Mavzu: ilk o’rta asrlarda xitoy. Reja: Kirish



Yüklə 267,87 Kb.
səhifə2/8
tarix16.06.2023
ölçüsü267,87 Kb.
#131260
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu ilk o’rta asrlarda xitoy. Reja Kirish (1)

KO'CHMANCHILAR HUJUMI
III-IV asrlarda Xitoy shimolidan Rimga qadar bo'lgan territoriyada xalqlarning buyuk ko'chishi jarayoni davom etgan Janubiy Xunlar (nan syunni), syanbilar, di, syan, sze va boshqa qabilalar Shimoldan O'rta Xitoy tekisligiga ko'chgan - Qadimiy Xanlar etnik beshigi Shimoldagi Xunlar ittifoqi yemirilgach, janubiy guruh Shimoliy Shansi va ichki Mongoliya rayonlarida yashab qolgan. Asosiy mashg'uloti chorvachilik. 5 Xunn qabilasi vakillari boshliq shanyuy (tangri quli) saylanganlar, u sekin merosga aylangan.
Shanyuylar qadimdan imperator oilasidan qiz kelin olibb kelganlar, ularning katta o'g'illari Xan saroyida faxriy garovda va 5 aymoq boshlig'i saroylarida yashab faoliyat ko'rsatganlar3.
Xunlar otryadlari ba'zan imperatorga yordam berganlar. Keyinroq xunlar imperiyasi zaiflashuvi oqibatida shanyuylar Xitoy taxtiga davogarlik qila boshladilar. Szin imperiyasi armiyasi markaziy rayonlarda joylashgan xunlar yetarli darajada qarshilik ko'rsata olmasdi. 311 yili Loyan, 316 yili Chan'an quladi. Xunnlar orqasidan imperiyaning quruqlik chegaralaridagi ko'p qabilalar xarakatga keldi. Ularning ba'zilarida urug' tuzumi hukmron, boshliqlar saylanar, ayollar katta huquqlarga ega edilar. Ba'zilarda aristokratiya ajralib chiqa boshladi. Shimoliy sharqda eng kuchlisi Syanbi qabila ittifoqi edi. Xitoy elchilari ulardan xunlarga qarshi foydalanishga uringanlar. III asrda Syanbinlar bir necha ittifoqqa bo'lindi.
Muyunlar janubiy Manjuriyada, Tobalar ichki Mongoliyada hukmron edilar. Muyunlar xitoyliklar ko'magida hukmron Yan podsholigini o'rnatdilar. O'rta podsholik yerlariga g'arbdan Tibet guruhi qabilalari kelib Gansu, Shensi, Ninsya yerlarini egallab Sin davlatini barpo etganlar.
Ular dastlab Muyunlar so'ngra xanlar bilan to'qnashganlar. Lekin ko'chmanchilar podsholigi parchalanib tashlangan. Shimoliy Xitoyda tashkil etilgan podsholiklar mustahkam bo'lmay, odatda tez parchalanib ketardi. Qadimgi Xitoyning madaniyati o'chog'i bo'lgan Shimol 100 yillar mobaynida jang maydoniga aylandi.
IV asr oxirida g'arbiy syabinlarning toba qabilasi o'zaro janglarga chek qo'ydi. Shimoliy Xitoy egallandi, ular dohiysi Toba Guy imperator deb e'lon qilindi. Davlat tuzumida Xitoy tajribasidan foydalanildi. 367 yili ular Xitoyning o'ziga bostirib kirdilar. Toba Guyning nevarasi Shimoliy Xitoyda Shimoliy Veylar sulolasi hukmronligini o'rnatdi.
***

Yüklə 267,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin