Mavzu: Investitsiyalarning shakl va turlari tasnifi. Reja


 Investitsiya imkoniyatlarini tanlab olishni tashkil etish



Yüklə 38,25 Kb.
səhifə3/5
tarix27.02.2023
ölçüsü38,25 Kb.
#85837
1   2   3   4   5
Mavzu Investitsiyalarning shakl va turlari tasnifi. Reja

2. Investitsiya imkoniyatlarini tanlab olishni tashkil etish 
Korxonani investitsion kontseptsiyasini ifodalashda tarmoq profili, bozorni 
egallash bo’yicha yig’ilgan tajriba, personalning malakasi kabi omillar muhim 
o’rin tutadi. 
Investitsion kontseptsiyani izlashda, tanlashda va tarmoq boshqaruv 
organlari anchagina erkinlikka ega, chunki ular o’z faoliyatini region yoki tarmoq 
extiyojidan, davlatning struktura siyosati ustuvor tomonlaridan kelib chiqqan 
holda qo’rishadi. 
Xalqaro tajribada turli profildagi investitsion imkoniyatlarni izlashga asos 
bo’luvchi qo’yidagi boshlang’ich shart-sharoitlar klassifikatsiyasi qabul qilingan: 
1. Qayta ishlashga va sanoat foydalanishga yaroqli qazilma boyliklar yoki 
boshqa tabiiy resurslarning mavjudligi. Bunday resurslar doirasi keng: neft, 
gazdan tortib to o’rmon va farmatsevtik maqsadlarda ishlatiladigan ilonlar 
zaxarigacha. 

34 
2. Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarish imkoniyatlari va an`analari, 


agrosanoat majmuasi korxonalarida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan loyihalar 
doirasini belgilaydi. 
3. Istiqboldagi talabning qiymati va strukturasidagi demografik va ijtimoiy-
iqtisodiy omillar ta`siridagi o’zgarishlarni baholash.
Importning strukturasi va xajmi yangi, import o’rnini bosuvchi ishlab 
chiqarishni yaratishga qaratilgan loyihalarni paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. 
5. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi yaqin bo’lgan va bir biriga o’xshash 
resurslari bo’lgan davlatlar ishlab chiqarish strukturasi rivojlanish tajribasi va 
tendentsiyasi. 
6. Milliy va jaxon iqtisodiyoti miqyosidagi iste`molchi tarmoqlarda 
yaratilgan yoki paydo bo’lishi mumkin bo’lgan extiyojlar. 
7. Iste`molchi tarmoqlar ishlab chiqarishni kengaytirishi to’g’risidagi yoki 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga talabning ortishi to’g’risidagi axborot. 
8. YAgona xom-ashyo baza asosida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish 
imkoniyatlari. 
9. Ommaviy ishlab chiqarish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish 
uchun ishlab chiqarish masshtabini ratsional ko’paytirish. 
10. Umumiqtisodiy shart-sharoitlar. 
Bunday shart-sharoitlar asosida investitsion loyihaning g’oyasini, sohasini 
va ishlanadigan yo’nalishini aniqlash mumkin. 


Yüklə 38,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin