Mavzu: ilk o’rta asrlarda xitoy. Reja: Kirish


IJTIMOIY VA DAVLAT TUZUMI



Yüklə 267,87 Kb.
səhifə6/8
tarix16.06.2023
ölçüsü267,87 Kb.
#131260
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu ilk o’rta asrlarda xitoy. Reja Kirish (1)

IJTIMOIY VA DAVLAT TUZUMI

Feodallashuv sharoitida Xitoyda qadimgi despozitsiyalar shakladagi davlat tashkiloti vujudga keldi. Jamiyatning sotsial tabaqalashuvi esa murakkab ierarxiyani tug'dirdi.


Hamma davlat vassali edi (Yevropada “Vassalimning vassali, mening vassalim emas” tamoyili mavjud edi. Har bir tabaqa o'z urf-odatlari etiketi, kiyimi, bezaklari va uyga egadir. Ba'zan eng yuqori aristokratiya tarkibiga xizmatiga qarab aristokrat bo'lmagan ham kiritilardi. Xitoyda mayorat (merosning katta o'g'liga qolishi) xukm surmagan, shu sababli yer tobora parchalanib ketaverdi, u oliy tabaqadagilar o'zaro janjallariga sabab bo'lardi.
Davlat apparatining muhim funksiyalaridan biri 3 bosqichda imtihonlarni tashkil etishi edi. Mahalliy ma'muriyat boshliqlari sinovni boshlab berganlar. Poytaxtdagi imtihonlar imperator saroyida o'tkazilgan. Oqibatda barcha xizmatchilar savodliligi ta'minlangan. Oliy darajadagi olimlik belgisi dastlabki 3 darajadagi mansabni egallash huquqini bergan11.
Imtihon sistemasi chinovniklarning dunyoqarashi va sadoqatini aniqlash imkonini ham bergan. Uning nazariy asosi imperatorga barcha huquqlarni bergan konfutsiylik imperiya boshqaruvi haddan tashqari detallashtirilgan (iyerarxiya, subordinatsiya).
Saroy va Sumo o'g'liga qarshi kichkinagina harakat ham qattiq jazoga duchor bo'lgan. Kodeks davlat etikasi normalarini oila etikasidan ko'chirib olgan. Eng og'ir jinoyat –padarkushlik. Chinovniklar gunoh qilsa kaltak yeyishni xoxlamasa, darajasi pasaytirilgan. Chinovniklar bilan qarindoshlik ba'zi imtiyozlarni bergan.
Dehqonlar xarbiy xizmatga chaqirilgan, o'qitilgan. Har bir viloyat va okrug ma'lum sondagi kishilarni armiyaga bergan. Imperator saroyi va poytaxt gvardiyachilar tomonidan qo'riqlangan.
Chegara qo'shinlari xizmat bilan birga ziroat bilan mashg'ul bo'lgan. Ko'chmanchi otliqlaridan keng foydalanilgan. Ofitserlar grajdan chinovniklardan pastroq darajada bo'lishgan12.
***


TASHQI SIYOSAT VA XALQARO MUNOSABATLAR

Hukmron tabaqa tashqi markazlashuvini mamlakatda ichki pozitsiyalarni mustahkamlash manbai deb xisoblagan. Diplomatiya ham shu maqsad uchun xizmat qilgan: qabilalarni bir-biriga qarshi gij-gijlash, qabila ichida janjal chiqarish, qabila doxiylariga unvon va msukofotlar berish, sulolaviy nikox, hukmron urug'lar o'g'illarini faxriy garovda tutish (saroyda). Bu usullar Turk xoqonligi bilan munoabatlarda yaqqol namoyon bo'lgan. Dastlabki Tan imperatorlari xoqonlikkva o'lpon to'lab turganlar.


628-630 yillarda turklarga qarshi yurish uyushtirilgan, undan so'ng uyg'urlarga qarshi ko'p yillik urush boshlangan. 657 yili ular yordamida, 679 yili bo'lsa Sharqiy xoqonlik ko'magida harbiy Turk xoqonligiga hal qiluvchi zarba berilgan.
Xan garnizonlari Buyuk ipak yo'li bo'ylab Urumchigacha joylashgan edi. Shu yo'l orqali karvonlari va elchilari kelardi. 648 yili qirg'izlarning elchilari kelgan. Xonlarning Markaziy (O'rta) Osiyoga kirib boshiga Sosoniylar imperiyasi parchalanishi yaxshi imkoniyat yaratgan. So'ngi Sosoniylar shoxi Yazdigar II Xitoydan ko'mak so'ragan.
Suy imperiyasi maqsadlaridan biri Koreya ya.o. shimoli va jan-g'arbiy qismidagi Koguryo va Pekche davlatlarini egallash edi. Bu ishda xanlar tarafida koreysning Silla davlati turgan. 612-614 yillarda xanlar Koreyaga 3 marta muvaffaqiyatsiz yurish qildilar. Bu narsa Suy imperiyasi qulashiga turtki bergan sabablarning biridir.
Tanlar davrida ham Koreyaga yurish to'xtamagan. 645 yili Pxenyanni olishga urinilgan. 650 yili 130 ming kishilik armiya Pekcheni majaqladi. 663 yili xonlar Silla davlati bilan ittifoqda Pekchega ko'makka kelgan Yapon flotini yengib xarakatga so'ngi nuqta qo'yidilar. Koguryo va Pekche teritoriyasi 9 gubernyaga bo'linib, rasmiy jixatdan Xitoyga qo'shib olingan.
Shundan so'ng koreys xalqi Silla davlati boshchiligida dorlik xarakati boshagan, xonlar chekingan. Aynan shunday tadbir Kidan va moxelarga nisbatan qo'llangan.
698 yili yangi Boxay davlati e'lon qiligach, xon diplomatiyalari uni Koreyaga qarshi gij gijlaganlar. 705 va 713 yil Baxoy va Tan savdo aloqalari o'rnatilgan. 607 yili Yaponiya bilan rasmiy munosabatlar o'rnatilgan. Xitoy floti Tayvan va Ryukyu orollariga yurish qilgan. Bu orollarga keyinroq elchilar yuborilgan.
VII asr boshlarida syanbilar qarindoshi togon qabilasi majaqlangan, yerlari qo'shib olingan (kinxay viloyati. 634 yili Chan'anga Tibetdan elchilar kelgan. Togonlar masalasida bir necha yil Xitoy - Tibet urushi bo'lgan. 647 yili sulx tuzilgan. Srontszagalebo Xitoy malikasi Ven Chen ga uylangan. Laxasga ko'plab xon va chinovniklari, xarbiylar, savdoganrlar ko'chib kelgan.
Hindiston va Xitoy o'rtasidagi munosabatlar boshlanuvchi VII asrga to'g'ri keladi. 641 yili Chan'anga Xarsha davlati elchilari kelgan. O'zaro elchi ayriboshlash Xarsha davlati parchalanuvidan keyin to'xtagan. Xitoy elchilari Van Yayuantse va Szyan Shijen 645 yili Lxasadan Hindistonga qarab yo'lga chiqqanlar. Ularga xujum bo'lgan Van Syuzntse Tibetga qochishga muvaffaq bo'lgan. U yerdan keyin Gang vodiysiga yurish qilgan. VII-VIII asrlarda Xitoyga Kashmir, Magadxi, Ganxar, Seylon elchilari kelishgan.
Xitoyning bosqinchilik yurishi janubga xam qaratilgan. 602-603 yillarda shimoliy Vet`nam va Tyamoa davlatiga yurish uyushtirilgan, surib chiqarilgan. 679 yili Shimoliy V'etnamda Xitoyga tobe Annan` yeri tashkil etilgan.
Diplomatiya asosi - Kitaetsentrizm. Xitoy dunyoning asosiy bosh davlati hisoblangan. Imperatorga dunyo bo'ysunishi lozim deb xisoblangan. Elchilar sovg'asini (Klavixo - Temur. Saroyiga Xitoy elchilari o'lpon talab qilib kelganlar) o'lpon deb xisoblaganlar. U davlat esa Xitoy vassallari deb e'lon qilingan. Lekin u davlatlar o'zlarini Xitoy bilan teng huquqli deb hisoblaganlar.
Elchilarga Xitoy kiyimini berilgan uni kiyish bo'yisunishi ramzi deb xisoblangan. Vizantiya imperatori, ararb xalifasi elchilari kelgan. Ipak yo'li. Dengiz yo'li Guanchajou - Bog'dod musulmonlik (dungan), xristianlik kirib kelgan (nestorian)13.
***

Yüklə 267,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin