g – vaqt davri bo`yicha birlik ulushi kurinishidagi kredit stavkasi (vaqtning barcha davrlari uchun bir xil);
n – to`lovlar mikdori.
Lizing amaliyotida yuqorida keltirilgan lizing to`lovlarini hisoblash usullarini o`zaro taqqoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu usullarni o`zaro taqqoslash uchun avvalo, lizing to`lovlarining xajmini davrlar bo`yicha solishtirma holatga keltirish kerak. Lizing to`lovlarining hajmi korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatiga
bevosita ta‘sir ko`rsatishi ushbu kriteriyning qanchalik ahamiyatli ekanligini ko`rsatadi. Shuningdek, korxona tomonidan usullarning noto`g`ri tanlanishi uning to`lovga qobiliyatliligining pasayishiga olib keladi.
Bu esa, lizing shartnomasining ikkala tomon uchun ham salbiy holatni keltirib chiqaradi. Quyida keltirilgan 15.1-jadvalda oldindan ma‘lum bo`lgan bir xil ma‘lumotlarga asoslanib turli xil usullar yordamida hisoblangan lizing to`lovlarining miqdori ko`rsatilgan.
15.1-jadval Turli usullar yordamida hisoblangan lizing tO`lovlari miqdorining
taqqoslama tahlili, ming sO`m.
TO`lovlar tartib raqami
|
Lizing tO`lovlari hisoblangan usullar
|
Tashkil etuvchilar
|
PMO
|
Koeffitsiyentlar
|
1
|
12851,282
|
38217,84
|
13187,86
|
2
|
12851,282
|
37822,54
|
13187,86
|
3
|
12851,282
|
37428,20
|
13187,86
|
4
|
12851,282
|
37033,12
|
13187,86
|
5
|
12851,282
|
1237,82
|
13187,86
|
6
|
12851,282
|
990,02
|
13187,86
|
7
|
12851,282
|
742,22
|
13187,86
|
8
|
12851,282
|
495,60
|
13187,86
|
9
|
12851,282
|
247,80
|
13187,86
|
10
|
12851,282
|
-
|
13187,86
|
11
|
12851,282
|
-
|
13187,86
|
12
|
12851,282
|
-
|
13187,86
|
Jami
|
154215,38
|
154215,38
|
154245,32
|
PMO va tashkil etuvchilar usuli to`lovni amalga oshirish vaqtiga qaramasdan o`z mohiyatini o`zgartirmaydi. Bulardan farqli ravishda koeffitsiyentlar usuli agarda to`lov lizing muddatining oxirida emas, aksincha boshida (prenumerando annuiteti) amalga oshirilsa, formulaga ma‘lum bir o`zgartirishlar kiritilishi talab etiladi.
Tashkil etuvchilar va koeffitsiyentlar usuli lizingga oluvchining zimmasiga bo`lgan to`lov og`irligini lizing shartnomasining butun muddati davomida teng taqsimlanishini ko`rsatib berdi. PMO usulida esa asosiy og`irlik lizing muddatining dastlabki oylariga to`g`ri keladi.
Lizing to`lovlarini hisoblashning ushbu sxemasi ko`p yillik ish faoliyatiga ega bo`lgan, barqaror korxonalar tomonidan qo`llanilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Chunki bunday korxonalarning pul mablag`lari oqimi asosan boshqa manbalardan akkumulyatsiyalanadi (jamlanadi) hamda ushbu oqimning asosiy bo`lmagan qismini tashkil etadi. Ushbu usulni teskari holatda, ya‘ni pul mablag`lari oqimi to`liq shakllantirilmagan yoki lizing ob‘ekti pul mablag`lari oqimining katta qismini ta‘minlagan korxonalarda qo`llanilsa mijozning to`lovga qobiliyatsizligi xavfi paydo bo`ladi. Qo`yidagi keltirilgan 15.2-jadvalda har bir metodning afzalliklari va kamchiliklari hamda dastlabki belgilari ifodalangan bo`lib, ular orkali lizingga oluvchilar o`z faoliyatlarida to`lovlarni qaysi usullar yordamida hisoblashlarini aniqlab olishlari mumkin.
Respublikamizda lizing to`lovlarini hisoblaganda bir qator o`ziga xos xususiyatlar e‘tiborga olinadi. Lizing to`lovlariga oid ta‘rif O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 590-moddasida va ―Lizing to`g`risida‖gi Qonunning 22-moddasida bayon qilingan. Shularga asosan, lizing to`lovlarining umumiy yig`indisi lizing shartnomasiga asosan berilayotgan mulkning umumiy bahosi yoki shunga yaqin qiymat o`rnini to`ldiruvchi so`mma, lizingga beruvchining ma‘lum loyihaga asosan lizing ob‘ektini harid qilish uchun foydalanilayotgan kredit zaxiralari badaliga to`lanadigan so`mma va lizingga beruvchining vositachilik haqi, lizingga beruvchining shartnomada ko`zda tutilgan boshqa sarf-harajatlari (lizing asosida ijaraga berilayotgan mulkka texnik xizmat ko`rsatish, xodimlarni o`qitish kabi harajatlar)dan iborat.
Shartnomada lizing to`lovlari summasi, shuningdek ularni to`lash muddatlari aks ettiriladi. Odatda lizing to`lovlari bo`yicha hisob-kitob qilishda umumiy to`lov so`mmasi oldindan belgilangan to`lanmalardan foydalaniladi. Bu hol lizing to`lovi amortizatsiya ajratmalari, olingan qarz mablag`lari uchun to`lanadigan foiz hamda lizing kelishuvi jarayonida ko`rsatiladigan xizmat haqini o`z ichiga oladi. Ushbu holatlar, shuningdek, lizingga oluvchining loyiha bo`yicha sarflangan harajatlarini hisob-kitob qilish orqali olib boriladigan lizing kompaniyasi marjasini aniqlash chog`ida ham e‘tiborga olinadi.
Dostları ilə paylaş: |