1-rasm. Iqtisodiyot subyektlarining xavfsizligi. Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligini tahlil qilish jarayonida ularni islab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, moliyaviy, savdo-tijorat, notijorat va jamoatchilik tashkilotlari mavqeyida faoliyat yuritishlari nuqtayi nazaridan turkumlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Korxona (firma)ning ixtisosligiga ko‘ra xavfsizligini ta’minlashning xususiyatlari ham turlicha bo‘ladi. Xo‘jalik faoliyati sohalarida yuzaga keladigan iqtisodiy xavfsizlik turlari: 1. Ishlab chiqarish-xo‘jalik sohasidagi xavfsizlik: - energetik xavfsizlik; - texnologik xavfsizlik va h.k. 2. Xo‘jalik-iste’mol sohasidagi xavfsizlik: - oziq-ovqat xavfsizligi; - ekologik xavfsizlik va h.k. 3. Moliyaviy xavfsizlik: - qarzdorlik; - to‘lovga noqobillik va h.k. Iqtisodiy xavfsizlik turlarining mohiyati, vujudga kelish sabablarini o‘rganish, milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash, ularning oldini olish va uklardan muhofazalanish chora-tadbirlari, mexanizmlarini ishlab chiqish hamda vujudga keltirishga imkon beradi. Buning uchun ushbu xavfxatarlar va xavfsizlik darajasini aniqlash, ularning ko‘rsatkich va mezonlarini o‘rganish lozim bo‘ladi.
2. Iqtisodiy manfaatlar va tahdidlar.
Jamiyatda inson, xo‘jalik subyektlarining faoliyati ularning ehtiyojlarini qondirish va manfaatlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida amalga oshiriladi. Ehtiyoj kishilar hayotini saqlash, inson organizmi va shaxsni rivojlantirish uchun uning zaruriy ne’matlarga va narsalarga bo‘lgan obyektiv zarurati hisoblanadi. Inson o‘z ehtiyojlarini qondirish zarurligini anglaganida manfaat yuzaga keladi. Manfaat esa mehnatga, faoliyatga undovchi motivatsiyani vujudga keltiradi. Iqtisodiy xavfsizlikka asosiy tahdidlar – mamlakatning iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, shaxs, jamiyat, davlatning iqtisodiy manfaatlarini cheklaydigan, milliy qadriyatlar va turmush tarziga xavf soladigan hodisalar va jarayonlar. Iqtisodiy anglangan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning namoyon bo‘lish shaklidir. Manfaatlar xo‘jalik yuritishdan ko‘zlangan naf va yutuqni ifodalaydi. Ularga erishilganda xo‘jalik subyekti mustaqillikka va o‘zidan-o‘zi rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu boisdan iqtisodiy manfaatlar xo‘jalik faoliyatini yuritishdan ko‘zlangan iqtisodiy maqsadlarni ham ifodalaydi. Iqtisodiy maqsadlar umumiy tarzda quyidagicha turkumlangan: 1. Iqtisodiy o‘sish. Ko‘p miqdorda hamda yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish, ya’ni yuqori turmush darajasini ta’minlash. 2. To‘liq bandlik. Ishlashga qodir bo‘lgan va ishlashni xohlaydigan kishilarni o‘zlariga mos mashg’ulot bilan ta’minlash. 3. Iqtisodiy samaradorlik. Cheklangan ishlab chiqarish resurslarini minimal darajada xarajat qilib, maksimal natija olishga intilish. 4. Barqaror narx darajasi. Umumiy narx darajasining keskin ko‘tarilishi yoki pasayishi, ya’ni inflyatsiya yoki deflyatsiyaning yuqori darajada o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rish. 5. Iqtisodiy erkinlik. Korxona boshqaruvchilari, ishchilar va iste’molchilar o‘z iqtisodiy faoliyatida yuqori darajada erkin bo‘lishlari kerak. 6. Daromadlarning oqilona taqsimlanishi. Aholining eng boy va eng kambag’al, ya’ni kam ta’minlangan qatlamlari o‘rtasida farq kata bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rish. 7. Iqtisodiy jihatdan ta’minlash. Mehnatga layoqatsiz, kasalmand, qari, mayib, majruh va boshqa kam ta’minlangan, yordamga muhtoj aholi guruhlarini ijtimoiy himoyalash. 8. Savdo balansi. Xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy bitimlar oqilona balansini ta’minlashga intilish. Ushbu umumiy iqtisodiy maqsadlar xo‘jalik yuritishning mikro va makro darajalaridagi, turli iqtisodiyot subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini umumiy tarzda ifodalaydi. Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari farqlanadi: – xalqaro (global va mintaqaviy); – milliy; – lokal (mamlakat ichidagi mintaqaviy yoki tarmoq); – xususiy (korxonalar va shaxs). Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – kelishuvlar va institutsional tuzilmalarning birga mavjud bo‘lishiga imkon yaratuvchi xalqaro shartsharoitlar majmui bo‘lib, bunda jahon hamjamiyatining a’zosi bo‘lgan har bir davlatga tashqi bosimga duchor etilmaslik, dunyodagi qolgan mamlakatlarning mazkur davlatning ichki ishlariga aralashmasligi, hamjihatligi, o‘zaro maqbul va foydali hamkorlik qilishlariga umid qilish asosida o‘zining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish strategiyasini erkin tanlash va amalga oshirish imkoniyati ta’minlanadi. Iqtisodiy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishning ichki va tashqi shart sharoitlari mavjud bo‘lib, ichki sharoitlariga shaxsning rivojlanishi, konstitutsion tuzumning mustahkamlanishi, mamlakat hudularining yaxlitlig va bo‘linmasligini ta’minlash hamda xo‘jalik va boshqa faoliyatlar, favqulodda vaziyatlar, tabiiy ofatlar, fralokatlar ta’sirida vujudga keladigan noxush ekologik holatlardan kishilar salomatligini saqlash kiradi. Tashqi sharoitlarga esa sherikchilik va o‘zaro hamkorlik asosida xalqaro aloqalarning samarali tizimini shakllantirish va rivojlantirish, tashqi agressiyalarni qaytarish qobiliyatini ta’minlash, o‘zining iqtisodiy, harbiy-siyosiy, intellektual salohiyatiga mos ravishda xalqaro hamjamiyatda o‘ziga munosib o‘ringa ega bo‘lish kiradi. Ushbu iqtisodiy manfaatlarning ro‘yobga chiqishiga to‘sqinlik qiluvchi turlituman tahdidlar, xavf-xatarlardan himoua qilish davlat zimmasiga yuklatilgan. Iqtisodiy tahdidlarni eng umumiy tarzda ichki va tashqi tahdidga ajratib o‘rganish mumkin. Tashqi tahdidlar geopolitik, tashqi-iqtisodiy, shuningdek, global ekologik omillar bilan tavsiflanadi.