tushuniladi.

2) Ijtimoiy himoyaning manzilli va aniq yo‘naltirilganligi hamda boqimandalikka yo‘l qo‘yilmasligi.

Ijtimoiy himoya choralari o‘zining salomatligi ahvoli, yoshi, oilaviy sharoiti yoki boshqa ob’ektiv sabablarga ko‘ra o‘zini-o‘zi mustaqil ta’minlashga qodir bo‘lmagan, davlat va jamiyat ko‘magiga muxtoj bo‘lgan va muxtoj deb topilgan fuqarolar va oilalargagina ko‘rsatilishi mumkin.

3)Ijtimoiy ta’minot uchun ajratiladigan mablag‘ning yetarli darajadaligi.

3)Ijtimoiy ta’minot uchun ajratiladigan mablag‘ning yetarli darajadaligi.

Ijtimoiy ta’minotning yetarli darajada bo‘lishi tamoyili BMTning 1966 yil 19 dekabrdagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 11-moddasi, 1-bandida nazarda tutilgan: «Ushbu Paktda ishtirok etuvchi davlatlar har bir kishi o‘zi va oilasi uchun yetarli oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joy hamda turmush sharoiti to‘xtovsiz yaxshilanib borishini o‘z ichiga oladigan yetarli turmush darajasi bo‘lishi huquqini e’tirof etadi» degan bosh qoidaga asoslanadi.

4)Ijtimoiy ta’minotning amalga oshirilishida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, korxona va tashkilotlar, jamoat birlashmalarining bevosita ishtirok etishlari tamoyili.

Binobarin ojizlarga rahm-shafqat qilish, yordam qo‘lini cho‘zish, sahovatpeshalik, bag‘rikenglik o‘zbek xalqining milliy xususiyati bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bebaho an’analarimizdan, qadimiy qadriyatlarimizdan sanaladi.

5)Mamlakatimizda ijtimoiy ta’minot xilma-xil shakllarda amalga oshirilishi. Xususan, pensiyalar, bir martalik moddiy yordamlar, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, muayyan imtiyozlar va yengilliklar ko‘rinishida amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Ijtimoiy ta’minotning qaysi shaklda amalga oshirilishi masalasi aniq shart- sharoitlar hisobga olingani holda qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.


Yüklə 87,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin