Mavzu: investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi


BQ – lizing ob‘ektining balans qiymati; N



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə9/21
tarix23.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#120948
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
3-мавзу-1

BQ – lizing ob‘ektining balans qiymati;
N – amortizatsiya ajratmalari normasi (eskirish koeffitsiyenti);
T – lizing shartnomasi muddati.
Lizing stavkasi lizing beruvchi tomonidan ijaraga olingan mulkdan foydalanganligi uchun to`lanadigan haq bo`lib, u lizing beruvchining daromadi hisoblanadi. Lizing stavkasining mazmuni qarzga olingan mablag`lar (sudalar) uchun to`lanadigan foizlar bilan bir xildir. Shu sababli uning summasi foydalanilgan kredit uchun foiz hisoblash tartibiga monand ravishda aniqlanadi:
KF=
bu yerda:
KM kredit hajmi;
FS – foiz stavkasi darajasi.
Ma‘lumki, lizing beruvchi lizing kompaniyalari yoki banklar lizing ob‘ektini sotib olish bilan bog`liq marketing, transport va xodimlarga ish xaqi to`lash kabi harajatlarni amalga oshiradi. Ushbu harajatlar vositachilik harajatlari bo`lib, u lizing to`lovlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu harajatlar lizing beruvchiga lizing oluvchi tomonidan to`lanadigan xizmat ko`rsatish mukofoti ham deyiladi. Vositachilik harajatlarining miqdori quyidagicha aniqlanadi:
VX=
bu yerda:
KM – kredit hajmi;
VS – vositachilik harajatlari stavkasi. U umumiy vositachilik harajatlari summasini to`lov davriga bo`lib topiladi.
Bundan tashkari, lizing beruvchi lizing ob‘ektini saqlash, uni lizing oluvchiga yetkazib berish, o`rnatish va ishlab chiqarishga joriy etish bo`yicha xodimlarni o`rgatish va turli maslahatlar berish kabi qo`shimcha harajatlar kiladi. Ko`shimcha harajatlar o`z ichiga quyidagilarni oladi:

QX = SX + KX + RX + BX


bu yerda:
SX xizmat safari harajatlari;
KX – ko`rsatilgan xizmatlar bo`yicha harajatlar;
R – reklama harajatlari;
BX – boshqa harajatlar.
Bugungi kun amaldagi me‘yoriy hujjatlarga asosan, lizing oluvchi lizing to`lovlarini amalga oshirayotganida uning amortizatsiya ajratmalariga, foizlarga, vositachilik va qo`shimcha to`lovlarga alohida ajratib ko`rsatgan holdagi yoyilmasini ilova qilishi shart. Lizing to`lovlari kelib tushganidan keyin, bank uning yoyilmasiga mos ravishda buxgalterlik o`tkazmalarini amalga oshiradi: amortizatsiya ajratmalari lizing hisobi yuritiladigan ssuda hisobvarag`ining kreditiga o`tkazish orqali kreditni to`lashga yo`naltiriladi, lizing uchun foiz, vositachilik haqi va boshqa to`lovlar bank daromadiga qo`shiladi.
Bu yerda shuni qayd etib o`tish kerakki, lizing to`lovlari lizing shartnomalaridagi kelishuvlarga muvofik, har bir ayrim holatlar bo`yicha turlicha hisoblanishi mumkin. Masalan, ayrim hollarda lizing oluvchiga imtiyozli davr belgilanishi, ba‘zi hollarda lizing to`lovini kechiktirib to`lashga kelishiladi. Rivojlangan mamlakatlarda esa lizing to`lovlari lizing oluvchi tomonidan tomonlar kelishuviga muvofiq tuzilgan va lizing shartnomasining ajralmas qismi bo`lgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Lizing to`lovlarining shakli lizingga olingan uskunada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilishidan kelib tushgan pul mablag`laridan amalga oshirilishi va takomillashtirilishi mumkin.
Xalqaro amaliyotda lizing to`lovlarini hisoblashda pul mablag`larining oqimi (PMO) usulidan ham foydalanib kelinmokda. Koeffitsiyentlar usuliga muvofiq bo`lish bilan bir qatorda, tarkibiy qismlar (yuqorida keltirilgan dastlabki usul) usuliga muvofiq bo`lgan hamda lizing kompaniyalari o`zlarining harajatlarini qoplash uchun lizing to`lovlaridan tushgan pul mablag`lari yetarli ekanligini aniqlash uchun albatta qo`shimcha hisob-kitoblarni amalga oshirishlari lozim.
Xalqaro Moliya Korporatsiyasining lizingni rivojlantirish bo`yicha iqtisodchisi Veronika Shtelmax avvalambor, lizing kompaniyasining pul oqimlariga asoslanishni taklif etadi. Bunda lizing shartnomasining muayyan davrida lizing kompaniyasining harajatlari va lizing kompaniyasi tomonidan qo`shib beriladigan komission haqi hisobga olinadi, xolos. Lizing kompaniyasining lizingga taalluqli bo`lmagan faoliyatidan olingan daromadlar va harajatlari hisobga olinmaydi.
Biroq PMO usulining tarkibiy qismlar usulidan farqlari mavjud. Nihoyat kredit bo`yicha foizlar kreditlash davri bo`yicha uning o`rtacha qismi bo`yicha emas, balki ssuda qarzining qoldig`i bo`yicha hisoblanishi lozimligi e‘tirof etiladi.
V.Shtelmax lizing to`lovining asosiy tarkibiy qismi deb, bitimni amalga oshirish uchun olingan bank krediti bo`yicha to`lovlarni oladi, moliyalashtirishning kredit so`mmasi lizingga beriladigan mol-mulkning qiymatiga teng degan fikrlarni ilgari surgan. Bu barchamizga ma‘lum bo`lgan kreditni qoplash jadvali, ya‘ni asosiy qarz qismini qoplaydigan to`lovlar va qoplanmagan qismi bo`yicha foizlardan iborat bo`lgan teng miqdordagi to`lovlardir. Bunday jadvalni hisoblash uchun qo`yidagi formulani qo`llaymiz:

bu yerda:


g =[1-1:(1+r)n]



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin