Mavzu: Internetdan foydalanish madaniyati hamda internet orqali tarqatilayotgan behayolik, ma`naviyatsizlik va xavfsizlikga tahdid. Reja



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə3/5
tarix11.04.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#96190
1   2   3   4   5
Akt

Phishing – Bunday tahdid turi email orqali keladigan eng katta xavflardan biri bo`lib, odamlarning shaxsiy ma`lumotini o`g`irlashga qaratilgan bo`ladi. “Phishing” maktublar sizga tanish bo`lgan tashkilot yoki muassasa nomidan yuborilgandek tasavvur uyg`otadi. Masalan, siz biror bank yoki moliyaviy tashkilot bilan ishlayotgan bo`lsangiz, sizga shu bank nomidan maktub yozib, shaxsiy bank ma`lumotlaringizni so`rashlari yoki havola orqali saytlariga kirib qo`shimcha ma`lumot berish yoki olishni iltimos qilishlari mumkin. Agar maktubdagi havolaga bossangiz, kompyuteringizga ma`lumot o`g`irlovchi zararli dastur o`rnatilishi hech gap emas. Bunday maktublarning professional tarzda yozilishi, ularda haqiqiy tashkilotlarnning logo rasmlari va jismoniy manzillari qo`yilgani sizni aldab qo`ymasligi kerak.
Spoofing – Siz taniydigan kimdandir kelgan, lekin aslida u odam jo`natmagan maktublar “spoofing” deyiladi. Xakerlar yoki zararli dasturlar tanishingizning elektron manzili ustidan nazorat o`rnatib, uning nomidan sizga zararli maktublar jo`natayotgan bo`lishi mumkin. Yoki aksincha, sizning elektron manzilingiz zararli dasturlar ixtiyoriga o`tib, sizning nomingizdan boshqalarga shunday maktublar ketishi ham mumkin. Bu nafaqat elektron pochta orqali, balki ijtimoiy tarmoqlardagi maktub yuborish yoki xabar chop etish xizmatlari orqali ham yuz berishi mumkin.
Elektron pochta xavfsizligi bo`yicha qo`shimcha tavsiyalar
Email manzilingizga kuchli parol o`rnating. Parol uchun sodda so`z yoki raqamlardan foydalanmang. Elektron pochta parolidan boshqa sayt yoki onlayn xizmatlarda foydalanmang. Har bir sayt uchun alohida parol tanlashingizni tavsiya qilamiz. Yodda tutish uchun parollarni kompyuteringizda yoki boshqa onlayn va elektron qurilmalarda saqlamang. Ularni qog`ozga yozib oling va hech kim bilmaydigan joyda saqlang. Jamoat komputerlaridan foydalanganda har doim ishlatib bo`lgandan so`ng saytdan yoki elektron pochtadan chiqishni unutmang. Jamoat komputerlari deganda kutubxona, internet kafelaridagi yoki birovga tegishli bo`lgan komputerlarni tushunish mumkin.

Brauzer bu internetga kirish va veb-sahifalarni ko`rish uchun ishlatiladigan dasturdir. Eng mashhur brauzerlar qatorida Internet Explorer, Firefox, Google Chrome, Opera, Safari kabi dasturlarni sanash mumkin. Bu brauzerlarning hammasi bir xil vazifani bajarsa-da, ular bir-biridan internetga ulanish tartibi, qo`shimcha xizmatlari va ko`rinishi bilan farq qiladi. Quyida internet brauzerlari bilan ishlaganda xavfsizlik yuzasidan e`tibor berish lozim bo`lgan ayrim jihatlarni eslatib o`tamiz.
Har bir brauzer u yerda amalga oshirgan ishlaringiz tarixini, tashrif buyurilgan sahifalar va qidirlgan kalit so`zlarni o`zida saqlab qoladi. Siz ochgan har bir sahifa internet provayderi va brauzer provayderiga ma`lum bo`ladi va ular serverlarda doimiy saqlanib qolishi mumkin. Demak, saytlarga qilayotgan tashriflaringiz hech qachon shaxsiy va maxfiy bo`lmaydi. Shuning uchun qanday saytlarga kirayotganingiz haqida mas`uliyat bilan ish tutishingiz kerak.
E-maildan xavfsiz foydalanish bo`limida aytganimizdek, brauzerlar orqali ham viruslar, shaxsiy ma`lumotingizni o`g`irlashga qaratilgan “phishing” va zararli dasturlar joylashgan saytlar kabi tahdidlar bilan yuzlashasiz. Ularga qarshi himoyalanishda quyidagi maslahatlarga amal qiling.

  • Avvalo, saytning xavfsiz yoki xavfli ekanini aniqlashda oddiy aql bilan yondashib ish tuting. Shubhali saytlarda, odatda, yolg`on ma`lumotlar yoki to`g`ri bo`lishi ehtimoli juda kam bo`lgan gaplar (masalan, lotereya yutib olganingiz haqidagi xabar) bo`ladi. Bunday saytlarga tasodifan kirib qolsangiz, undagi hech bir havolani bosmasdan, saytni darhol yopishingiz kerak.

  • Agar vebsayt biror tashkilot yoki kompaniyaga tegishli ekani da`vo qilingan bo`lsa, uning nomi to`g`ri yozilganmi, farqli yoki imloviy xatolar bilan yozilmaganmi, shuni tekshiring. Qaysidir haqiqiy bir tashkilot nomini o`g`irlab, ular nomidan yaratilgan qalbaki saytlarda, odatda, haqiqiy kompaniya sayti nomidagi ayrim harflar o`zgartirilgan shaklda bo`ladi.

  • Agar sayt http:// belgisi bilan boshlangan bo`lsa, saytning shubhali ekani ehtimoli yanada oshadi. Ishonchli va katta saytlarning deyarli barchasi hozir https:// protokoli bilan ochiladi. https belgisi saytning xavfsizlik sertifikatiga ega ekanini bildiradi.

  • Biror saytga kirish uchun uning sizga ma`lum manzilini brauzerga yozib kiritganingizda, ENTER tugmasini bosishdan oldin, manzilni to`g`ri yozganingizga yana bir bor ishonch hosil qiling. Agar bir dona so`zni xato yozgan bo`lsangiz, haqiqiy saytga o`xshagan, lekin qalbaki bo`lgan boshqa bir saytga kirib qolishingiz mumkin.

  • P


ul o`tkazish xizmatlari orqali pul yuborishni talab qiladigan saytlar, odatda, soxta bo`ladi. Masalan, sizga xorijdan ish topib berishni va`da qilgan va xizmat haqi uchun Moneygramdan pul yuborishingizni so`ragan saytdan ehtiyot bo`ling.

  • Brauzeringizni muntazam yangilab turing. Uning yangi versiyasi chiqsa, uni saqlab olib, shu yangisini o`rnating.

Brauzer orqali internetdan kirib kelgan zararli dasturlar, odatda, kompyuter yoki boshqa elektron qurilmangizga o`rnashib olib, uning xotirasidagi shaxsiy ma`lumotlarni qidirib topishga va ularni jinoiy egalariga jo`natishga urinadi. Buning oldini olish uchun qurilmalarni qanday himoyalash lozimligi haqida ham ayrim maslahatlarni beramiz.
Komputer va noutbuklarni himoyalash yo`llari:

  • Kompyuter yoki noutbukingizdagi “Firewall” himoya dasturi doim yoniq tursin. U internet va boshqa tarmoqlardan keladigan hujumlarni qaytarishda eng samarali qurol hisoblanadi. Odatda, Windows va Mac operatsion tizimlarida “Firewall” dasturi oldindan o`rnatilgan bo`ladi.

  • Komputer/noutbukingizga antivirus dasturini o`rnating. Windows 7 va undan yuqori versiyadagi operatsion tizimlarga antivirus dasturi (Windows Defender) o`rnatilgan bo`ladi va ular, odatda, deyarli barcha internet tahdidlarini qaytarishga kifoya qiladi (Albatta, internetdan mas`uliyat bilan foydalanganingizda). Mac operatsion tizimida ishlovchi kompyuterlar ham internet tahdidlariga bardoshli ekani bilan taniqli va odatda, ularga ham qo`shimcha antivirus dasturini o`rnatishga hojat bo`lmaydi. Windowsning boshqa, eskiroq versiyalarini ishlatuvchi foydalanuvchilarga ayrim bepul antivirus dasturlarini tavsiya qilamiz:

1. Avast! Free Antivirus: https://www.avast.com/
2. AVG Antivirus: http://www.avg.com/affiliate/ww-en/free-antivirus-download

  • Internetdan bo`ladigan yangi tahdidlarga qarshi muhim himoya vositalariga ega bo`lish uchun operatsion tizimdagi yangilanishlarni (update) o`z vaqtida ko`chirib olib, tizimni yangilab boring.

  • Shubhali narsalarni, dasturlarni aslo komputer/noutbukingizga ko`chirib olmang va ularni o`rnatmang. Ular ma`lumot o`g`irlovchi yoki komputeringizni buzuvchi zararli dasturlar yoki viruslar bo`lishi mumkin. Antivirus dasturlari o`rnatilgan taqdirda ham, ayrim viruslar o`tib ketishi mumkin.

  • Ishlatmayotgan paytingiz komputer yoki noutbukingizni o`chirib qo`yishga odatlaning.

  • Birovlarning diski yoki USB-drive xotira fleshkalarini komputer/noutbukingizga ulashda ehtiyot bo`ling. Ular virus bilan zararlangan bo`lishi mumkin.

  • Agar bitta komputerni birdan ortiq odam ishlatsa, har bir foydalanuvchi uchun alohida profil (account) oching.

  • Komputerdagi ma`lumotlarni har doim saqlab (backup) qo`ying. Ularni alohida xotira disklarida yoki onlayn axborot saqlash saytlariga ko`chirib qo`yishingiz mumkin. Google Drive va Dropbox kabi ma`lumot saqlash xizmatini taqdim etuvchi saytlarda bepul 15-20 Gigabaytgacha joy olishingiz mumkin.

M

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin