O'rta asr mafkurasiningg muhim belgisi: - sinkretizm «3 ilm» sintezi - konfutsiylik,
daosizm, buddizm. Qadimda xukmron bo'lgan ahloqiy-siyosiy ta'limot – konfutsiylik o'rta asrlarda ham o'z kuchini yo'qotmadi. Bu soha olimlari davlat, ahloqiy, ijtimoiy printsiplar qo'riqchilari va o'qituvchilari, huquqiy normalar va ta'lim tizimi yaratuvchilari bo'lib qolaverdilar.
O'rta asr huquqi asosida konfutsiylik ta'limoti yotadi. «Davlat ham oila» ota-bola. Umuman mamlakatni boshqarishga doir barcha masalalarda konfutsiylik ta'siri sezilib turgan. Falsafiy daosizm asosiyda diniy daosizm tug'ilgan. Narigi dunyo obrazi jannat va do'zaxning sifatida namoyon lekin u yerda ham ierarxiya bor.
Daosizm jamiyatning barcha tabaqalarini «mangu hayot» ta'limoti orqali o'ziga jalb etadi. Mangu hayot tizimiga birinchi navbatda «ruhiy oziqlanish» orqali erishiladi. Inson tanasi daoslar tomonidan ruxlar (yaxshi, yomon, yovuz ruxlar) makoni sifatida talqin etiladi.
Mangulikni shartlaridan biri - dieta (parxez), nafas olish gimnastikasi. Daoslar duo, tumor, jismoniy mashqlarga qattiq ishonadilar. Daosizmda 2 xalq va aristokratiya oqimlari sezilib turadi. Sexrgarliik va fizionomistika bilan bog'liq daosizm keng xalq ommasini o'ziga jalb etadi. Lekin uning bu tomoni davlat tomonidan isyonlar ramzi sifatida ta'kib qilingan. /arbiy jannat xaqidagi ta'limotga ko'ra u yerda Sivanmu ma'budasi yashaydi u birov tomonidan tug'ilmagan ona, u barcha onalar onasi.
Hammaning onasi bir demak ijtimoiy tenglik g'oyalari targ'ib qilinyapti. Bu g'oyani tabiblar, folbinlar targ'ib qilinganlar. Aristokratiya daosizmning falsafiy tomoni xususan, qadimgi oddiylik va tabiiylik kul`tini o'ziga jalb etgan. Ular mangulik maqsadida alximiya, nafas olish mashqlari, meditatsiya bilan mashg'ul bo'lganlar.
Ibtidoiy dialektika elementlarini saqlab qolgan daoslar mafkurasi alximiya va meditsina taraqqiyotiga ta'sir qilgan. Mistik va diniy kitoblarda juda ko'p dorilar retsepti, metall va minerallar xossalari tasvirlangan. Daosizm panteoni sinkretizmning yaqqol kamayishidir. Daoslar xudolar tarkibiga afsonaviy imperator va qaxramonlarni, donolarni (birinchi navbatda Xuan-di, Lao-szi) kiritganlar.
Panteon ierarxiyaga ega. Xudolar insoniy xususiyatlarga ega, insonga yaqin, shu sababli bu din tez tarqalgan. Daosizm panteoniga konfutsiylik asoschilari, tarixiy arboblar, 8 o'lmas dono (odam va sexrgar) kirgan. Daosizm davlat dinriga aylanishi xarakatida bo'lgan. Yaxshi odam fazilatlari kodeksi ishlab chiqilgan. Eng og'ir jazo davlatga xiyonat va isyon xisoblangan14.
Tan imperatorlari o'z shajarasini Lao-szi (iloxiylashtirilgan)dan kelitirib chiqarganlar. Uzoq Sharqqa Xindistondan kirib kelgan buddizm O'rta asr Xitoy xayotining barcha jabxalariga ulkan ta'sir o'tkazgan. O'rta Osiyodan kelgan monax va missionerlar dastlab Gansu, Shen`si va Xenanda o'rnashganlar. V asrda janubiy podsholikka ko'zga ko'ringan din targ'ibotchilari Birma orqali kelib, saroyda ancha imtiyozlarga ega bo'lganlar. Uzoq Sharqda «Maxayana» («bolshaya kolesnitsa» yoki «Xalos bo'lishning keng yo'li») nomi bilan tarqalgan buddizm qadimgisidan dinorlarga nisbatan yengilroq talablar bilan ajralib turadi. Jiddiy asketizm faqat monaxlardan talab qilingan. Dunyoviy aholi 10 talabbdan 5 tasini bajarsa kifoya edi.
Diniy idealistik ta'limot sifatida buddizm dunyoning asosida nomoddiy ko'rib bo'lmaydigan qismchalar - dxarm xarakati yotadi deb xisoblaydi. Birlashib yoki ajralib ular xayot tug'diradi yoki to'xtatadi, dxarm hayot davomiyligini zanjirlarini tashkil etadi (odam, sigir, daraxt, odam, tosh).
Fazilatli rux keyingi hayotda yanada mukammalroq shaklga kirib, hayotda yanada balandroq darajani egallaydi. Gunoxkor esa aksincha, inson jamiyatning quyiroq vakili past darajadagi xayvonga aylanadi. Ruxning ko'tarilishi va qulashi fazilat va o'z-o'zini takomillashtiruv bilan bog'liq. Dunyoni qasos qonuni - Karma boshqaradi. Bu ta'limot asoschisi Budda - Siddarxta Guatama (Shakya Muni) fikricha azob uqubatlarni hayotdan ajratib bo'lmaydi. Undan qayta tug'ilishi jarayoni to'xtatishi bilan qutilish mumkin. Budda «8 tarmoqli yo'l» ko'rsatgan. Fazilatli hayot kechirish qayta tug'ilishni to'xta va rux nirvanada erib ketadi. Mahayanada takomillashuv jarayoni ruxni jannatga olib keladi. (Nirvavnada emas) bu talimot siguvchi yolg'iz emas, unga xudo bodistvatlar ko'maklashadi.
Buddizm mavjud tizim muammolarini rad etib, hamma narsani insonning avvalgi gunoxi natijasi deb xisoblaydi. Mavjud dunyo illyuziya. Inson ruxiy takomillashuvni maqsad qilmog'i kerak. Shunda jannatga tushadi. Gunoxkor ruxi do'zaxga tushadi (sovuq yoki qaynoq).
Buddizm keng tarqaluvchi, ommalashuv sabablaridan biri
• Prespektivani ko'rsatgan.
• Alohida shaxs qadrini bilgan.
Konfutsiylikda shaxs oila va davlat ramkasida ko'riladi. Buddizm tenglik etikasini targ'ib etgan, shu bilan birga mavjud tizim saqlanuviga ob'ektiv ravishda yordam bergan.
III-IV asrlardagi tanazzul, o'zaro urushlar, turmush qiyinchiliklari buddizm pozitsiyalari kuchayuviga ko'maklashgan. Monastir devorlari ko'p gamlardan real qutilish imkonini bergan. III-VI asrlarda Loyan va Chan'an atrofida 18 budda monastiri, V asr oxirida Sharqiy Szin davlatida 1800 monastir, 24 ming monax bo'lgan.
Yangi din vaziyatga tez moslashdi, mahalliy tartibni o'ziga singdirdi, ajdodlar ruhiga sig'inishni tan oldi, avliyolar pantionega qadimgi afsonaviy Xitoy donolari va qaxramonlari kiritildi. Buddizm ancha xitoylashgan va dastlab daosizm sektalaridan biri deb xisoblangan IV asrda Xitoy buddistlari Budda dao printsiplarining mujassaligi deb isbotlashga uringan.
Umuman olganda, Daosizm Xanlar madaniy o'z-o'zini anglash davomiyligini ta'minlab, chet el ta'limotlarini o'zlashtirib olishga yordam bergan, buddizm xalq e'tiqodlari o'rtasida ko'prik vazifasini bajargan. Shu sababli ham muhim Xind-budda tushunchalarini anglatish dastlab hammaga tanish diniy daosizm belgilari ishlatilgan. V asrdan keyingina Budda terminlari tarnristsiyasiga o'tilgan15.
