1.Iqtisodiy o’sishning mazmun va mohiyati Iqtisodiy oʻsish — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr)larga nisbatan koʻpaygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining koʻpayishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy Oʻsishni shart qilib qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy Oʻsish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Iqtisodiy Oʻsish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy Oʻsish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil qoʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi.
Iqtisodiy Oʻsishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iktisodiy taraqqiyotining eng umumiy koʻrsatkichi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (YAIM) asos boʻlib xizmat qiladi va iqgisodiy oʻsishning muayyan davr mobaynida real YAIM hajmining ijobiy tomonga oʻzgarishini koʻrsatadi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari YAIM oʻsish surʼatlarida oʻz aksini topadi.
Iqtisodiy Oʻsish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi mamlakat iktisodiyoti holati va dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot bersada, iqtisodiy Oʻsishni toʻliq aks ettirmaydi. Mas, mamlakat aholisining Oʻsish surʼati 3% ni, real YAIM ning Oʻsish surʼati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi oʻsgan boʻlsada, kishilarning daromadlari oʻzgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy Oʻsishni toʻlaroq aks ettirish uchun boshqa bir koʻrsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YAIMning oʻzgarishi qoʻllaniladi.
Real YAIM hajmining oʻzgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oraligʻidagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real YAIM hajmining oʻzgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi.
Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YAIM ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va mehnat resurslarining oʻzaro taʼsirida shakllanadi. Bular iqtisodiy Oʻsishning miqdoriy omillariga kiradi (mas, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YAIM oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi). Ushbu omillarni ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy Oʻsishekstensiv oʻsish deb ataladi.
Iqtisodiy Oʻsishning sifat omillari ham mavjud boʻlib, ularga mehnat, kapital va yer (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz beradigan iqtisodiy Oʻsish intensiv oʻsish deb yuritiladi.
Ishlab chiqarish omillarining cheklanganligi ekstensiv Oʻsish.ning imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababli resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv oʻsish samarali hisoblanadi. Fantexnika taraqqiyoti ham intensiv iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiradi. Keyingi yillarda bir qator ijtimoiy qoʻrsatkichlar iktisodiy Oʻsish sharti va natijasi tarzida qaralmoqda. Oʻsish sohasida — bandlikning yukobiy dinamikasi; taqsimot sohasida — aholining real daromadlari va boshqalar bir qator koʻrsatkichlar dinamikasi; ayirboshlash sohasida — savdo va umumiy ovqatlanish moddiy bazasining rivoji, chakana savdo aylanmasi dinamikasi; isteʼmol sohasida — isteʼmolning va noishlab chiqarish jamgʻarishning oʻsishi shunday koʻrsatkichlarga kiradi. Iqgisodiy oʻsishning asosiy ijobiy tomoni — uning ishlab chiqarish va isteʼmol tuzilmasi oʻzgarishlariga taʼsir koʻrsatishidir.
Yuqoridagi rasmda biz turli xil davlatlardagi yalpi ichki mahsulotni o’sish qiymatlarini ko’rishimiz mumkin.
YAlpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroikisodiy jarayonlarni taxlil kilar ekanmiz kiska davrda real YAIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To`lik bandlilik darajasiga erishilgandan so`ng real YAIM xajmini bundan keyingi ko`paytirish uchun yalpi taklif egri chizigini o`ngga siljishiga erishishimiz, ya`ni foydalanilayotgan resurslar mikdorini ko`paytirishimiz zarur.
“Agar iktisodiyotning kiska muddatli xolati ko`prok yalpi talab bilan belgilansa , uzok davrga iktisodiyotning rivojlanishi ko`prok ishlab chikarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. SHu sababli iktisodiy o`sishni modellashtirishda dikkat markazida real sektor turadi”*Iktisodiy o`sish to`lik bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chikarish darajasini uzok muddatli ko`payishi tendentsiyasini anglatadi. Iktisodiy o`sish jami taklifning o`sishini yoki boshkacha aytganimizda, xakikiy va potentsial YAIM xajmining oshishini bildiradi. Iktisodiy o`sish nafakat mamlakat real daromadlarining o`sishi, shuningdek, jon boshiga to`gri keladigan real daromadlarning o`sishini xam anglatadi. SHu sababli xam iktisodiy o`sish ikki xil usul bilan o`lchanadi.
Birinchi usulda iktisodiy o`sish real YAIM ni o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi va mamlakatning umumiktisodiy imkoniyatlari dinamkasini aniklash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iktisodiy o`sish axoli jon boshiga to`gri keladigan real YAIM ning o`tgan davrga nisbatan o`zgarishi sifatida aniklanadi.
Iktisodiy o`sish nazariyasi va modellarida YAIM o`rniga SIM, YAMD, SMD ko`rsatkichlaridan xam foydalanilishi mumkin. Iktisodiy nazariyada iktismodiy o`sish daromadlarni kanday nisbatlarda iste`mol va investitsiyalarga bo`linishiga boglik deb karaladi.
. Iste`mol xajmi dinamikasi iktisodiyotning provard maksadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar xajmining o`zgarishi resurs imkoniyatlarining o`sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. Iste`mol va investitsiya o`rtasida etarlicha mukobillik mavjud, chunki, joriy iste`mol mikdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iktisodiy o`sish imkoniyatlarini kiskartiradi.
Iktisodiy o`sish real kattaliklarda, kiyosiy baxolarda o`lchanadi..
Xar bir mamlakat iktisodiy o`sishga intiladi, chunki iktisodiy o`sish, birinchidan, milliy maxsulot xajmi va daromadning ko`payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi extiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo`lishiga, to`rtinchidan, xalkaro bozorlarda mamlakat obro`sining oshishiga olib keladi.
Iqtisodiy o'sish kategoriyasi har qanday iqtisodiy tizimlarda ijtimoiy ishlab chiqarishning eng muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Iqtisodiy o'sish deganda ma'lum vaqt oralig'ida ma'lum darajada cheklangan resurslar muammosini hal qilish osonlashadi va inson ehtiyojlarini yanada kengroq qondirish mumkin bo'ladi. Iqtisodiy o'sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismidir. Iqtisodiy o'sishni yalpi ichki mahsulot mutloq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot miqdorining ortishi orqali o'lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog'liq bo'ladi. Odatda, biron-bir mamlakat iqtisodiy o'sishini yalpi ichki mahsulot mutloq hajmining ortishi orqali o'lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot miqdorining ortishi orqali o'lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo'llaniladi. Mamlakatning iqtisodiy o'sish sur’atini tavsiflaydigan mazkur ko'rsatkichlar (real yalpi ichki mahsulot va aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulotning o'sishi) miqdoriy ko'rsatkichlar bo'lib, ular birinchidan, mahsulot sifatining oshishini to'liq hisobga olmaydi va shu sababli farovonlikning haqiqiy o'sishini to'liq tavsiflab berolmaydi; ikkinchidan, real yalpi ichki mahsulot va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotning o'sishi bo'sh vaqtning sezilarli ko'payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi; uchinchidan, iqtisodiy o'sishni miqdoriy hisoblash boshqa tomondan uning atrof muhitga va insonning hayotiga salbiy ta'sirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy o'sish o'z ifodasini potentsial va real yalpi milliy mahsulotning (YaIM 1-rasm) o'sishida, millat, mamlakat, mintaqaning iqtisodiy qudratining oshishida topadi. Tor ma'noda iqtisodiy o'sish - bu bevosita ishlab chiqarish bosqichida tug'iladigan jarayon bo‘lib, ijtimoiy ishlab chiqarishning qolgan bosqichlarida barqaror xarakter kasb etadi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning miqdoriy va sifat jihatdan o‘zgarishiga, ma’lum bir davrda ijtimoiy mahsulotning ko‘payishiga va xalq farovonligining oshishiga olib keladi. Keng ma'noda: iqtisodiy o'sish, iqtisodiy rivojlanish mezoni sifatida, o'z mohiyatiga ko'ra, jamiyat taraqqiyotining umumiy trayektoriyasining asosiy tarkibiy qismidir. Boshqa tarkibiy qismlar (ijtimoiy, siyosiy, demografik va boshqalar) bilan birgalikda u jamiyat harakatining yo'nalishini, butun ijtimoiy rivojlanish xarakterini belgilaydi (progressiv, regressiv yoki inertial). Bugungi kunda iqtisodiy o'sish zamonaviy dunyoning muhim xususiyati hisoblanadi. Aholi soni ortib bormoqda, ishlab chiqarish va bandlik ko‘lami, milliy mahsulot, turmush darajasi, ishdan ko'proq bo'sh vaqt iqtisodiy o'sishdan dalolat beradi.
Yalpi ichki mahsulot — umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroiqtisodiy koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymati (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan). Shuningdek, YIMA davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi. YIM ushbu yildagi narxlarning oʻsishini joriy narxlarga (nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi. YIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YIM darajasi yordamida aniqlanadi. YIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YIM imkoniyati — bu YIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi.[2] YIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun "Bozor qiymati" deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.
Yalpi ichki mahsulot mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan koʻrsatkich ham hisoblanadi. Mamlakat hududida joylashgan barcha korxonalar (chet el va qoʻshma korxonalari ham shu hisobga kiradi) tomonidan jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi boʻlib, uning miqdori milliy hisoblar tizimi asosida hisoblab chiqiladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini makrodarajada tavsiflash va tahlil etishda foydalaniladi.