Mavzu: Iqtisodiy yondoshuv:mulk huquqi, tashqi aloqalar va ekalogik muammolar. reja 2.1. Ekalogik muammolar va iqtisodiy samaradorlik
2.2. Ekalogiy va tashqi savdoda muvaffaqiyatsizliklar
2.3. Inson va atrof muhit o’rtasidagi munosabatlar
Tayanch so`zlar: sobiq ittifoq, manfaatlari, inson, atrof muhit, ekalogik muammolar ,iqtisodiy samaradorlik, tabiiy resurslardan, tashqi savdo, biosfera, litosfera, tabiat.
Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”, “Aqliy xujum”, «Bumerang»usullari.
2.1.Ekalogik muammolar va iqtisodiy samaradorlik. XXI asr insoniyatning rivojlanishi tarixida tub burilish asri bo‘lishishubhasizdir. Insoniyatning yashash muhiti bo‘lgan biosferadagi hayotsharoitlarini kelajak avlodlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda saqlabqolish zarurdir. Buning uchun misli ko‘rilmagan sa’y-harakatlarni amalgaoshirish talab qilinadi.Atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash, aholini ichimlik suvi, ekologik toza oziq mahsulotlari bilan ta’minlash, biologik xilma-xillikni asrash,iqlim o‘zgarishlarining oldini olish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish dolzarb muammolar hisoblanadi va ularni ijobiy hal qilish insoniyatning kelgusi taraqqiyotini belgilaydi. Hozirgi mavjud ekologik muammolarni o‘rganish, ularni tushunib yetish va zarur tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish uchun har bir inson
Koinot, Quyosh, Yer, notirik va tirik tabiatning uyg‘unligi to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishi lozimdir. Quyosh, yulduzlar va ularning to‘plamlari-
Galaktikalar biz yashaydigan Koinotni tashkil qiladi. Koinot-bu biznio‘rab turadigan olam, quruqlik va dengizdagi tirik va notirik tabiat,asalan,kit va bakteriya, yo‘l chetidagi tosh va guldagi shudring tomchisidir. Tartibga solingan Koinot kosmos deb yuritiladi. Hozirgi zamon fani Koinotni taxminan o‘n besh milliard yil oldin «Katta portlash» natijasida paydo bo‘lganligini isbotlovchi dalillarga egadir.Koinot, yulduzlar, sayyoralar-o‘n sakkiz ming olam, buyuk hikmat va qudrat sohibi-Yaratuvchining asaridir. Yer sayyorasida hayotning mavjudligi eng buyuk mo‘jizalardan hisoblanadi. Shu vaqtgacha boshqa sayyoralarda hayot aniqlangan emas. Sayyoramizdagi tiriklik va uni ta’minlovchi notirik tabiatni asrab avaylashning ahamiyati beqiyosdir.Tirik jonzotlar ichida gultojisi, shubhasiz, inson hisoblanadi. Inson jonzotlar ichida yagona aql va tafakkur egasidir. Inson bir vaqtning o‘zida ham tabiatning ham jamiyatning ajralmas qismi hisoblanadi va biosotsial mohiyatga egadir. Eng so‘nggi ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha hozirgi insoniyat yagona genotipik asosga ega bo‘lib, taxminan 150 ming yil oldin yagona erkak va ayolning genotiplaridan kelib chiqqan(1).Odamzot Allohning Yerdagi sir-asrorini biladigan xalifasidir va u Koinotdagi eng aziz va mukarram zotdir. Insonlarga Yer butun go‘zalligi,boyliklari bilan yerilgan. Yer yuzidagi tartib-muvozanat uchun insonlar mas’uldirlar. Cheksiz Koinotdagi o‘zga sayyoralarda ham shu vaqtgacha hayot belgilari aniqlanmagan va Yerdagi hayot yaratganning mo‘jizasi ekanligiga shubha yo‘qdir. Hayot, tiriklikni asrash insonlarning muqaddas burchlaridir. Atrof-muhit muammolarini o‘rganish va hal qilish jarayonida ekologiyaning tabiiy, aniq va ijtimoiy fanlar bilan uyg‘unlashuvi amalga oshdi. Hozirda ekologiya «Tabiat va jamiyat o‘zaro aloqadorligining umumiy qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan»ga aylanib bormoqda. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalarini qamrab oladigan, keng ko‘lamli Makroekologiya shakllanmoqda(30,1). Makroekologiya o‘z ichiga nazariy ekologiya, bioekologiya, geoekologiya, inson ekologiyasi va amaliyekologiyani oladi(5-rasm). Ekologiya deyilganda ko‘chalarni toza tutish, suvlarni muhofaza qilish,havoni ifloslanishdan saqlash tushunilmaydi. Ekologiya- hayotjarayonlarini, insonning atrof-muhiti muammolarini o‘ziga xosuslublarda tadqiq qiladigan mustaqil fandir. Zamonaviy ekologiyaning metodik asosini tizimli yondashish, tabiatdagi kuzatuvlar, eksperiment va modellashtirish tashkil qiladi. Ekologiya ham tabiiy, ham ijtimoiy(gumanitar) fan hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mavjud ekologik muammolarni o‘rganish va hal qilish masalasiga ikki hil yondashish mavjuddir.Texnotsentrik yondashishda ekologik muammolarni hal qilishning texnologik choralari asosiy deb hisoblanadi va tabiatning imkoniyatlari, qonuniyatlari yetarlicha e’tiborga olinmaydi. Tabiiy boyliklardan foydalanishda texnologik qudrat hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Texnika imkoniyatlari yordamida biosfera barqarorligini tiklash, ekologik muammolarni hal qilish mumkinligi ta’kidlanadi. Bunday yondashish ko‘pchilik iqtisodchilar, siyosatchilar va xo‘jalik rahbarlari uchun asosiy hisoblanadi. Ekotsentrik yondashishda tabiatdagi qonunlarni hisobga olish, mavjud tabiiy ekosistemalarni asl holida saqlab qolish ustuvor vazifa hisoblanadi.Biosferadagi mavjud bog‘liqliklarning buzilishini texnik yechimlar yordamida tiklab bo‘lmaydi deb hisoblanadi. Insoniyatning taraqqiyoti ekologik imperativ- tabiat qonunlariga bo‘ysunish talabi bilan chegaralanadi. Ekolog olim va mutahassislar, ko‘pchilik omma shunday yondoshish tarafdoridirlar.Insoniyat rivojlanishning qaysi yo‘ldan borishi ko‘p jihatidan kelajak taraqqiyotini belgilaydi.Islomda asosiy tamoyillardan biri rivojlanishning o‘rta yo‘li-mezon hisoblanadi. Mezon tamoyili tabiatdagi hamma narsalar, shu jumladan insonlar tabiat va jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarga bo‘ysunishlari lozimligini bildiradi. Ekologik inqiroz deganda atrof-muhitga inson ta’sirining me’yoridan ortishi natijasida munosabatlarning keskinlashuvi holati tushuniladi.Ekologik inqiroz insoniylikning inqirozi oqibatidir. Ijtimoiy muhitning ayrim insonlarning g‘arazli, hasadli, nosog‘lom fikrlari bilan «ifloslanishi» tabiiy muhitning kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishidan ham xavfliroqdir!Ekologik inqirozni bartaraf qilish uchun insonlarning ahloqiy poklanishi, yangilanishi hayotiy zarurdir. Har bir inson o‘z hayot tarzini o‘zgartirishi lozim bo‘ladi. Buning uchun inson tafakkuri, ongini ekologiyalashtrish, mavjud ta’lim tizimini qaytadan tashkil qilish, yangi madaniyatni shallantirish talab qilinadi. XXI asrga kelib ekologik ta’limdan barqaror rivojlanish uchun ta’limga o‘tish hayotiy zarur masala bo‘lib qoldi.Insonlarning oilasini ihtiyoriy rejalashtirishi, ayrim ehtiyojlaridan voz kecha bilishi, tabiatga jonkuyar bo‘lish biosfera barqarorligini saqlab qolishning asosiy shartlaridan hisoblanadi.Ta’lim, madaniyatni rivojlantirish, milliy, umuminsoniy qadriyatlarni tiklash mavjud muammolarni hal qilishda yetakchi rol o‘ynaydi.Insonlarning ta’siri biosferaning sig‘imidan oshib ketmasligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga erishish, barqaror rivojlanishni ta’minlash hayotiy zarurdir. Bu dolzarb masalalarni hal qilishda aholining ekologik savodxonligini oshirish muhim ahamiyatga egadir. Ekologik ta’lim va tarbiya tegishli darajada yo‘lga qo‘yilgan va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun yetarlicha mablag‘ sarflanadigan mamlakatlarda inqiroz vaziyatlaritugatiladi va barqaror rivojlanish yo‘liga o‘tiladiEkologik vaziyatni tubdan yaxshilash uchun ekologik siyosatga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan vazirliklar, korxona va tashkilot rahbar kadrlarining faoliyatida ijtimoiy – ekologik vaziyatga to‘g‘ri baho berish, uni ximoya qilish, saqlash va takomillashtirish kabi tushunchalarni qalbdan his etishni shakllantirish, ya’ni ularda ekologik muammolarga muhim ijtimoiy-siyosiy ish sifatida qarashni tarbiyalashdir. Ushbu rahbar kadrlarida tabiatni muhofaza qilish muammolarini to‘g‘ri yechish va bashorat qilishni uddalash, yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni oldini olish sharoitlarini yaratish kabi hislatlarni barpo etish hisoblanadi.Ekologik tarbiya oiladan boshlanishi lozim. Ota-onalar ekologiksavodxon bo‘lishlari lozimdir. «Bog‘cha-maktab-oliy maktab-malaka oshirish»tizimida uzluksiz ekologik ta’limni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.