Dastlab chet el ta'limoti sifatida buddizm yomon ko'z bilan qaralgan, opologik adabiyot keng tarqalgan. Konfutsiylik nuqtai-nazaridan anglab bo'lmas, tasavvur etib bo'lmas: dunyodan qochish budda ahloqi va Xitoy ma'naviyati traditsiyalari to'la mos keluvchi moddiy borliqdan qochish zaruriyatini tug'dirgan (su'ra). Xitoy buddizm - ko'p yuzakilikni tarmoqlik. Budda sutralari tarjimonlari va patriarxlar juda ko'p sektalar tug'ilishiga turtki berganlar. Sektalar turli hududlar, tabaqalarga xizmat qilganlar. Xitoy buddizmning har bir maktabi tabiiy ravishda o'zini Budda ta'limotining eng to'g'ri targ'ibotchisi xisoblangan. Vaqt o'tishi bilan Xind targ'ibotchilari «g'arbiy o'lka» urnini Xanlar egallaganlar
402 yili Chan'anga kelgan monax Kumarajiva budda ta'limotini xitoycha tarjima qilgan (xindcha variantning xarfma-xarf tarjimasi). Kumarajivaning shogirdi Dao-Shen (434 yili o'lgan) mixayana oqimidan nirvana-sutraga asoslanib, har qanday tirik jonzoddagi Budda tabiatini tasvirlab, har bir kishi uchun to'satdan yorug'lik kelshishi va xalos bo'lish tezisini yoqlagan. Buddizmning xitoylashuviga birinchi Xitoy patriarxi va dastlabki sutralar tarjimoni Dao-an` (312-384) katta xissa qo'shgan. Xubeada monastir tashkil etgan, namunali monastir ustavi ishlab chiqqan yagona familiyaviy belgi Shini (Shak`ya urug'idan undan budda kelib chiqqan) kiritgan. Buddizm falsafasini rivojlantirgan, kelajak buddasi - Maytreya kul`tiga asos solgan (U uzoq sharqdagi eng mashhur xudolardan biri).
Katta qorindor yuzida biroz tentaknamoroq tabassumli Maytreya obrazi ma'lum vaqtgacha o'zida dono Buddani yashirib turadi (u yerga qaytgach umum farovon davr boshlanadi). Juda ko'p dehqon qo'zg'olonlari rahbarlari o'zlarini qayta tug'ilgan Maytreya deb e'lon qilganlar. Kul`tning qayta tug'ilgan maxfiy jamiyatlar mafkurasida markaziy o'rin tutadi.
2-Xitoy patriarxi va ajoyib targ'ibotchisi Xuey Yuan` (337-417) edi. U budda kul`tini harbiy Jannat xukmdori Amitabadan keltirib chiqargan. Amitaba jannatmakon «Sof yer» podsholigi va nurli kelajak bilan bog'liq Szyansida monastir tashkil etib Xuey janubiy Xitoy «Amidizma»ga asos solgan. Amitabani duo qilib uning nomini yodga olish jannatda qayta tug'ilish imkonini beradi. Amidizm tarafdorlari «sof yer» sektasini a'zolari edi. Ular g'oyalari ko'plab maxfiy jamiyat va quzg'olonlarga ilxom bergan16.
Ma'lumotli kishilaga buddizm o'z falsafasi va metrofizikasini taklif etgan. Buddizm falsafasi traditsion Xitoy ilmiy fikri, konfutsiylik pragmatizmi sintezi asosida chan – buddizm (Yaponiyada Szyan) nomli intelektual tuydirilgan diniy dunyoqarash ilm vujudga keldi. Chan` sektasi (sanksritcha - «dx`yana», meditatsiya) Xitoyda o'ziga xos rol` o'ynagan, rivoyatlarga ko'ra VI asrdagi Xind targ'ibotchisi Bodxitxarma tomonidan asos solingan. Sutralarni o'rganish buddaga sig'inishni rad etgan. Meditatsiya maqsadi tarns xolatiga erishuv. U inson ko'ra agnlay olmaydigan narsalarni tushunish imkonini beradi.
Chan ta'limotida xaqiqatchi to'satdan ko'ra bilish mumkinligi to'g'risida tezis ham bor. Sekta doktirinasi bo'yicha intelektual analiz masalaning, voqeaning faqat tashqi tomonini ko'ra oladi, uning mohiyatini tushuntira olmaydi. Xaqiqatni angash uchun barcha qanon va vtoritetlarni rad etmoq zarur. Chan ta'limotida Xanlarning inda buddizmning juda teran mistikasi bilan tasvirlangan rasionizm ko'zga tashlanib turadi.
Chan amaliyotida to'satdan ko'ra bilish (ozaranie) ni kuchaytirishning turli usullarini ko'zda tutgan (paradoksal fikrlash qobiliyatini yaratish maqsadida, unga ko'maklashuvchini ustoz shogirdi suxbati topishmoqlar topish, turli jismoniy mashqlar sistemasi). Chan` murabbiylari jismoniy mexnatni yuqori baholaganlar va uni meditatsiyaga tenglashtirganlar, mulkka qarshi chiqqanalr. Chanx maktabi ruxiy ozodlik va bevositalikka asoslangan targ'iboti bilan Xitoy san'ati va poezitsiyasiga katta ta'sir qilgan. Buddizm mafkurasi taraqqiyoti ayniqsa VI asr o'rtalaridan VIII asrgacha davrda samarali bo'lgan17.
Falsafiy sintez maktabi - Tyan`tay maktabi (Chzetszyan viloyatida tog' nomidan. Monastir shu yerda joylashgan edi) ta'kidlashicha dunyo - yagona birlik, Budda har bir qum zarrasi va har bir odamda bu dunyoda barcha tirik jonzod uchun xolos bo'lish imkoni mavjud. Shimoliy va Janubiy Suy xokimiyati bu g'oyadan konsolidatsiya maqsadida foydalanib, sektaga xomiylik qilgan. Fashun` (557-640) asos solgan deb xisoblanadigan Xuayan` maktabi ta'limotiga binoan barcha dxarmalar bir vaqtda vujudga kelgan va 2 aspektga ega:
1. Satatik (qo'yilgan) nom bilan bog'liq
2. Dinamik (voqea) bilan bog'liq.
Barcha dunyoda yagona bir markazga intiladi: dinda Buddaga, imperiyada imperatorga, xukmdorga18.
Tan sulolasi xukmdorlari aynan shu tezis uchun tyantay sektasiga xomiylik qilganlar. Xuayan ta'limoti Xitoy falsafasi taraqqiyotiga ta'sir o'tkazgan: undagi tushunchalardan biri – Li (qonun, printsip, ideal) neokonfutsiylik tomonidan o'zlashtirib daosizmining boshqacharoq ko'rinishi sifatida qabul qilgan. Budda tushunchasi bo'yicha Bodisat va Avlokashvira (Xitoy Guanb-In`) mexr shafqat va fazilatlar ma'budasi markaziy figuraga aylangan. Uning sharafiga turli yerlarda ibodatxonalar qurilgan.
VII asrdan boshlab ayol qiyofasidagi Guan`-in` (Xitoy va Xindistonda dastlab erkak qiyofasida) bolalar yaratish, dengiz, dengizchilar xomiysi ma'budasiga aylangan. U Budda Albatta yashaydigan jannatga o'lganlar ruxini boshlab boruvchi ham xisoblangan. Xalq ommasi Buddizmga hozirgi xayotdagi azob-uqubatlarni yengillashtiruvchi kelajakka umid bag'ishlovchi barcha narsalarni qabul qilgan. Bundan tashqari monaxlar davolash, gunoxdan forish etish, duo o'qish orqali ham buddizmni ommaga singdirganlar. Budda kul`tlari hayotidagi komunal boshlanuvni yoritganlar. Ibodat bayramlari duolar ko'pincha umumxalq bayramlariga aylanib, diniy ekzal`tatsiya ruxida o'tardi. Bunda qo'shimcha tarzda monaxlar epidemiya davrida aholiga ko'maklashar, quduq qazir, ko'priklar qurrar, axlatlarni tozalar edilar19.
Buddizm dogmasi rivoji budda monastirlarining ijtimoiy institut sifatida kuchayishi bilan bog'lanib ketgan. Monastir xo'jaliklari, yeri yirik iqtisodiy tashkilot edi: unda xunarmandchilik ustahonalari, savdo va sudxo'rlik do'konlari, mehmonhonalar, qo'riqchilar bo'lardi. Davlat turgan gupki bu mafkurani o'ziga xizmat qildirishga, monastirlarni nazorat etishga xarakat qilgan. Budda cherkovi dunyoviy xokimiyat mustahkamlashuviga ko'maklashib, o'zi doim ham unga bo'ysunavermagan, oqibatda to'qnashuvlar bo'lardi.
VI asrda Toba Toa monastirlar va monaxlarga qarshi yurish uyushtirgan, Yae Szyan konfutsiylikni davlat diniga aylantirishga uringan, Li Yuan` buddistlarni xazina majburiyatlaridan bosh tortishga aylangan.
VII asr 2-yarmidan monastirlarning bir qismi davlat ta'minotiga aylangan, xukumat Sangxaga qabul qilish qoidalari va kvatasini o'rnatgan. Monastirlar ichki hayoti bilan mahsus ma'muriy organlar shug'ullangan. Ba'azn monastirlar mol-mulki konfikatsiya qilinardi.
Vaqtlar o'tishi bilan xukmdorlar monastirlarga imtiyozlar va katta yerlar berishdi. Maqsad birligi ularni birlashuvga majbur etardi20.
Xulosa. Qadimgi Xitoy haqida xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, qadimgi Sharq madaniyati, davlatchilik tarixini u davlatsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Chunki qadimgi Xitoy alohida ahamiyat kasb etgan o’ziga xos madaniyatni o’zida mujassam etgan.
Qadimgi Xitoy davri dastlabki davlat birlashmalari bo’lgan o’sha qadimgi Shan davlati, undan so’ng Chjou davlati, Suy sulolasi va Xan sulolalari davlati yashagan davrlarni o’z ichiga oladi ya’ni mil. avv uchinchi mingyillik o’rtalaridan boshlab to milodiy 220-yilgacha, Xan davlati uchta davlatga bo’lib ketgungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu katta davr ichida Xitoyda ancha o’zgarishlar sodir bo’lgan. Uning sivilizatsiyasi ham boshqa Sharq davlatlari singari daryo bo’yida boshlangan. Daryodan oqib keluvchi serunum tuproq sun’iy sug’orma dehqonchilik uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Rivojlangan sun’iy sug’orma dehqonchilk keyinchalik o’ziga xos madaniyat yutuqlariga erishishga asos bo’lib xizmat qiladi. Bu davrda xitoyliklar dunyo ahamiyatiga molik kashfiyotlar qilishgan. Bularga misol tariqasida mil. avv 5 asrda kashf qilingan ipak, mil. avv 1 asrda qog’ozni, yer qimirlashini avvaldan biluvchi seysmograf, dunyo tomonlarini aniqlab beruvchi kompas( u har doim janubni ko’rsatib turgan), iyerogliflardan iborat yozuv ( keyinchlik bu yozuv koreys, yapon hamda vetnam yozuvlariga asos bo’lib xizmat qilgan)ni va boshqa ixtirolarni keltirishimiz mumkin.
Xan sulolasini buyuk imperatori U Di (mil. avv 140-87 yy) hukumronligi davrida nafaqat Sharqda balki butun Osiyo va Yevropada katta ahamiyatga ega bo’lgan Buyuk ipak yo’lini ochilishi savdo-sotiq, madaniy aloqalarni almashishiga xizmat qilgan. Buyuk ipak yo’li orqali sharqiy Osiyodagi Sariq dengizi bo’yidagi davlatlar Xitoy hududidan o’tib, sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron, Old Osiyo, Kichik Osiyo hududidan o’tib Yevropa hududlarigacha borgan. Uni yo’nalishidagi davlatlar ancha rivojlangan, bir-birlari bilan doimo aloqalar qilib turishgan.