Investorlarning investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya (ekspropriatsiya) qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiylar va favqulodda xususiyatga ega bo‘lgan boshqa hollar mustasno
Investorlarning investitsiyalarini va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi
Investitsiyalarni rekvizitsiya va ekspropriatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror rekvizitsiya yoki ekspropriatsiya qilishning quyidagi talablariga rioya qilingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi
Texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash
Raqobatni qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni amalga oshirish, shuningdek boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish shartlarini belgilash
Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish usullari va vakolatli davlat organlari
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organidir
Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat
Salohiyatli investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari bo‘yicha maslahat berish hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatish
Hamkorlik yo‘nalishlarini va loyihalarini majburiy ravishda kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va xo‘jalik boshqaruvi organlarining chet el vakolatli organlari, chet el hukumat moliya tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari, shuningdek kompaniyalar va salohiyatli chet ellik investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlik masalalariga doir o‘zaro aloqalarni ta’minlash
Investorlar bilan doimiy ikki tomonlama aloqani ta’minlash, hududlar va mahalliy yuridik shaxslarga investitsiyalarni jalb qilishda ko‘maklashish, investitsiya takliflari ishlab chiqilishini tashkil etish
Investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya muhitini rivojlantirish va O‘zbekiston Respublikasi hududidagi investitsiya faoliyatini takomillashtirish sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish
Manba: O`z.Res.ning “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to`g`risida”gi qonuni