Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasida ijtimoiy siyosatning o‘rni. Anotatsiya. Kirish. Adabiyotlar tahlili


Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo‘lish shakllari



Yüklə 133,41 Kb.
səhifə4/9
tarix20.05.2023
ölçüsü133,41 Kb.
#118329
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Иқтисодий хавфсизлик

Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo‘lish shakllari.



Iqtisodiy xavfsizlik davlatni moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi, buning uchun iqtisodiyot sohasini rivojlantirish bo‘yicha barcha chora tadbirlarni amalga oshirish lozim.
«Iqtisodiy xavfsizlik» kategoriyasi umumlashma xususiyatga ega bo‘lib, barqarorlikni ham, mustaqillikni ham, manfaatlarni ham qamrab oladi. Iqtisodiy xavfsizlikning juda murakkab va ko‘p darajali tuzilishida «barqaror iqtisodiy o‘sish» va «iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish» yetakchi o‘ringa chiqib bormoqda, aynan ular mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda ustunlik qiladi. U yoki bu kategoriyaning predmetini ta’riflash tadqiqot obyektini aniqlashni taqozo etadi. Ammo «predmet» va «obyekt» turli tushunchalardir. Predmet hodisaning mohiyatini, obyekt esa hodisaning o‘zini ifodalaydi. Iqtisodiy xavfsizlikning obyektlarini umuman mamlakatning iqtisodiy tizimi va uning quyidagi tarkibiy qismlari tashkil etadi: tabiiy resurslar, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari, mehnat resurslari, moliyaviy resurslar, xo‘jalik tuzilmalari, ijtimoiy birliklar, oila, shaxs va h.k.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, ichki iqtisodiy muammolarni hal qilish bilan bog‘liq tashqi tahdidlarni ham bartaraf etishdir, bular hozir tarixiy bosqichda iqtisodiy xavfsizlikka asosiy tahdiddir.
Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo‘lish shakllarini uning subyektlari va obyektlari nuqtai nazaridan turkumlash mumkin. Iqtisodiyot subyektlari nuqtai nazaridam iqtisodiy xavfsizlik quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
shaxsning iqtisodiy xavfsizligi;
korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi;
davlatning iqtisodiy xavfsizligi.
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi uning hayotiy manfaatlarini, ya’ni yashash va shaxsiy daxlsizlik, erkin mehnat qilish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish, mulkdor bo‘lish, hayotiy iste’mol ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, bilim olish va kasbga ega bo‘lish, qariganda va mehnat yo‘qotganda intimoiy ta’minot olish huquqlarining himoyalanganligini ifodalaydi. Bunda shaxsning bozor iqtisodiyotida iste’molchi va ishchi, xizmatchi, tadbirkor sifatidagi ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklari, manfaatlarining himoyalanganligi, kafolatlanganligi nuqtayi nazaridan iqtisodiy xavfsizlikning ikki turini ajratib ko‘rsatish lozim.


Yüklə 133,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin