Mavzu: investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi


LT = AA + KF + VX + QH + ST



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə8/21
tarix23.05.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#120948
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
3-мавзу-1

LT = AA + KF + VX + QH + ST


bu yerda:
LT – jami lizing to`lovlari;
AA – lizing beruvchiga to`lash uchun hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari;
KF – kredit mablag`lari uchun to`lanadigan foizlar yoki lizing stavkasi;
VX – lizing beruvchiga lizing ob‘ektini sotish bilan bog`liq vositachilik harajatlari;
QH – lizing beruvchiga lizing ob‘ektini yetkazib berish bo`yicha qilingan, qo`shimcha harajatlar;
ST – sug`urta to`lovlari.
Lizing to`lovlarida qo`llanilayotgan hisoblash usuliga qarab quyidagilarni ajratish mumkin:

  • lizingga beriladigan uskuna qiymatidan amortizatsiya ajratmalari, lizing uchun foiz, qo`shimcha takdim etilgan xizmatlar uchun to`lovlar va lizing beruvchiga har bir davrning ohirida to`lanishi lozim bo`lgan komission haqdan iborat bo`lgan to`lovlar;

  • kelishuv imzolangan paytda mol-mulkni lizingga oluvchi dastavval lizingga beruvchiga belgilangan miqdorda bo`nak (depozit) taqdim etgan holatlarda, uskuna ishlatilish uchun qabul qilinganligi to`g`risida dalolatnoma imzolangandan keyin, lizing to`lovlarining umumiy summasini (bo`nak chegiriladi) muntazam badallar orqali to`lab borganda kuzatiladi;

  • hisob-kitob kelishuvida qandaydir sabablarga ko`ra qandaydir belgilangan foizga asoslangan aniq bo`lmagan to`lovlar. O`zaro kelishuv bo`yicha lizingga olingan uskunada ishlab chiqarilgan mahsulot sotuvining hajmi, sotuvdan olingan foydaning summasi yoki lizing shartnomasining amal qilish muddatida o`zgartirilishi mumkin bo`lgan boshqa parametrlar asos qilib olinishi mumkin.

Davriylik bo`yicha to`lovlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

  • lizing kelishuviga ilova qilingan, kelishuv taraflari tomonidan kelishilgan jadval bo`yicha to`lanadigan davriy (har yilgi, har chorakdagi, har oydagi) to`lovlar;

  • agar kelishuvda lizingga beruvchiga bo`nak to`lanishi nazarda tutilgan bo`lsa, bir vaqtda to`lanishi qo`llaniladigan to`lovlar;

  • agar lizing kelishuvda bo`nak to`lovi nazarda tutilgan taqdirda, u davriy to`lovlar bilan murakkablashtirilgan bo`lishi mumkin.

Lizingga oluvchining moliyaviy holati va to`lov qobiliyatini inobatga olib, kelishuvda lizing to`lovlarining turli usullari belgilanishi mumkin va ularga muvofiq quyidagi to`lovlarni ajratish mumkin:

  • teng ulushlar bilan;

  • oshib boradigan miqdorlar bilan. Bu asosan lizingni boshlang`ich bosqichida foydalanuvchi tomonidan lizing to`lovini kamroq ulushlar bilan kiritish, keyinchalik esa, uskuna o`zlashtirilib borishi va unda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sur‘ati o`sib borishiga qarab ushbu ulushlarni oshirib borish qulayroq hisoblangan barqaror moliyaviy holatga ega bo`lmagan lizingga oluvchilar tomonidan qo`llaniladi;

  • kamayib boradigan miqdorlar bilan (tezlashtirilgan to`lovlar).

Barqaror moliyaviy holatga ega bo`lgan lizingga oluvchilar tomonidan qo`llaniladi, bunda foydalanuvchi lizingning boshlanish davrida lizingga beruvchiga o`z qarzining asosiy qismini kiritishni afzalroq ko`radi.
Lizing to`lovining asosiy qismini amortizatsiya ajratmalari tashkil etadi. Amortizatsiya ajratmalari foydalanilayotgan lizing ob‘ektining jismonan va ma‘naviy eskirishi natijasida yo`qotilgan qiymatni qoplovchi asosiy manba hisoblanadi. Amaliyotda amortizatsiya ajratmalari summasi quyidagicha hisoblanadi:
AA=T
bu yerda:

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin