Mavzu: Iqtisodiy o’sish, uning turlari va hisoblash usullari Ilmiy rahbar


Iktisodiy o`sishning keynscha va R.Solouning neoklassik iktisodiy o`sish modellari



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə5/6
tarix12.04.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#96456
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiy o\'sish

4.Iktisodiy o`sishning keynscha va R.Solouning neoklassik iktisodiy o`sish modellari
Keyns o`z taxlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta`sirini krgangani o`oldaa, yalpi taklifga ta`sirini ko`rib chikmaydi. Undan farkli tarzda Domar modelida mexnat bozorida ortikcha taklif mavjud, bu baxolarn barkaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital kuyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.
E.Domar investitsiyalarni xam talab xam taklif omili deb karaydi. YA`ni investitsiyalar nafakat mul’tiplikativ ta`sir ko`rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chikarish kuvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chikarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . SHunday ekan, yalpi talabning o`sishi yalpi taklifning o`sishiga teng bo`lishi uchun investitsiyalar kanday o`sishi kerak degan savol paydo bo`ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o`z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:
1) taklif tenglamasi;
2) talab tenglamasi;
3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chikarish omillarining kanchaga ko`shimcha o`sishini ko`rsatadi . Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o`ssa, yalpi ishlab chikarish DK α mikdorga o`sadi:
DYs= DK α , DK investitsiyalar xisobiga ta`minlanganligi uchun tengikn DYs= I α deb yozish mumkin. , bunda,α – kapital kuyilmalar( investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chikarishni 1 mlrd. so`mga oshirish uchun 4 mlrd so`m investitsiya talab etilsa α =0,25 bo`ladi. α=DYs / I bir so`mlik investitsiya xisobiga yaratilgan yangi maxsulot mikdorini ko`rsatadi.
2. Talab tenglamasi kuyidagi ko`rinishga ega
DYd= D I ( 1/ μ) , bu erda 1/ μ – xarajatlar mul’tiplikatori,
μ–jamgarishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab ko`shimcha investitsiyalarning mul’tiplikativ ko`payishiga teng mikdorda o`sishini ko`rsatadi.
Ishlab chikarish to`plangan jami kapital bilan ta`minlanishi, milliy daromad esa ko`shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta`siri ostida ko`payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa ko`shimcha investitsiyalargina ko`rib chikilaadi.
3. Daromadlar va ishlab chikarish kuvvatlarining ko`shimcha o`sish sur`atlari tengligi tenglamasi:
D I ( 1/ μ) = I α
Bu tenglamani echib suyidagi natijani olamiz:
D I / I = μ α
(D I / I ) – investitsiyalarning yillik o`sish sur`ati bo`lib, ishlab chikarish kuvvatlarini oshirish yordamida to`lik bandlilikni ta`minlab turish uchun
(μ α) mikdorga teng bo`lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning mutanosib o`sish sur`atijamgarishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi ( kapital kaytimi) darajalarining xosilasi ekan.
Agar μ = 0,2 α=0,4 bo`lsa D I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demakinvestitsiyalarning o`sish sur`ati 8% bo`lishi talab etiladi.
E. Domar moddelidan kelib chikadigan umumiy xulosa shuki iktisodiy o`sishni ta`minlash uchun investitsiyalar xajmini oshirish, bu uchun esa jamgarish normasi xamda fan texnika tarakkiyoti orkali kapitalning samaradorligini oshirish zarur..
Agar E. Domar o`z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan mikdor ded olgan bo`lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chikilgan iktisodiy o`sish modeliga akselerator printsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funktsiyasi xam kiritildi. Akselerator printsipiga ko`ra nafakat investitsiyalar ishlab chikarishning o`sishini keltirib chikaradi, balki ishlab chikarish va daromadlarningning o`sgan xajmi xam investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
R.Xarrod o`z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1)kafolatlangano`sish surti tenglamasi;
2) xakikiy o`sish sur`ati tenglamasi;
3)tabiiy o`sish sur`ati tenglamasi.
R Xarrod modelida xakikiy o`sish sur`ati ishchi kuchining o`sish sur`ati va kapital unumdorligining o`sish sur`ati bilan belgilanadi.
G c = s , bu erda
G - YAIMning xakikiy ko`shimcha o`sish sur`ati; Δ Y/ Y;
c- ishlab chikarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ;
s– Milliy daromaddagi jamgarish xajmi yoki jamgarishga o`rtacha moyillik, S / Y;
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta`minlangan o`sish sur`ati bo`lgan kafolatlangan (prognoz kilingan) o`sish sur`atiga asoslanib o`z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o`sish sur`ati jamgarishga o`rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniklanadi:
Gw = s / cr , bu erda:
Gw – kafolatlangan o`sish sur`ati
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti ( ktgan yillardagi shakllangan darajasi);
Bu ko`rsatkichlar doimiy bo`lganligi sababli kafolatlangan o`sish sur`atlari xam doimiy bo`ladi.
Agar xakikiy o`sish sur`ati kafolatlangan o`sish sur`atiga mos kelsa iktisodiyotda barkaror uzluksiz o`sish ta`minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo`lmasligi tufayli kiska muddatli davriy tebranishlar ro`y beradi.
Xarrod modelida resurslardan to`lik foydalangan sharoitda ta`minlanishi mumkin bo`lgan maksimal o`sish sur`ati tabiiy o`sish sur`ati deb nomlandi.
Gn cr = yoki ≠ s 
Iktisodiyotning barkaror dinamik muvozanati to`lik bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o`sish sur`atlari o`zaro teng bo`lganda ta`minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orkaliginaerishiladi. Neoklassiklar keynschilardan farkli o`larok iktisodiy o`sish modellarini tuzishganda iktisodiy o`sish ishlab chikarishning barcha omillari, shu jumladan texnik tarakkiyot tomonidan ta`minlanadi, kapital va mexnat subsititutlar, ular bir-birini alishtirishi mumkin, bozor mexanizmi va barkaror pul tizimi muvozanatni avtomatik tiklashi mumkin degan nazariy asoslarga tayanadilar. Neoklassik modellar barcha iktisodiy jarayonlarning anik xolatini kamrash xususiyatiga egadir.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda”Iktisodiy o`sish nazariyasiga xissa” asarida tasvirlab berildi va so`ngra 1957 yilda “Texnik tarakkiyot va agregativ ishlab chikarish funktsiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iktisodiy o`sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi xisoblanadi. Modelda yalpi taklif Kobba-Duglasning ishlab chikarish funktsiya bilan ifodalangan, ya`ni
Y= f( L,K,N), modelda yukori texnik rivojlanish boskichida erning kichik axamiyatga egaligi tufayli ishlab chikarish fakat mexnat resurslari va kapitalga boglik deb olingan.
Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko`rinishi kuyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K
Modelda yalpi talab investitsion va iste`mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi. 
Y = C + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko`rsatkichlari xam iste`mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
R.Solou bitta ishchiga to`gri keladigan maxsulot ishlabchikarish xajmi kapital bilan kurollanish darajasining funktsiyasi deb karaydi.
Kapital bilan kurollanganlik darajasining o`sishi esa jamgarish normasiga boglik. Jamgarish normasining o`sishi, kapital bilan kurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chikarishning yuksalishiga olib keladi. Ammo kapital jamgarish normasi yukori bo`lmasa kapitalning sikib ketishi, axoli sonining o`sishi tufayli kapital bilan kurollanganlik darajasi o`zgarmasdan kolishi yoki pasayib ketishi mumkin.
R.Soluning fikriga ko`ra , barkaror muvozanat sharoitida kapital, mexnat va milliy daromad darajasi bir xil, axoli soni o`sishiga teng sur`atda o`sib boradi. Axoli sonining tez o`sishi iktisodiyotning o`sish sur`atlari jadallashishiga ta`sir etadi, ammo barkaror muvozanat xolatida axoli jon boshiga maxsulot ishlab chikarish kamayadi. O`z navbatida, jamgarish normasining oshirilishi axoli jon boshiga to`gri keladigan daromad mikdorini oshiradi va kapital bilan kurollanganlik koeffitsentini ko`tarilishiga olib keladi, lekin barkaror xolatdagi o`sish sur`atiga ta`sir ko`rsatmaydi. SHu sababli barkaror xolatdagi iktisodiy o`sishning yagona sharti texnik tarakkiyotning o`sish sur`ati xisoblanadi.
Model asosida jamgarishning ”oltin koidasi” yotadi. e Felpsning “oltin koidasi” moxiyati shundaki jamgarishning shunday optimal normasi mavjudki u iste`molning maksimal darajasida muvozanatli iktisodiy o`sishni ta`minlaydi.
R.Solou modeli iktisodiy o`sishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik tarakkiyotning o`zaro alokadorliklarini ochib berish imkonini beradi. Davlat iktisodiy o`sishga jamgarish normasi xamda texnik tarakkiyotning tezligiga ta`sir etish bilan jadallashtirishi mumkin.
Xozirgi zamon iktisodiyotini taxlil kilishda yangi paydo bo`lgan iktisodiy o`sish modellaridan kam foydalanilmokda. Jumladan, J. Mid va A. L’yuis modellari iktisodiy o`sish masalasini o`ziga xos tarzda tushuntiradilar. Bu modellarning amaliy axamiyati ayrim mamlakatning rivojlanish darajasi va iktisodiyotining tuzilishidan kelib chikadi.




Xulosa


Iqtisodiy o'sish YaIMning o'sish sur'atlari yoki uning o'sish sur'atlari bilan o'lchanadi. Birinchi holatda yalpi ichki mahsulotning asosi 100% tomonidan qabul qilingan, ikkinchisining hajmi nolga teng bo'lgan ishlab chiqarish hajmi. Biroq, vaqt o'tishi bilan mutlaqo YaIMning mutlaqo qadriyatlari va vaqt o'tishi bilan ularning o'zgarishlari mamlakatning iqtisodiy kuchini va uning dinamikasini bildiradi. Biroq, millatning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi, aholining turmush darajasi aniq ko'rsatkichlar bilan o'lchanadi. Xususan, aholi jon boshiga YaIM. Mamlakatning yalpi ichki mahsuloti aholisi soniga bo'lingan holda, har bir kishi (jon boshiga) yalpi ichki mahsulot miqdorini aniqlash imkonini beradi.
Iqtisodiy o'sish taklifning tabiiy resurslar, mehnat resurslari, kapital, texnologiyalar kabi takliflar bilan belgilanadi. Iqtisodiy o'sishni tezlashtirish, asosan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni ko'paytirish orqali erishish mumkin. Bunga keng o'sish deyiladi. Maxsus ajoyib imkoniyatlar O'sishni tezlashtirish, mehnat kapitalining ko'payishi kabi omillardan foydalanish; Fan va texnologiya yutuqlari asosida ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; cheklangan resurslarning taqsimotiga hissa qo'shadigan iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish; Ishchilarning ta'lim darajasini oshirish va boshqalarning faoliyatini oshirish va hokazo. Ushbu omillar vaqt o'tishi bilan o'sib borayotgan intensiv o'sishni ta'minlaydi. Aholi sonining ko'payishi va ishlab chiqarish omillarining maksimal hosildorligi tufayli ochlikni saqlash tahdididan qochish mumkin. Iqtisodiy o'sishni o'rganishga yangi yondashuvlarni shakllantirishda iqtisodiy o'sish nazariyalari katta rol o'ynaydi. Bu ushbu nazariyalardan iqtisodiy o'sish sur'atlarini o'zgartirish choralarini ko'rish uchun yondashuvlar asosidir. Yangi, hali rivojlanayotgan sharoitlarda, iqtisodiy aloqalar U faqat iqtisodiy qayta tiklanish uchun hech qanday imkoniyat bermasdan, faqat o'lik bilan olib boradi. Shuning uchun iqtisodiy o'sish turini o'zgartirish va tarjima qilish ob'ektiv ravishda zarur milliy iqtisodiyot Intensiv rivojlanish yo'lida. Biroq, ekologik muammo kabi iqtisodiy rivojlanishning salbiy omillari haqida unutmaslik kerak. Va eng katta natijalarga erishish uchun olimlarning turli yo'nalishdagi rivojlanishidan foydalanish kerak. Iktisodiy o`sish to`lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish potentsial YAIM xajmining uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi. Iktisodiy o`sish real YAIM ning, yoki axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ni o`sish sur`ati bilan o`lchanadi. Iktisodiy o`sish taklif, talab va taksimot omillari bilan belgilanadi. Iktisodiy o`sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mexnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshkalar kiradi. Bulardan foydalanish usuliga ko`ra iktisodiy o`sish ekstensiv va intensiv turlarga bo`linadi. Ishlab chikarish resurslar mikdorini o`zgartirmagan xolda o`ssa, intensiv omillar xisobiga amalga oshgan xisoblanadi. Iktisodiy o`sish modellari deganda iktisodiy o`sishni taxlil kilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniklash va konuniyatlarini ochib berishga xizmat kiluvchi modellar tushuniladi. Keynschilar ( Xarrod, Domar) modellarida iktisodiy o`sishning asosiy omil investitsiyalar deb karaladi. Jamgarish normasini ko`tarish orkali investitsiyalarni ko`paytirish va ularning samaradorligini oshirish ixtisodiy o`sish shartlari deb karaladi.
Klassik modellarda iktisodiy o`sish ishlab chikarishning barcha omillariga boglik, mexnat va kapital o`zaro almashiniladi deb karaladi. SHunga ko`ra kapitalning ma`lum darajasida mexnatning kapital bilan kurollanganlik darajasi, o`z navbatida ishlab chikarish xajmi xam turlicha bo`ladi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin