Mavzu: Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasida ijtimoiy siyosatning o‘rni. Anotatsiya. Kirish. Adabiyotlar tahlili


Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasida ijtimoiy siyosat



Yüklə 133,41 Kb.
səhifə7/9
tarix20.05.2023
ölçüsü133,41 Kb.
#118329
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Иқтисодий хавфсизлик

4. Iqtisodiy xavfsizlik strategiyasida ijtimoiy siyosat.


Ijtimoiy sohadagi manfaatlar milliy manfaatlarning eng asosiylaridan bo‘lib hisoblanadi. Ijtimoiy sohadagi manfaatlar xalqning yuqori turmush darajasini ta’minlash borasidagi davlat siyosatida aks etadi. Aynan ijtimoiy sohadagi manfaatlar amalga oshganda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatga erishiladi.
Aholining yuqori turmush darajasi uning pul daromadlari dinamikasida, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar iste’moli, aholining mulkiy tabaqalashuvi darajasida, bandlik darajasida, aholining barcha qatlamlari uchun sog’liqni saqlash, ta’lim xizmatlaridan bahramand bo‘lish imkoniyatlari mavjudligida namoyon bo‘ladi.
Aholi turmush darajasi milliy va shuningdek iqtisodiy xavfsizlikning eng asosiy ijtimoiy indikatorlaridan bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham respublikaning mustaqil taraqqiyoti davrida aholini turmush darajasini oshirish borasida islohotlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi.
Respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilish quyidagilarni o‘z ichiga olgan mexanizm asosida amalga oshirildi:
- nogironlar, yetim qolgan bolalar, yolg’iz qariyalarni ijtimoiy ta’minlashni o‘z ichiga olgan tizim;
- kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tizimi;
- aholining alohida guruhlari uchun ijtimoiy imtiyozlar tizimi;
- pensiya ta’minoti tizimi;
- pensiya tizimi orqali qamrab olinmagan keksa kishilarga nafaqa to‘lash tizimi;
- ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimi.
Mustaqillik davrida amalga oshirilgan islohotlarning birinchi bosqichida inson va oila hayotining barcha sohalarini ta’minlashga, umuman, aholining turmush darajasini oshirishga qaratilgan va bir-birini to‘ldiruvchi chora-tadbirlarning butun bir tizimi shakllandi. Bu davrda narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirish ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib keldi. Islohotlarning ushbu bosqichida daromadlar nisbatini o‘zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg’arma banklaridagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o‘zida markazlashtirilgan tarzda qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshirildi. 90-yillarning birinchi yarmida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha bor oshirildi.
Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziqovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish chora-tadbirlari ko‘rilganligi aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash va ularning turmush darajasini oshirishning ikkinchi eng muhim yo‘nalishi bo‘ldi.
Islohotlar chuqurlasha borgan sari Respublika aholisi manfaatlarini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimiga o‘tish boshlandi. Bunda ichki narxlarni jahon narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholi daromadlarini shunga muvofiq ravishda oshirish yo‘li bilan himoyalash chora-tadbirlari ko‘rildi.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi «Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamiz» bo‘lib, inson, jamiyat va davlatning muhim manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Sababi bu milliy iqtisodiyot o‘sishining yuqori sur’atlari va investitsiya resurslariga kuchayib borayotgan talabni qondirishga xizmat qiladi.
Milliy manfaatlarni amalga oshirish mamlakatni iqtisodiy suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan izchil iqtisodiy o‘sish orqali ta’minlanadi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy xavfsizlikning muhim sharti hisoblanadi.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi.
Shu ayonki, har qanday jamiyatda o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish va farovon yashash uchun iqtisodiy o‘sish yuz berishi kerak. Iqtisodiy o‘sish deganda, iqtisodiy ravnaq, ya’ni iqtisodiyotning dinamik rivojlanishi bo‘lib, yaratilgan tovarlar va xizmatlarning ko‘payib borishini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi.
Shu bois ham, Harakatlar strategiyasi iqtisodiy o‘sishning «sifati»ni oshirish maqsadini ko‘zlagan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy o‘sishning insonga xizmat qilishining ahamiyatiga to‘xtalar ekan shunday deydi: «Hammamizga ayonki, o‘sish sur’atlari – bu shunchaki bir maqsad emas. Bunday o‘sish avvalo xalqimizga, har bir fuqaroga qanday naf yetkazishi, uning dasturxonida, kundalik hayotida aks etishi biz uchun muhim masala» bo‘lib qoladi.
Respublika aholisini turmush darajasini oshirish va shu orqali mamlakatda ijtimoiy va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda faol ijtimoiy siyosatning uchinchi yo‘nalishi katta o‘rin tutdi. Bunda aholini kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazildi. Bunday siyosat aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar va aholining shunga o‘xshash boshqa guruhlarini himoya qilish davlatning asosiy vazifasi, degan qoidadan kelib chiqib amalga oshirildi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida aholining eng muhtoj, ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari manfaatlarini himoya qilish mumkin bo‘ldi, bu esa aholining muayyan bir qismi qashshoqlashuvining oldini olish, fuqarolar tinchligi va ahilligini ta’minlash imkonini berdi.
Islohotlar chuqurlasha borgan sari aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan ijtimoiy himoya tizimiga o‘tildi. Bunday tizimning eng muhim xususiyati, aholining turli qatlamlariga qat’iy tabaqalashtirilgan tarzda yondashuvdan iborat bo‘ldi.
Ijtimoiy ko‘maklashuvning ta’sirchan tizimini tashkil etish yo‘llarini izlash natijasida ko‘maklashishning eng sodda, ammo samarali va ochiq vositasi bo‘lgan mahalla orqali muhtojlarga yordam berishga o‘tildi. Muhtoj oilalarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tayinli resurslar ajratib berish maqsadida mahallalarda respublika va mahalliy byudjet mablag’lari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o‘tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus jamg’armalar hosil qilindi.
So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo`llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o`sib borgani yaqqol namoyon bo`lmoqda.
O`tgan davr mobaynida aholi jon boshiga daromadlar muntazam ravishda oshib borgan va 2016 yil ma`lumotlari bo`yicha daromadlar 2000 yildagi darajasiga nisbatan 11,7 marta real oshgan. Shuningdek, ushbu davr oralig`ida o`rtacha ish haqi hamda pensiyalar miqdori mos ravishda 23,6 va 18,1 marta ortgani kuzatildi.
Shunday ekan, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Darhaqiqat, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi shaxs, jamiyat va davlatning muhim manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.
Biroq, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: «Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha O‘zbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat o‘rtasida 134-o‘rinda turibdi. Vaholanki, O‘zbekiston juda boy tabiiy resurslarga, katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan davlat. YUrtimiz zaminida oltin, kumush, mis, uran, neft, tabiiy gaz, ko‘mir kabi tabiiy qazilma boyliklarning katta zaxiralari mavjud. Umuman, Mendeleevning kimyoviy moddalar jadvalidagi barcha elementlarni mamlakatimizdan topish mumkin».
O`z navbatida, 2016 yil ma`lumotlari bo`yicha daromadlar tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi 73,3 foizni (2010 yilda 69,9 foiz), transfert shaklida olingan daromadlarning ulushi 20,3 foizni (2010 yilda 25,9 foiz), mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 4,0 foizni (2010 yilda 2,4 foiz), shaxsiy iste`mol uchun o`zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi esa 2,4 foizni (2010 yilda 1,8 foiz) tashkil etgan. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar ulushi ko`payishining asosiy omili bo`lib yangi ish o`rinlarini yaratish orqali aholi bandligini oshirishga qaratilgan maqsadli choratadbirlarni amalga oshirilishi natijasida yuzaga kelganligidir.
Aholi daromadlarini oshib borishi bilan bir vaqtda mamlakatimizda
iste`mol tovarlarining mahalliylashtirilishi hamda ularni ishlab chiqarish
hajmini oshirish, aholiga xizmat ko`rsatish turlarini kengaytirish hisobidan
ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratib
kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish» vazifasi qo‘yilgani muammoning jiddiyligidan dalolat beradi.
Shuningdek, aholining iste`mol xarajatlari tarkibi yildan yilga optimallashib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar barqarorlashib, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlar ulushi ortib bormoqda. Buni quyida keltirilgan grafikda ham ko`rish mumkin.
Bozor munosabatlari vujudga kelayotgan davrda jamiyatdagi ma’naviy, axloqiy muhit, odamlarning ruhiy va jismoniy holati maorif, sog’liqni saqlash hamda madaniyat va san’at sohalarining rivojlanganligiga bog’liq ekanligini hisobga olgan holda ushbu sohalar alohida qo‘llab-quvvatlandi.
Mamlakatni va jamiyatni isloh qilishning eng murakkab o‘tish davrida kuchli ijtimoiy siyosat olib borilganligi va aholini himoya qilishning o‘xshashi bo‘lmagan, samarali mexanizmini ishlab chiqilganligi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamladi va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qildi.
Iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi.
Mustaqillik yillarida respublikada aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha olib borilgan siyosat to‘la-to‘kis o‘zini oqladi. Bunday siyosat o‘rtacha umr ko‘rish darajasini uzayishi, aholi daromadlarini oshishi, turmush darajasini ko‘tarilishi, ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy barqarorlikka erishish, turli tahdidlarni oldini olish va oxir-oqibatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun zamin yaratdi.
Agar aholi sonining oshib borishi va har bir kishining tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabi oshib borishini hisobga olsak, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni jadal rivojlantirish o‘ta jiddiy va dolzarb hayotiy masala ekanligi hammaga ayon bo‘ladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va aholining ularga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, jumladan, maqbul narxlar bo‘yicha keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan xalqimizni to‘liq ta’minlash oldimizda turgan muhim vazifalar qatoriga kiradi»
Aholi ish haqi va daromadlarining o‘sish sur’ati eng muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida aholining real daromadlari sezilarli darajada o‘sdi.
Respublikada har 3 yilda ish haqini 2-2,5 barobar oshirish muhim strategik vazifa bo‘lib hisoblanadi. Shu tariqa, aholining xarid qobiliyatini hisobga olgan holda, yaqin yillar ichida xalq farovonligi va daromadlarini ta’minlash bo‘yicha yuksak marralarga erishayotgan mamlakatlar darajasiga ko‘tarilish respublika oldidagi asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilandi.
Respublikada daromadlar tarkibining takomillashuvi xarajatlar va iste’mol tarkibining ham yaxshilanishiga olib kelmoqda. Aholining banklarga qo‘yilmalari va qimmatbaho qog’ozlar ko‘rinishidagi naqd pul jamg’armalari ko‘payish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shu bilan birga aholi iste’mol xarajatlari tarkibida ovqatlanish uchun xarajatlarning kamayishi va xizmatlarga bo‘lgan xarajatlarning o‘sishi tendensiyasi davom etmoqda.
Mamlakatdagi xufiyona iqtisodiyotning ko‘lami kengayib borishi, o‘z navbatida, hududda yaratilgan milliy boylikni taqsimlash va qayta taqsimlanishida tengsizlikni keltirib chiqaradi. Aholi daromadlarining to‘g‘ri taqsimlanmasligi, jamiyatda ijtimoiy muxitning yomonlashuvi, davlatning iqtisodiyotni boshqarish mexanizmlarining kuchsizlanishiga olib keladi. Jamiyatda jinoiy xarakterdagi faoliyatning hamda uyushgan jinoyatchilikning avj olishiga sharoit yaratib beradi. Mamlakatning investitsion muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Umuman aytganda, “xufiyona iqtisodiyot”ning kengayishi aholining siyosiy xokimiyatga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi. Davlat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarga to‘sqinlik qiladi. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, ularga turli xil shaklda imtiyozlar berish – yashirin iqtisodiyot miqyosini kamaytirishda muhim bir omil bo‘lib hisoblanadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har bir mamlakat o‘zining iqtisodiy xavfsizligini turli tahdidlar, xavf-xatarlardan barqaror himoyalanishini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish, institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish bo‘yicha quyidagi maqsadlarni belgilab olishi muhimdir:
- aholining barcha ijtimoiy guruhlari va tabaqalari turmush darajasini oshirish orqali jamiyat barcha a’zolarining birdamligiga erishish;
- milliy iqtisodiyotga xususiy investitsiyalarni kiritishni rag‘batlantirish, investitsion jarayonlarni faollashtirish;
- qat’iy soliq, pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta qadrini oshirish va mustahkamlash;
- tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish va samarali bojxona nazorat tizimini shakllantirish;
- mamlakat fani va intellektual salohiyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash;
- mamlakat hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni kuchaytirish orqali ichki iqtisodiy makonni mustahkamlash;
- xo‘jalik subyektlarining xalqaro bozorlarga chiqishdagi mustaqilligi va erkinligini ta’minlash;
Shuni aytib o‘tish joizki, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda iqtisodiy vosita va chora-tadbirlar bilan bir qatorda, korrupsiya, tashkiliy jinoyatchilik, xufiyona iqtisodiyotga qarshi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy tavsifdagi chora-tadbirlar, vositalardan ham foydalaniladi. Bunda iqtisodiy boshqaruv organlari huquq-tartibot, davlat xavfsizlik xizmati, chegara, bojxona organlari bilan birgalikda o‘zaro aloqadorlikda faoliyat yuritadilar.
Yashirin iqtisodiyot aylanmasi quyidagi usullar bilan hisoblanishi mumkin:
1) aholining iste’mol xarajatlari bilan rasman inobatga olinadigan tovar va xizmatlar aylanmasi (muomalasi) o‘rtasidagi farq;
2) aholining iste’mol xarajatlari bilan tovar va xizmatlar, jumladan sotishning barcha kanallari orqali amalga oshiriladigan tovar aylanmasi (muomalasi) o‘rtasidagi farq.
Bandlik ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlash usuli quyidagicha tadqiqot o‘tkazish imkonini beradi:
hisob-kitob asosida bandlikning amaldagi va rasman qayd etilgan darajasi o‘rtasidagi farq yotadi;
hisob-kitob asosida amalda ishlangan va rasman qayd etilgan vaqt o‘rtasidagi farq yotadi.
Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda yashirin iqtisodiyotning ma’lum ko‘rsatkichlari mavjud, (daromadlari haqida ma’lumot taqdim etmaydigan taksi haydovchilari, doimiy bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, noqonuniy faoliyat olib boruvchi firmalar va hakazo...). Jahon bankining tahlil natijalariga ko‘ra yashirin iqtisodiyotni vujudga kelishiga asosan sog‘lom biznes muhitinining rivojiga bo‘lgan to‘sqinliklar sabab bo‘ladi.
Davlat iqtisodiyotni samarali boshqara olmas ekan, tadbirkorlikni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlar yaratmas ekan, xufyona iqtisodiyot xunuk ko‘rinishlarga ega bo‘lib, miqyoslari kengayib boraveradi. Xufyona iqtisodiyot miqyoslari, ayniqsa, inqirozlar davrida, yuqori inflyasiya va valyuta kurslarining keskin o‘zgarib turishi, bozor xo‘jaligida muvozanat buzilgan sharoitda shiddat bilan kengayib boradi.


XULOSA


Bugungi kunda iqtisodiyotimiz tobora rivojlanib bormoqda. Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, uni ham iqtisodiy ham itimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta’minlash, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, jahon moliya bozorlari qatoriga kirish bizning bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda bir qancha islohotlar, yangidan yangi loyihalar, dasturlar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq qilinmoqda.
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi o`zbek iqtisodiyotida yangi sohalardan hisoblanadi. U mamlakatni iqtisodiy resurslarining xavfsizligini ta’minlaydi. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati rivojlangan sari, mamlakatga chetdan kirib keluvchi import tovarlarining ham soni ortib boradi. Bunda kirib kelayotgan har bir tovarning qonuniy ravishda mamlakat hududiga olib kirilayotganligi, aholining salomatligiga qay darajada ta’sir ko’rsatishini bilish mamlakat uchun muhim sanaladi. Bu o’z navbatida, mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikka bo’lgan ehtiyojni paydo qiladi. Aslini olganda, iqtisodiy xavfsizlik ham qaysidir ma’noda mamlakat xavfsizligining bir bo’lagi hisoblanadi.
Bozor munosabatlariga o'tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat xo'jalik subyektlari faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashi va fuqarolarga ziyon keltirishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik va o'rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko'paytirish, iqtisodiyot sohalari raqobatbardoshligini rivojlantirish, fond bozori, yer va ko'chmas mulk bozorlarini shakllantirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak bo’ladi. Iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish davlatning strategiyasi siyosati va iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi asosida amalga oshiriladi. U O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini, milliy boyligini ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoya qilishni ko`zda tutadi. Ushbu konsepsiya bu boradagi siyosatni belgilab beruvchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni rivojlantirgan holda moliyaviy bozorni yanada takomillashtirishimiz mumkin bo’ladi. Moliya bozorining rivojida o’ziga xos
ahamiyatga ega bo’lgan bank tizimini olib qarasak. Banklarning barqaror faoliyati uchun jamiyatning butun bir bank tizimiga bo’lgan ishonchi yuqori bo’lishi kerak. Shunda aholining bo’sh turgan mablag’lari, jamg’arib boriladigan mablag’lari aynan bank tomonidan saqlanadi. Natijada banklarda pul aylanmasi tezlashadi va ularning mustahkam barqaror holatini saqlanishiga erishiladi. Xorijiy rivojlangan mamlakatlarning bank tizimiga, xususan dunyo miqyosida eng mashhur hisoblangan Shvetsariya bank tizimini olib qaraydigan bo’lsak. Bu bankning o’ziga xos jihatlaridan biri, uning amaldagi soliq solish tizimi bilan bog’liq emasligidadir, ya’ni bunda bank operatsiyalari natijasida kelib tushgan daromadlar omonatchilarga sof holda, hech qanday qo’shimcha to’lov undirmasdan yetib boradi. Bundan tashqari depozit qutichalari ham yuqori darajada kodlashtirilgan tizimga ega, hamda depozit egasining shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham sir saqlanadi. Bankdan foydalanuvchilarning huquqlari yuqori himoyalangan va bu o’z navbatida ularning bankka bo’lgan ishonchini mustahkamlashga zamin bo’ladi.
Bizning mamlakatimizda omonatlarning xavfsizligi biroz sust rivojlangan. Omonatga pul mablag’larini qo’ygan shaxs ertaga uni hech qanday yo’qotishlarsiz olishiga ko’zi yetmaydi. Shuning hisobiga aholi qo’lidagi jamg’arib borish darajasi biroz yuqori ko’rsatkichni ko’rsatadi. Bank tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatning ishonchini oshirish, ularning pul mablag’lari hamda turli depozit qutichalarida saqlanadigan qimmatbaho buyumlarining xavfsizligini ta’minlash moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Iqtisodiy xavfsizlik o’z navbatida, ma’lum bir usullar yordamida ta’minlanadi. Shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga oid axborotlarni topish va jamlashda omilli analiz usulidan foydalaniladi. Iqtisodiy xavfizlikni omilli analizga asoslanmagan holda tadqiq etib bo’lmaydi, chunki iqtisodiy xavfsizlik ham bir tizim bo’lib, u bir qator o’zgaruvchi hodisalar bilan bog’liq bo’ladi. Iqtisodiy xavfsizlikni o’rganish omillari, omilli matritsa, deb nomlanuvchi indikatorlar (ko’rsatkichlar) bilan bog’liqdir. Omilli matritsa analiz davomida aniqlangan omil va indikatorlarning o’zaro bog’liqlik darajasini xaraktеrlaydi. Omilli analizning asosiy maqsadi shaxs, jamiyat va davlat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlaydigan umumiy qoidalarni ishlab chiqish va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotini hamda ijtimoiy sohani rivojlantirish jarayonidagi kamchiliklar bilan uzviy bog’lanishini ta'minlashdan iboratdir.
Umuman olganda, iqtisodiy xavfsizlik mamlakat xavfsizligi deb bejiz ta’kidlanmaydi. Aholi istemol qiladigan har bir mahsulot iste’mol darajasiga tayyor bo’lishi bu o’ta muhim hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligi qanchalik kuchli rivojlangan bo’lsa, kirib kelayotgan tovarlar, yaratilayotgan mahsulotlar shunchalik iste’molga yaroqli va sifatli bo’ladi, jamiyat xavfsizligi ta’minlanadi, ular turli yaroqsiz mahsulotlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kasalliklardan himoya qilinadi.
Demak, mamlakatning rivojlanishida uning iqtisodiy jihatdan xavfsizligini ta’minlay bilish muhim hisoblanadi. Bu o’z navbatida bir tomondan davlat xavfsizligi hisoblansa, boshqa tomondan iqtisodiy rivojlanish asosi bo’lib xizmat qiladi.



Yüklə 133,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin